O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


 TRANSPORT VOSITALARI AVTOMATIK BOShQARISh


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

2. TRANSPORT VOSITALARI AVTOMATIK BOShQARISh 
TIZIMLARINING UMUMIY XOSSALARI 
 
1.1. Asosiy tushunchalar va ta'riflar
Har qanday mashina yoki qurilma ishlash sharoitida o„z vazifasini meyorlar 
talablari darajasida bajarishi uchun uni ishga tushurish, zarur bo„lganda ish 
rejimini o„zgartirish, to„xtatish va hokazo operatsiyalarni bajarish, ya'ni uni 
boshqarish kerak. Boshqarish mashinaning rostlash organiga ta'sir etish orqali 
amalga oshiriladi. Boshqarishdan maqsad turlicha bo„lishi mumkin, buni quyidagi 
misollarda ko„rib chiqaylik.
Misol. Issiqlik dvigateli (ID) (1.1-rasm) valining aylanish chastotasi 

ning 
silindrlariga uzatilayotgan yonilg„i aralashmasi miqdoriga va shu valga ta'sir 
etayotgan yuklama momenti M
yu
 kattaligiga bog„liq. 



1.1-rasm. Issiqlik dvigateli ni boshqarish sxemasi 
Demak 


ni o„zgartirish uchun drossel to„siqchasi holatini 

burchakni o„zgartirish 
kerak. Bunda, agar boshqarishdan maqsad ID valining aylanish chastotasini 
o„zgartirish bo„lsa, shu operatsiya boshqarish operatsiyasi bo„la oladi. Drossel 
to„siqchasi (D) IDni rostlash yoki boshqarish organi vazifasini bajaradi. 
Misol. Xonani isitishni boshqarish tizimsining sxemasi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Xonani isitishni boshqarish tizimining sxemasi 
Xona ichidagi havo harorati 
И

xona devor va derazalaridan tashqariga 
yo„qotilayotgan issiqlik va isitgich berayotgan issiqlik q miqdorlariga bog„liq. 
Ayrim ikkinchi darajali ta'sirlarni hisobga olinmasa, xonadagi issiqlik almashinish 
jarayoni quyidagi ifoda bilan tavsiflanadi: 


S
k
q
dt
d
cm
Т
И
И






(1.1) 
bu yerda 
И

va 
Т

- mos ravishda, xona havosi va tashqi muhit temperaturalari;
с - havoning solishtirma issiqlik sig„imi; m-xonadagi havoning massasi; 
k
- xona 
devorlari materialining issiqlik yo„qotish koeffitsienti; – xona devorlari yuzasi. 


10 
Agar
0

dt
d
И

 bo„lsa, ya'ni xona temperaturasi o„zgarmasa, (qaror rejimda) 
(1.1) ifodadan bizni qiziqtirgan bog„liqlikning matematik tavsifini yozishimiz 
mumkin: 
Т
И
q
k S




1
(1.2) 
So„nggi ifodadan xona temperaturasini bir xilda ushlab turish uchun tashqi 
havo temperaturasi o„zgarganda isitgichga keltirilayotgan issiqlik miqdori (q)ni 
o„zgartirish kerak degan xulosaga kelish mumkin. Buning uchun rostlash organi - 
ventil V (1.2-rasm) xizmat qiladi. 
Boshqarish odam yoki ma'lum bir texnik qurilma tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. Birinchi holda boshqarish qo„lda boshqarish, ikkinchisida esa 
avtomatik boshqarish deyiladi. Texnik boshqarish qurilmasi bilan jihozlangan va 
odam ishtirokisiz ish bajaradigan mashina yoki qurilma avtomat deb ataladi 
(yunoncha automatos so„zi - «o„zi harakatlanuvchi» ma'nosini bildiradi). 
Avtomatlashtirish u yoki bu jarayonlarga avtomatlarni joriy etish jarayoni 
bo„lib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va elektrlashtirishga asoslanadi. 
Ish jarayonida avtomatik ravishda boshqariladigan mashina yoki qurilma (bir 
necha qurilmalar) boshqariluvchi ob'ekt deb ataladi va qisqacha BO deb 
sxemalarda belgilanadi. 
O„zaro ta'sirlanuvchi boshqarish qurilmasi (BQ) bilan boshqariluvchi ob'ekt 
(BO) lar majmuiga avtomatik boshqarish tizimi (ABT) deb ataladi (1.3-rasm). 
BOda bir yoki bir necha boshqarish (rostlash) organi bo„lib ular orqali ob'ektga
keladigan energiya yoki modda miqdorini o„zgartirilib BOning holatini o„zgartirish 
mumkin. BO butun bir mashina bo„lishi yoki uning ayrim qismlari ko„rinishida 
ham bo„lishi mumkin.
BOning holati bir necha ko„rsatkichlar va kattaliklar bilan xarakterlanadi. 
Boshqarish maqsadida ko„zda tutilgan ma'lum bir qonuniyat bilan o„zgartirilishi 
kerak bo„lgan asosiy ko„rsatkich avtomatikada BO ning boshqariluvchi(chiqish) 
kattaligi (signali, parametri) deb ataladi va odatda ko„pchilik adabiyotlarda y(t) 
ko„rinishida belgilanadi. 


11 
1.3-rasm. ABT sxematik ko„rinishi 
 
Boshqarish organining holati yoki shunga proporsional bo„lgan BO 
kiritilayotgan energiya (yoki modda)ning miqdori boshqaruvchi ta'sir deb ataladi. 
Bu ta'sir yana boshqaruvchi o„zgaruvchi, ko„p hollarda esa BOning kirish kattaligi 
(signali, parametri) deb ham ataladi va u(t) ko„rinishida sxemalarda ifodaladi. 
Agar ABT bitta kirish va bitta chiqish kattaliklariga ega bo„lsa bunday tizim 
bir o„lchovli tizim deyiladi, agarda kirish va chiqish kattaliklari bir necha bo„lsa 
ko„p o„lchovli tizim deyiladi. Masalan ID da berilayotgan yonilg„i aralashmasining 
miqdorini ko„paytirsak dvigatel valining aylanishlar chastotasi ko„payishi bilan 
birga uning temperaturasi ham osha boradi va h.k. 
Mashina yoki qurilma ish jarayonining maqsadga muvofiq ravishda davom 
etishiga va BOning moddiy va energetik muvozanatini buzuvchi ta'sirlar 
g„alayonlantiruvchi ta'sirlar deb ataladi. Bu ta'sirlar ichki yoki tashqi bo„lishi 
mumkin va ularning xarakteri va kattaligi tasodifiy bo„lib, odatda barcha 
adabiyotlarda 
f(t) 
bilan 
belgilanadi. 
Har 
qanday 
BO 
uchun 
asosiy 
g„alayonlantiruvchi ta'sir yuklanish bo„ladi. Masalan, issiqlik dvigatelida valga 
ta'sir qiluvchi qarshilik momenti, xonani isitish tizimida tashqi muhit temperaturasi 
va h.k. Ikkinchi darajali g„alayonlantiruvchi ta'sirlar BO holatiga kamroq ta'sir 
ko„rsatadi (asosiysiga nisbatan), bunday ta'sirlarga podshipniklardagi ishqalanish, 


12 
moyning yopishqoqligi, elektr mashinasidagi rotor bilan stator orasidagi 
tirqishning o„zgarishi va boshqalari misol bo„la oladi. 
Boshqariluvchi kattalikning ayni paytda o„lchangan qiymati uning ayni 
qiymati deyiladi. Boshqariluvchi kattalikning ob'ektning normal, maqsadga 
muvofiq ishlashini ta'minlaydigan va ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo„lgan 
boshqariladigan (rostlanadigan) kattalikning berilgan qiymati deyiladi va х
о
(t) 
ko„rinishida belgilanadi. Bu ikki qiymat orasidagi farq esa boshqariluvchi 
kattalikning og„ishi - 

(t) deyiladi.
Avtomatik boshqarish tizimida BOning boshqariluvchi kattaligi y(t)ning 
berilgan qiymati х
о
(t)dan og„ishi 

(t) boshqarish qurilmasi (BQ)da boshqaruvchi 
ta'sir U(t) ga aylantirilib (o„zgartirilib) BOning boshqaruv organiga uzatiladi
(1.3-rasmga qarang).
Issiqlik dvigatelini (1.4-rasm) ABT ning BO sifatida qaralganda drossel 
to„skichining ochilish burchagi θ
dr
, o„t oldirishni ilgarilatish burchagi θ, yoqilg„i 
sikldagi sarfi G
T
va boshqa dvigatel ish jarayoniga ta'sir qiluvchi parametrlar kirish 
parametrlari yoki kattaliklari bo„ladi. 
Ularning qiymatlari dvigatelga haydovchi yoki ABT tomonidan bo„layotgan 
tashqi ta'sirlar asosida shakllantiriladi va shu sababli boshqaruvchi kattaliklar ham 
deyiladi. Chiqish yoki boshqariluvchi parametrlar, dvigatelni ish rejimidagi 
holatini xarakterlaydilar, ularga tirsakli valning aylanish chastotasi, valdagi 
burovchi moment M
e
, yoqilg„i iqtisodi ko„rsatkichi ɡ
e
,
dvigateldan chiqayotgan 
gazlarni zaharlanganlik darajasi (misol uchun ulardagi SO miqdori) va boshqa 
ko„plab kattaliklar kiradi. 
Dvigatelga ish jarayonida boshqaruvchi kirish ta'sirlaridan tashqari turli 
tasodifiy, BO boshqarishga xalaqit beruvchi, ya'ni, yuqoridan ta'kidlanganidek, 
g„alayonlantiruvchi ta'sirlar ham bo„ladi. Ushbu tasodifiy ta'sirlarga tashqi muhit 
holati parametrlari o„zgarishi (temperatura T, atmosfera bosimi, namligi W), 
yoqilg„i va moylarni xossalar va h.k. ni kiritish mumkin. 


13 
 
1.4-rasm. Dvigatelning avtomatik boshqarish ob'ekti sifatida sxemasi 
Avtotraktor dvigatellari ko„p o„lchamli BO sirasiga kiradi, chunki unga bir 
necha kirish ta'sirlar mavjud, har bir kirish ta'siriga ikki va undan ziyod chiqish 
kattaligi to„g„ri kelishi mumkin. Shu sababli boshqarish tizimi ham ko„p o„lchamli 
bo„lishi lozim. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling