O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Metall va qotishmalarning tuzilishi, xossalari
15 Nazorat savollari: 1. Materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifalari va maqsadini tushuntirib bering 2. Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanish tarixini asoslab bering 3. Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi deganda nimani tushunasiz 2-MAVZU: MATERIALLARNING TUZILISHI VA XOSSALARI Tayanch so’zlar: metall, qotishma, kristallanish, modda, molekulyar bog’lanish, ion bog’lanish, atom bog’lanish,kristal panjara, bog’lovchilar, tugunaklar, grafit, zarrachalar, fazoviy panjara. 2.1. Metall va qotishmalarning tuzilishi, xossalari Moddalarning kristall panjara tugunlarida joylashgan zarrachalarning xiliga hamda ularni o’zaro bog’lovchi kuchlarga ko’ra molekulyar, atom, ion va metall bog’lanishlarga ajratiladi. 1. Molekulyar bog’lanish. Bunda kristall panjara tugunlaridagi molekulyar kuchlar hisobiga bog’lanadi. 2. Atom bog’lanish: Bunda kristall panjara tugunlarida joylashgan atomlar o’zaro tortishish kuchlari hisobiga bog’lanadi. 3. Ion bog’lanish. Bunda kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy zaryadli ionlar ketma-ket tartibda joylashib, o’zaro elektrostatik tortishi kuchlari hisobiga bog’lanadi. 4. Metall bog’lanish: Bunda kristall panjara tugunlarida metall atomlarining musbat ionlari joylashib, ular orasida esa elektronlar erkin harakat qilib o’zaro bog’lanadi. Shunday moddalar borki, ularning zarrachalari bir yo’nalishda atom (kovb alent) bog’lanishli ikkinchi yo’nalishda esa metall bog’lanishli bo’ladi. Masalan grafitda uglerod atomlari shunday bog’lanishga ega. Bunday moddalarga oraliq bog’lanishli moddalar deyiladi. Qattiq materiallarning hammasi ham kristall holatda bo’lavyormaydi masalan shisha, chinni va boshqalar). Ularning siniq yuzalari silliq bo’ladi. Ularning ichki tuzilishini o’rganish shuni ko’rsatadiki, zarrachalari 16 fazoviy panjarada kristall jismlar kabi ma’lumi tartibda emas, balki tartibsiz joylashgan bo’ladi. Atomlari fazoviy panjarada tartibsiz joylashgan jismlar amorf jismlar deyiladi. Amorf jismlarning suyuqlanish temperaturasi aniq emas, qizdirilganda avvaliga yumshab keyin suyuqlanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling