O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
1.4. Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi
Materialshunoslik va KMT fani fizika, kimyo, matematika, injinerlik grafikasi, materiallar qarshiligi, mashina detallari, fanlari bilan uzviy ravishda bog’liq. Materiallar va metallar solishtirma zichligi, rangi, elektr tokini o’tkazishi, issiqlik o’tkazuvchanligi, solishtirma qarshiligi va hokazolarini fizika fani bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Metall va materiallarning olovbardoshligi, korroziyabardoshligi, tarkibi, zax va namgarchilikka bardoshligi kimyo faniga bog’liqligini bildiradi. Materiall va metallardan tayyorlangan detal va buyumlar turli xil nagruzkalar ostida ishlaydi. Shuning uchun bu detall va buyumlarning mustahkamligi, qattiqligi, qovushqoqligi, turli xil deformatsiyalarga bardosh bera olishligi materiallar qarshiligi faniga bog’liqligini ko’rsatadi. Bizga ma’lumki, hamma vaqt yangi texnika namunasini yaratish uchun ishlatiladigan materiallar ilm-fanning eng oxirgi yutuqlariga asoslanib tanlanadi, ya’ni eng yangi materiallar ishlatiladi. Ya’ni yaratilgan mashinalar, albatta yuqori ishchi bosimda ishlatilishi, katta 13 tezliklarga ega bo’lishi hamda katta temperaturalarga chiday olishi kerak. Hozirgi zamon mashinalari materiallarni birinchi navbatda yuqori mustahkamlikka ega bo’lishini taqozo etadi. Hozirgi kundagi eng mustahkam materiallarning yemirilishi uchun R=1O 3 MPa zo’riqish (kuchlanish) kerak bo’ladi. Materialning samaradorligi mashinasozlikdagi massa o’lchov birligiga to’gri keladigan mashinaning quvvati yoki uning unumdorligi bilan belgilanadi. Demak mashinasozlikda qo’yilayotgan yangi talab mashina va mexanizmlarning quvvati, unumdorligini oshirish hamda ular uchun ishlatiladigan materiallarning puxta va engil bo’lishiga erishishhdir. Gaz bilan to’yintirilgan ba’zi materiallar hozirgi zamon texnikasi bo’lmish aviatsiya va kosmik kemalarda ko’p ishlatilmoqda. Shuning uchun aviatsiya va kosmik texnika uchun bunday materiallarni yetqazib berish muhim muammolardan biridir. Reaktiv dvigatellarning borgan sari ko’p qo’llanishi materialshunoslik fani oldiga yuqori kuchlanish va katta temperaturaga chiday oladigan materiallarni yaratish muammosini qo’ymoqda. Shunday materiallar yaratishning qo’llanib kelayotgan usuli, ya’ni temir (Fe), (Ni) nikel, (Al) alyuminiy va boshqa materiallar asosida qotishmalarni hosil qilish imkoniyatlari chegaralanib qoldi, chunki dvigatel detallarining ishlash sharoitlari, ana shu elementlarning suyuqlanish temperaturasiga yaqinlashib qoldi. Masalan, po’latning ishlash temperaturasi 75O-8OO 0 C,nikel qotishmalarniki esa 11OO o C dan oshmaydi. Yangi dvigatel konstruksiyalarini yaratish uchun mustahkam, chidamli materiallar kerak bo’ladi. Materiallarning mustahkamligi material strukturasidagi donachalari-ning mayda bo’lishiga bog’liq. Chunki strukturadagi donachalar (kristalitlar) juda mayda va shakli ixcham bo’lgan materialning mustahkamligi 1,5 barobar katta bo’lishi mumkin. Masalan, materiallarning kristallanish jarayonini katta tezlikda olib borish orqali o’lchami bug’doy yoki shar shakliga yaqin mikrotuzilishli donacha (granula) olinadi. Ichki yonuv dvigatellarining quvvatini oshirish ishchi temperaturaning osishiga olib keladi. 14 Ishchi temperaturaning osishi konstruksiya materialining yuqori temperaturaga chidamligiga bog’liq. Energetikada o’ta o’tkazuvchan salyonoidlar, elektr mashinalarining uramlari elektr o’tkazuvchan materiallardan tayyorlanadi. Bu sohaning kelajak materiallaridan o’ta o’tkazuvchan transformatorlar, elektr tarmoqlari va termoyadro reaksiyalaridagi yorug’lik dastasini (plazmani) ushlab qola oladigan kuchli magnitlar tayyorlanadi. Keyingi paytlarda texnikaning ba’zi sohalarida materiallarning tozaligi juda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Masalan kimyoviy tozalikka ega bo’lgan temir va rux elementlarining korroziyaga chidamliligi yuqori ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Yarim o’tkazgichlar texnikasida ham materiallarning tozaligiga katta ahamiyat berilmoqda. Texnik hamda iqtisodiy talablarning ortib borishi, hamda yer yuzi va yer osti xomashyolarining chegaralanganligi tufayli mustahkamligi yuqori bo’lgan yangi-yangi materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasini topish va uni o’zgartirish vazifasi paydo bo’ladi. Yangi materiallarni yaratish uchun mavjud materiallarga o’zga qo’shimchaalarni qo’shish, hamda asosiy material elementini u bilan hech qanday bog’lanishda bo’lmagan zo’riqtiruvchi elementlar bilan boyitish, ya’ni kompozitsion materiallarni sintez qilish kabi muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni bajarish lozim. Kompozitsion materiallar mashina va mexanizmlarning uzoq ishlashi hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshiribgina qolmay, balki ishlab chiqarish jarayonini ham takomillashtirish mumkin. Ammo kompozitsion materiallarning ko’plab ishlab chiqarish inson salomatligiga katta zarar keltiradi, atrof - muhitni zaharlaydi, ya’ni yangi eqolog’ik muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin, kompozitsion materiallardan oqilona foydalanib, ulardan eng katta foyda olish materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifasidir. Materiallarni yemirilishdan, ayniqsa korroziya ta’sirida yemirilishdan himoya qilish asosiy muammo bo’lib qolmoqda. Materiallarning ishlash jarayonidagi tuzilish (struktura) o’zgarishi qonuniyatlari hamda uning oqibatini o’rganish xossalarining turg’unligiga erishish imkoniyatini beradi. Demak yangi hosil qilinayotgan materiallarning ishlash muddatini aniqroq belgilash imkoniyati yaratiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling