O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
«L-Jetroni» yonilg‘i purkash tizimi quyidagicha ishlaydi
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
«L-Jetroni» yonilg‘i purkash tizimi quyidagicha ishlaydi. Elektr benzin
nasosi 2 (1.8-rasm) yonilg„ini bak 1 dan olib yonilg„i tozalash filtri 3 orqali ~0,25 MPa bosim bilan taqsimlagich quvuri 4 ga uzatadi. Taqsimlagich quvuri maxsus shlanglar yordamida ishchi forsunkalar 6 bilan tutashtirilgan. Taqsimlagich quvurining ikkinchi uchiga joylashtirilgan bosim rostlagichi 5 tizimdagi yonilg„i bosimini belgilangan qiymat darajasida ushlab turish va ortiqcha yonilg„ini bak 1 ga qaytarish uchun xizmat qiladi. Shu tarzda yonilg„ini uzluksiz aylanib turishi va tizimda bug„ tiqinlari hosil bo„lmasligi ta'minlanadi. Purkalanayotgan yonilg„i miqdori elektron boshqarish bloki(EBB) 20 tomonidan silindrlarga kiritilayotgan havo xajmi, bosimi va harorati, shuningdek tirsakli valning aylanishlar chastotasi, dvigatel yuklamasi va sovitish suyuqligi haroratini hisobga olgan holda aniqlanadi. Silindrlarga kiritilayotgan havoning hajmi, yonilg„i me'yorini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Havo hajmi potensiometrli havo o„lchagich yordamida aniqlanadi. Kirib kelayotgan havo oqimi havo o„lchagichning o„lchov to„siqchasini ma'lum burchakka buradi va bu burilish burchagi potensiometr yordamida elektr kuchlanish ko„rinishiga keltiriladi. Bu elektr signal asosida EBB dvigatelning shu ish rejimiga mos keluvchi yonilg„i miqdorini aniqlaydi va ishchi forsunkalarning elektromagnit klapanlariga yonilg„ining purkalish davomiyligini belgilovchi impulslarni yuboradi. Kiritish klapanlarining qaysi holatda bo„lishidan qat'iy nazar dvigatel tirsakli valining bir yoki ikki aylanishida injektorlar tegishli yonilg„i ulushini kiritish kollektoriga purkaydilar. Purkash daqiqasida kiritish klapan yopiq holatda bo„lsa yonilg„i klapan oldidagi bo„shliqda to„planadi va klapanning keyingi ochilishida silindrga havo bilan birgalikda kiradi. Qo„shimcha havo uzatish klapani 11 drossel to„siqchasiga parallel ishlangan havo kanaliga o„rnatilgan bo„lib, sovuq dvigatelni ishga tushirish va qizdirishda dvigatelga qo„shimcha havo uzatadi va tirsakli valning aylanish chastotasini oshirish imkonini beradi. 24 1.8-rasm. "L-Jetronic" yonilg„i purkash tizimining tarkibiy sxemasi: 1- yonilg„i baki 2- yonilg„i nasosi, 3 – yonilg„ini mayin tozalash filtri, 4 – taqsimlash quviri, 5 –yonilg„i bosimining rostlagichi; 6- ishchi forsunka (injektor); 7- ishga tushirish forsunkasi; 8 –salt yurishda aralashmaning miqdor vinti; 9- drossel to„siqchasi; 10 – drossel to„siqchasining holati datchigi; 11- qo„shimcha havo klapani; 12 –havo o„lchagich; 13- salt yurishda aralashmaning sifat (tarkib) vinti; 14-termorele; 15 - sovutish suyuqligini harorati datchigi; 16-datchik- taqsimlagich; 17 – akkumulyatorlar batareyasi; 18 – o„t oldirish kaliti; 19 – relelar bloki; 20- elektron boshqarish bloki. 25 1.9-rasm. Purkash forsunkasining prinsipial sxemasi:1-filtr; 2-elektromagnit o„rami; 3-elektromagnit yakori; 4-purkash ignasi; 5- elektr ulagich Sovuq dvigatelni ishga tushirishni yengillatish uchun, yuqorida ko„rilgan purkash tizimlaridagi kabi «L-Jetronic» tizimida ham ishga tushirish forsunkasi 7 ishlatiladi. Ishga tushirish forsunkasining ochilish davomiyligi sovitish suyuqligining haroratiga bog„liq bo„lib uni termorele 14 belgilaydi. Purkash forsunkasi (1.9-rasm) yonilg„i taqsimlash quvuriga har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg„ini bosim ostida purkab berish uchun hizmat qiladi. Elektromagnitli purkash forsunkasi 6 (1.8-rasm) elektr impulsi yordamida elektron boshqarish bloki 20 dan boshqariladi. Ishlash prinsipi. Tok berilmagan holda purkash ignasi 4 (1.9-rasm) prujina ta'sirida o„rindiqda siqilib o„tiradi. Agar elektromagnit o„rami 2 ga elektr impulsi berilsa, igna 0,1 mm masofaga o„rindiqdan ko„tariladi va igna va o„rindiq oralig„ida tirqish paydo bo„ladi va shu tirqishdan yonilg„i purkaladi. Forsunka klapanining ochilish va yopilish vaqti 0,6-2,0 ms tashkil etadi. Har bir dvigatel uchun purkash burchagi va kiritish klapaniga bo„lgan masofa har xil bo„ladi. Shuning uchun har bir dvigatelga (ishchi hajmi, yonish kamerasi, kiritish klapanlarining joylashishi, kiritish trubalarining shakli va b. hisobga olgan holda) o„ziga mos forsunka o„rnatilishi kerak. Forsunka kronshteynga maxsus rezina 1 2 5 3 4 26 detallari orqali biriktiriladi. Bu issiqlikdan vibratsiya benzin bug„lari hosil bo„lishdan saqlaydi. Yonilg„i nasosi elektr yuritmali bo„lib benzinni bakdan to„xtovsiz 600 kPa gacha bosim bilan haydab beradi. Yonilg„i nasosi yonilg„i baki ichida yoki yonilg„i bakidan tashqarida joylashgan bo„lishi mumkin. Yonilg„i filtri 3 (1.8-rasmga qarang) yonilg„ini uzluksiz tozalab turish uchun hizmat qiladi. Bosim rostlagich 5 yonilg„i uzatish tizimida joylashgan bo„lib tizimda o„rtacha 0,5 MPa bosimni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Elektr yuritmali yonilg„i nasosi yonilg„ini keragidan ortiq uzatib beradi va bosim rostlagich ortiqcha yonilg„ini yonilg„i bakiga qaytarib yuboradi. Havo miqdorini o„lchash datchigi 12 havo filtri va drossel to‟skichi oralig„ida joylashgan bo„ladi va dvigatelga kirayotgan havo miqdorini o„lchab EBB ga ma'lumot yuboradi. Drossel tuskichini holatini aniqlash datchigi 10(1.8-rasmga qarang) drossel to‟skichini holatini va burilish burchagini aniqlaydi. Bu datchik EBB ga dvigatelning ish rejimi (salt yurish, to„liq bo„lmagan va to„liq yuklanish) to„g„risida ma'lumot berib turadi. Tirsakli valning aylanishlar chastotasini aniqlash datchigi EBB ga tirsakli valning aylanishlar chastotasi to„g„risida ma'lumot uzatib turadi. Boshqa datchiklar esa havo va dvigatel haroratini o„lchaydi, ushbu barcha datchiklardan kelayotgan signallar elektron boshqarish bloki (EBB)da qabul qilinib tahlil qilinadi va shu asosida forsunkalarga impulslar yuboriladi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling