Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Milliy qadriyatlar va ularning asrlar davomida sayqallanishini yoritish;
- Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning xalqimiz tomonidan avaylab-asrab kelinishini yoritish;
- Mustaqillik yillarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishi masalasini yoritish;
- Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning bugungi g’oyaviy-mafkuraviy barqarorlik bilan uzviy aloqadorlik masalasini yoritish;
- Dars jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yoshlarni tarbiyalash;
- Darsdan tashqari tadbirlarda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muammosi;
Bitiruv malakaviy ishining nazariy asoslari. Tadqiqotning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan ma’naviy axloqiy barkamol avlodni tarbyalash g‘oyalari, Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy barkamol insonni tarbiyalashga doir falsafiy-axloqiy qarashlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi, Oliy va o‘rta maxsus va xalq ta’limi Vazirliklarining me’yoriy hujjatlari, ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, mavzuga oid tayanch so‘zlar va ilovalar ro‘yxatidan ibora.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti.Jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida va g’oyaviy-mafkuraviy barqarorlik bilan uzviy aloqadorlikni hisobga olgan holda yoshlarni tabiyalashga qaratilgan darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini tashkil etish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. O’smirlarni darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda tarbiyalash, ular ongida xalqimizning an’ana va marosimlari, udumlari hamda ma’naviy merosimiz orqali ezgu xislat va fazilatlarni kamol toptirishga ilmiy yondashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |