O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Konstruksion uglerodli po‘latlar
4.7-rasm. Konstruksion uglerodli po‘latlar. 41 Bu po‘latlar oddiy po‘latlarga nisbatan tarkibida oltingugurt, fosfor va boshqa salbiy ta’sir etuvchi elementlarning kamligi bilan farqlanadi. Konstruksion sifatli po‘latlarni markalashda ikki raqam bilan ifodalanadi va ular shu po‘latning tarkibida uglerodning yuzdan bir ulushini ko‘rsatadi. Konstruksion sifatli po‘latlar prokatlab, bolg‘alab, kalibrlangan bo‘lib uning yuzasi toza va yaltiroq bo‘ladi va uni serebryanka deb ham aytiladi. Markalashda st10, st15, st20 ,,, st60 markalanadi. Bu guruh po‘latlarga avtomat po‘lati ham kiradi. Avtomat po‘latlar ko‘p vaqt keskich bilan ishlab, turli detallarni olishda ishlatiladi. Unda mayda qirrindi chiqadi, kesib ishlashni onsonlashtiradi va toza silliq yuza olish mumkin bo‘ladi. Ularni markalashda A harfi bilan ifodalanadi, harfning orqasidagi raqam po‘latning tarkibidagi uglerod miqdorni o‘rtacha yuzdan bir ulishini ko‘rsatadi. A30, A40G, A12, A20 po‘latdan muhimmas detallar olishda ishlatiladi. Asbobsozlik po‘latlari: Asbobsozlik po‘latlar uch asosiy guruhga bo‘linadi: kesuvchi asboblar, o‘lchov asboblar, shtamplarda ishlatiluvchi uglerodlik po‘latlarga. Bu po‘latlarga quyidagilar kiradi: U8(U8A), U10(U10A), U11(U11A), U12(U12A), U13(U13A) – bu po‘latlardan asboblar tayyorlanadi. Keskichlar uchun frezalar zenker, parma, arra, egov, iskana, ustara, jarrohlar pichoqi va boshqalarni tayyorlashda U10, U11, U12, U13 termik ishlovdan so‘ng ularning tuzilishi martensit va karbidlardan iborat bo‘ladi va qattiqligi keskin oshadi. Markaning oxridagi A – po‘latning yuqori sifatligini ifodalaydi. Nazorat savollari: 1. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latning sovish egri chizig‘ini chizib bering? 2. Temirning uglerod bilan hosil qilgan tuzilishlariga izoh bering? 3. Nima uchun oltingugurt, fosfor, kislorod va vodorodlar salbiy ta’sir etuvchi element bo‘lib hisoblanadi? 4. Oddiy konstruksion va uglerodlik po‘latlar nima bilan farqlanadi? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling