O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

 


15 
Nazorat savollari:
1. Materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifalari va maqsadini 
tushuntirib bering 
2. Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanish tarixini asoslab 
bering 
3. Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi deganda nimani 
tushunasiz 
 
2-MAVZU: MATERIALLARNING TUZILISHI VA 
XOSSALARI 
 
Tayanch so’zlar: metall, qotishma, kristallanish, modda, 
molekulyar bog’lanish, ion bog’lanish, atom bog’lanish,kristal 
panjara, bog’lovchilar, tugunaklar, grafit, zarrachalar, fazoviy 
panjara. 
2.1. Metall va qotishmalarning tuzilishi, xossalari 
Moddalarning 
kristall 
panjara 
tugunlarida 
joylashgan 
zarrachalarning xiliga hamda ularni o’zaro bog’lovchi kuchlarga
ko’ra molekulyar, atom, ion va metall bog’lanishlarga ajratiladi. 
1. Molekulyar bog’lanish. Bunda kristall panjara tugunlaridagi 
molekulyar kuchlar hisobiga bog’lanadi. 
2. Atom bog’lanish: Bunda kristall panjara tugunlarida 
joylashgan atomlar o’zaro tortishish kuchlari hisobiga bog’lanadi. 
3. Ion bog’lanish. Bunda kristall panjara tugunlarida 
musbat va manfiy zaryadli ionlar ketma-ket tartibda joylashib, o’zaro 
elektrostatik tortishi kuchlari hisobiga bog’lanadi. 
4. Metall bog’lanish: Bunda kristall panjara tugunlarida 
metall atomlarining musbat ionlari joylashib, ular orasida esa 
elektronlar erkin harakat qilib o’zaro bog’lanadi. 
Shunday moddalar borki, ularning zarrachalari bir yo’nalishda 
atom (kovb alent) bog’lanishli ikkinchi yo’nalishda esa metall 
bog’lanishli bo’ladi. 
Masalan grafitda uglerod atomlari shunday bog’lanishga ega. 
Bunday moddalarga oraliq bog’lanishli moddalar deyiladi. Qattiq 
materiallarning hammasi ham kristall holatda bo’lavyormaydi masalan 
shisha, chinni va boshqalar). Ularning siniq yuzalari silliq bo’ladi.
Ularning ichki tuzilishini o’rganish shuni ko’rsatadiki, zarrachalari 


16 
fazoviy panjarada kristall jismlar kabi ma’lumi tartibda emas, balki 
tartibsiz joylashgan bo’ladi.
Atomlari fazoviy panjarada tartibsiz joylashgan jismlar amorf 
jismlar deyiladi. Amorf jismlarning suyuqlanish temperaturasi aniq 
emas, qizdirilganda avvaliga yumshab keyin suyuqlanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling