O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

1.4. Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi 
Materialshunoslik va KMT fani fizika, kimyo, matematika, 
injinerlik grafikasi, materiallar qarshiligi, mashina detallari, fanlari 
bilan uzviy ravishda bog’liq. 
Materiallar va metallar solishtirma zichligi, rangi, elektr tokini 
o’tkazishi, issiqlik o’tkazuvchanligi, solishtirma qarshiligi va 
hokazolarini fizika fani bilan bog’liqligini ko’rsatadi.
Metall va materiallarning olovbardoshligi, korroziyabardoshligi, 
tarkibi, zax va namgarchilikka bardoshligi kimyo faniga 
bog’liqligini bildiradi. Materiall va metallardan tayyorlangan detal va 
buyumlar turli xil nagruzkalar ostida ishlaydi. Shuning uchun bu 
detall va buyumlarning mustahkamligi, qattiqligi, qovushqoqligi, turli 
xil deformatsiyalarga bardosh bera olishligi materiallar qarshiligi 
faniga bog’liqligini ko’rsatadi.
Bizga ma’lumki, hamma vaqt yangi texnika namunasini yaratish 
uchun ishlatiladigan materiallar ilm-fanning eng oxirgi yutuqlariga 
asoslanib tanlanadi, ya’ni eng yangi materiallar ishlatiladi. Ya’ni 
yaratilgan mashinalar, albatta yuqori ishchi bosimda ishlatilishi, katta 


13 
tezliklarga ega bo’lishi hamda katta temperaturalarga chiday olishi 
kerak. 
Hozirgi zamon mashinalari materiallarni birinchi navbatda 
yuqori mustahkamlikka ega bo’lishini taqozo etadi. Hozirgi kundagi 
eng mustahkam materiallarning yemirilishi uchun R=1O
3
MPa 
zo’riqish (kuchlanish) kerak bo’ladi. 
Materialning samaradorligi mashinasozlikdagi massa o’lchov 
birligiga to’gri keladigan mashinaning quvvati yoki uning 
unumdorligi 
bilan 
belgilanadi. 
Demak 
mashinasozlikda
qo’yilayotgan yangi talab mashina va mexanizmlarning quvvati,
unumdorligini 
oshirish 
hamda 
ular 
uchun 
ishlatiladigan 
materiallarning puxta va engil bo’lishiga erishishhdir. Gaz bilan 
to’yintirilgan ba’zi materiallar hozirgi zamon texnikasi bo’lmish 
aviatsiya va kosmik kemalarda ko’p ishlatilmoqda. Shuning uchun 
aviatsiya va kosmik texnika uchun bunday materiallarni yetqazib 
berish muhim muammolardan biridir.
Reaktiv dvigatellarning borgan sari ko’p qo’llanishi 
materialshunoslik fani oldiga yuqori kuchlanish va katta 
temperaturaga chiday oladigan materiallarni yaratish muammosini 
qo’ymoqda. Shunday materiallar yaratishning qo’llanib kelayotgan 
usuli, ya’ni temir (Fe), (Ni) nikel, (Al) alyuminiy va boshqa 
materiallar 
asosida 
qotishmalarni 
hosil 
qilish 
imkoniyatlari 
chegaralanib qoldi, chunki dvigatel detallarining ishlash sharoitlari,
ana shu elementlarning suyuqlanish temperaturasiga yaqinlashib 
qoldi. Masalan, po’latning ishlash temperaturasi 75O-8OO
0
C,nikel 
qotishmalarniki esa 11OO
o
C dan oshmaydi. Yangi dvigatel 
konstruksiyalarini yaratish uchun mustahkam, chidamli materiallar 
kerak bo’ladi. 
Materiallarning mustahkamligi material strukturasidagi 
donachalari-ning mayda bo’lishiga bog’liq. Chunki strukturadagi 
donachalar (kristalitlar) juda mayda va shakli ixcham bo’lgan 
materialning mustahkamligi 1,5 barobar katta bo’lishi mumkin.
Masalan, materiallarning kristallanish jarayonini katta tezlikda olib 
borish orqali o’lchami bug’doy yoki shar shakliga yaqin 
mikrotuzilishli donacha (granula) olinadi. 
Ichki yonuv dvigatellarining quvvatini oshirish ishchi 
temperaturaning osishiga olib keladi.


14 
Ishchi temperaturaning osishi konstruksiya materialining yuqori 
temperaturaga chidamligiga bog’liq. Energetikada o’ta o’tkazuvchan 
salyonoidlar, elektr mashinalarining uramlari elektr o’tkazuvchan 
materiallardan tayyorlanadi. 
Bu sohaning kelajak materiallaridan o’ta o’tkazuvchan 
transformatorlar, elektr tarmoqlari va termoyadro reaksiyalaridagi 
yorug’lik dastasini (plazmani) ushlab qola oladigan kuchli magnitlar 
tayyorlanadi. 
Keyingi paytlarda texnikaning ba’zi sohalarida materiallarning 
tozaligi juda katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Masalan kimyoviy 
tozalikka ega bo’lgan temir va rux elementlarining korroziyaga
chidamliligi yuqori ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Yarim o’tkazgichlar 
texnikasida 
ham 
materiallarning 
tozaligiga 
katta 
ahamiyat
berilmoqda. Texnik hamda iqtisodiy talablarning ortib borishi, hamda 
yer yuzi va yer osti xomashyolarining chegaralanganligi tufayli 
mustahkamligi yuqori bo’lgan yangi-yangi materiallarni ishlab 
chiqarish texnologiyasini topish va uni o’zgartirish vazifasi paydo
bo’ladi. Yangi materiallarni yaratish uchun mavjud materiallarga 
o’zga qo’shimchaalarni qo’shish, hamda asosiy material elementini u 
bilan hech qanday bog’lanishda bo’lmagan zo’riqtiruvchi elementlar 
bilan boyitish, ya’ni kompozitsion materiallarni sintez qilish kabi
muhim ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni bajarish lozim.
Kompozitsion materiallar mashina va mexanizmlarning uzoq 
ishlashi hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshiribgina qolmay, 
balki ishlab chiqarish jarayonini ham takomillashtirish mumkin. 
Ammo kompozitsion materiallarning ko’plab ishlab chiqarish inson 
salomatligiga katta zarar keltiradi, atrof - muhitni zaharlaydi, ya’ni
yangi eqolog’ik muammolarni keltirib chiqaradi. Lekin, 
kompozitsion materiallardan oqilona foydalanib, ulardan eng katta
foyda olish materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifasidir. 
Materiallarni yemirilishdan, ayniqsa korroziya ta’sirida 
yemirilishdan himoya qilish asosiy muammo bo’lib qolmoqda. 
Materiallarning ishlash jarayonidagi tuzilish (struktura) o’zgarishi 
qonuniyatlari hamda uning oqibatini o’rganish xossalarining 
turg’unligiga erishish imkoniyatini beradi. Demak yangi hosil 
qilinayotgan materiallarning ishlash muddatini aniqroq belgilash 
imkoniyati yaratiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling