O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1 jizzax davlat universiteti tarix fakulteti milliy g’oya ma’naviyat asosolari va huquq ta’limi


Download 59.33 Kb.
bet4/7
Sana19.08.2023
Hajmi59.33 Kb.
#1668532
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BMI.2docx

17) Or-nomusli bo’lish. Qilgan salbiy xatti harakatlarni tan olish. Ularni to’g’rilashga harakat qilish. O’z o’zini nazorat qilishni shakllantirish.
18) Sog’lom, jismonan yetuklikka intilish. Sport to’garaklariga qatnashish. 19) Mas’uliyatni xis etish. Ijtimoiy burchni anglash. Jamiyat, Vatan, oila, maktab, do’stlar oldidagi mas’uliyatni anglash.
20) Vijdonlilik. Birovning xaqiga xiyonat qilmaslik. Vijdon azobida yonmaslik uchun yuqoridagi fazilatlarni o’zida shakllantirish. Yuqorida keltirilgan mezonlarni o’zida mujassamlashtirgan o’smirgina «Ma’naviy yetuk» shaxs deb qabul qilinishi mumkin. Prezidentimiz har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmasligini alohida ta’kidlagan. Shundan kelib chiqqan holda, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar bu boradagi eng muhim omillar sifatida keltirilgan. Sobiq sovet ittifoqi davrida Islom dini, musulmonchilik aqidalari, milliy qadriyat va an’analar bir chekkaga surib tashlandi. Ular haqida gapirish u yoqda tursin, o‘ylash va fikrlash ham mumkin emas edi. Iymon-e’tiqodimizga oid asarlar, milliy tarbiya asosini tashkil qiluvchi Qur’oni Karim, Muhammad alayhisalom hadislari, tasavvuf va milliy, ma’rifiy-axloqiy ilmlar aks etgan kitoblar, risolalar terib olindi, yoqib tashlandi. Bu milliy tarbiya va tarbiyashunoslik sohasidagi eng katta yo‘qotish edi. Chunki, “faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin” 2. Yurtimiz istiqlolga erishgan saodatli bugungi kunda, mamlakatimiz xalqlarining an’ana va marosimlari o‘zining qadimiy ko‘rinishlarini tiklab, jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtiradigan buyuk kuchga aylanmoqda, jamiyat hayotiga shodlik, quvonch bag‘ishlaydigan, ularda mustaqillik va uning mevalaridan faxrlanish hissini uyg‘otadigan an’ana va marosimlar keng ommalashmoqda, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ta’sirchan omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham o‘tgan yillar mobaynida milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz, ularning o‘ziga xos jihatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ularning jamiyat a’zolari hayotidagi o‘rni, targ‘ibot usullari borasida ko‘pgina ilmiy-nazariy va amaliy ishlar amalga oshirildi, ularning metodologik asoslari yaratildi. Garchi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga xamda yosh avlodning milliy g‘ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar moxiyatini ochib berish, ularni tashkil etish metodikasini o‘rgatishga oid talaygina ishlar amalga oshirilgan. Jondor Tulenovning “Qadriyatlar falsafasi”, Ahmad Yassaviy "Hikmatlar”, Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriy. "Al-adab al-mufrad". ("Adab durdonalari"), Mavrunov A. "Ma’naviy sog‘lomlashtirish davri", "Barhayot milliy qadriyatlar", Inomova M. "Oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi", Musurmonova O. "Ma’naviy qadriyat va yoshlar tarbiyasi", Qoraboev U. "Madaniy tadbirlar", Ergashev Q. "Yoshlarning ma’naviy tarbiyasi" va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Biroq, jamiyat hayotida yuz berayotgan ayrim muammolar bugungi kunda darsdan tashqari ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar jarayonida yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida tarbiyalash borasidagi tadqiqotlarning yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.

Download 59.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling