O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


-MAVZU: “MATERIALSHUNOSLIK” FANINING


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

1-MAVZU: “MATERIALSHUNOSLIK” FANINING 
PREDMETI VA VAZIFALARI. FANNING 
RIVOJLANISHI TARIXI VA TEXNOLOGIK 
TA’LIMDAGI O’RNI
 
 
Tayanch so’zlar: materialshunoslik, texnika, zamonaviy ishlab 
chiqarish, muhandislik, mashina, mexanizm, detallar, quymalar, fan-
texnika, mexanik-muhandis.
1.1. Materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifalari va 
maqsadi 
Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng, xalq xo’jaligining 
hamma sohalarida o’zgarishhlar ro’y bermoqda. Hozirgi vaqtda fan-
texnika taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan turli amaliy masalalarni 
yechish uchun har bir yosh bo’lajak mexanik-muhandis va 
texnikaning boshqa turlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar 
metallarning prog’ressiv olinishi usullari yangi metall va nometall
materiallar, ularning xususiyatlari va texnikaning qaysi sohasida 
ulardan ratsional foydalanish lozimligini bilishlari kerak. Hozirgi 
kunda bo’lajak yosh muhandis, mexanik, konstruktor, ilmiy xodim, 
tadqiqotchi, loyihachilardan texnologiya asoslari chuqur talab qilinadi, 
chunki busiz mustahkam, uzoq muddatga chidaydigan tejamli 
konstruktsiyalar, mashinalar, pribor jihozlar, mexanizmlar yaratish 
mumkin emas.  
Ma’lumki, har qanday mashina, mexanizm detallari ish 
jarayonida turli nagruzkalar ta’sirida bo’lib, har xil muhitlarda 
ishlaydi. Ularning belgilangan muddatda me’yorda ishlashi uchun
materiali konstruktor tomonidan belgilangan kompleks xossalarga 
ega bo’lishi kerak. Shundagina texnika iqtisodiy ko’rsatkichlari 
talab darajasiga ega bo’lgan turli xil mashinalar yaratiladi.
Materialshunoslik 
va 
(KMT) 
konstruksion 
materiallar 
texnologiyasi fani asosan qora va rangli metallar ishlab chiqarish, 
metalshunoslik asoslari, metalmas materiallar va ularni ishlash 
texnologiyasi, tayyorlanmalarni tayyorlash usullari, quymakorlik 
hamda metall va metalmas materiallarga mexanik ishlov berish 
asoslarini o’rgatadi. Shu bilan birga mashina detallari tayyorlash bilan 
bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlarni, mustaqil ravishda mashina 



detallarining loyihalashda texnologik masalalarni yechishni talabalar 
o’rganadilar.
Mashinasozlikda talab darajasidagi sifat o’zgarishlarini amalga 
oshirish, mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirish, uning 
sifatini yanada yaxshilash va mehnat sharoitlarini yanada 
yengillashtirishga qaratilgan tadbirlarga, ya’ni ishlab chiqarish 
jarayonlarini 
maksimal 
darajada 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirishga katta e’tibor berilishi lozim.
Ko’pgina materiallarning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga 
bog’liqdir. Materiallarning tuzilishi deganda, uning bir butunligini 
ta’minlovchi, ya’ni tashqi va ichki ta’sirlarga faol qarshilik 
ko’rsatuvchi ichki bo’glanishlar tushuniladi. Ichki bog’lanishlarga 
muvofiq materiallarning xossalari ham o’zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak materialning tarkibi, tuzilishi 
hamda xossalari o’rtasidagi amalliy bog’lanishlarni o’rganadigan fan 
materialshunoslik deb ataladi. Materiallarning tarkibi deganda Shu 
materiallarning 
qanday 
kimyoviy 
elementlardan 
tuzilganligi 
tushuniladi.
Materialning tuzilishi tushunchasi ancha keng ma’nodagi 
tushuncha bo’lib, ko’z yoki oddiy lupa bilan ko’rib bo’ladigan
mikrotuzilish maxsus (500-2000 marta katta qilib ko’rsatadigan) optik 
asboblar 
metallomikroskoplar 
yordamida 
o’rganiladigan
mikrostruktura hamda 100000 marta katta qilib ko’rsatadigan 
elektron mikroskoplarda yoki rentgen nurlari ta’sir ettirish bilan 
kuzatiladigan supmikroskopik strukturalarni o’z ichiga oladi.
Materialning xossalari deganda, uning kimyoviy, mexanik va 
texnologik xossalari tushuniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling