O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Metallarning kristal tuzilishi, kristallarning elementlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
2.2. Metallarning kristal tuzilishi, kristallarning elementlari
Fazoviy panjaraning tuzilishi va atomlarning unda joylanishi metallning turiga bog’liq. 2.1-rasm. Metallarning kristallanish jarayoni. Metallarda asosan quyidagi fazoviy kristall panjaralar ko’proq uchraydi. 1. Hajmi markazlashgan elementar kub panjara. Bunday fazoviy kristall panjaralarga Fe a , Sc, W, V, Ta, Ne (neon). 2. Yoqklari markazlashgan elementar kub panjara. Bu xil fazoviy kristall panjaraga Fe γ , As, Si, Rb, Au, Ad, Au - oltin, Ag-kumushh. 3. Olti qirrali (geksog’onal) elementlar. Bu xil kristall panjaraga Zn, (Sd - kadimiy), Md, Ne , SO 2 , Ti kiradi. Elementar fazoviy panjaradagi atomga eng yaqin masofada joylashgan qo’shni, atomlar soniga koordinatsion son (K) deyiladi. Masalan: hajmi markazlashgan elementar kub panjarada K-8 yoqlari markazlashgan elementar kub panjarada K-12 ga teng bo’ladi (K) ning qiymati qancha katta bo’lsa atomlarning joylanish zichligi ham shuncha katta bo’ladi. Kristall panjaralarning turli kristallografik tekisliklarda atomlar zichligi turlicha bo’lganligi uchun, xossalari ham har xil bo’ladi. Metallarning bunday xususiyatiga anizatoropiya deyiladi. Anizatropiya - grekcha so’zdan olingan bo’lib, teng emas har xil xossali degan ma’noni bildiradi. 17 Real metallarning kristallanishi jarayonida metallarda turli qo’shimchaa jismlar borligi tufayli metall atomlarining ba’zi uchastkalarida ularning batartib joylashishi buziladi. Buning asosi sabablaridan biri shuki, ayrim atomlar energiyasi panjaraning o’rtacha energiya qiymatidan katta bo’lib, intensivroq harakatlanib, bir joydan ikkinchi joyga, masalan, panjara uchlaridan oraliqqa yoki qo’shni atomlar o’rniga o’tadi. Bu esa fazoviy panjaradagi atomlarning batartib joylashunivining buzilishiga olib keladi. Natijada uning xossalari o’zgaradi. Fazoviy kristall panjaradagi buzilishhlar quyidagi xillarga ajratiladi. 1. Nuqtali buzilish: Kristall panjaradagi bo’sh joylarga qo’shni element atomlari joylashishi tufayli hosil bo’ladi. 2. Chiziqli buzilish: Bunday buzilish metallarga - termomexanik ishlov berishda yuzaga keladi. Bunga dislokatsiya deyiladi. Diskolatsiya - ingliz so’zidan olingan bo’lib - don zarrachalari bloklarining o’zaro siljishi oqibatida paydo bo’ladi. 3. Sirtqi buzilish. Bu buzilish metall sirtida sodir bo’ladi. 2.1- rasm fazaviy kristall panjara buzilishi darajasi (ρ) ga ko’ra mustahkamlikning o’zgarishi. Gv – cho’zilishhdagi mustahkamligi 1 - nazariy mustahkamligi 2 - juda ingichka tolaning mustahkamligi 3 - yumshatilganda mustahkamlik 4 - termik, termomexanik ishlovidan keyingi mustahkamlik ρ - kristal panjaraning dislokatsiya zichligi g/sm 3 Metall atomlarining bertartib harakatda bo’lgan suyuq holatdan, atomlari batartib joylashgan qattiq holatga o’tish jarayoni birlamchi kristallanish deyiladi. Ushbu rasmda suyuq va qattiq holatdagi metallarning erkin energiyasi qiymatining temperaturaga qarab o’zgarishi ko’rsatilgan. F - erkin energiya qiymati Tn - nazariy kristallanish temperaturasidan yuqori temperatura bo’lganda suyuq holatdagi metallning erkin energiya qiymati (Fs) qattiq holatdagi metallning erkin energiya qiymatidan (Fk) kichik (Fs < Fk) bo’lgani uchun u suyuq holatda aksincha Tn.K dan past temperaturada qattiq metallning erkin energiyasi suyuq metallning 18 erkin energiyasi qiymatidan kichik (Fe qiymatlari o’zaro teng (FcqFk) bo’lsa, suyuq va qattiq fazalardan iborat bo’ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling