O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Ichki yonuv dvigatellarini elektron boshqarish tizimlari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
1.4. Ichki yonuv dvigatellarini elektron boshqarish tizimlari
Ichki yonuv dvigateli (IYoD)larining ta'minlash tizimida yonilg„i aralashmasini tayyorlash sifati dvigatellarning quvvatiga, burovchi momentiga va yonib bo„lgan chiqindi gazlarning tarkibiga ta'sir ko„rsatadi. Karbyuratorli yonilg„i ta'minlash tizimi bir vaqtning o„zida quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg„i tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo„yicha qo„yiladigan talabga javob bera olmaydi. Karbyuratorli IYoDlarning ta'minlash tizimining asosiy kamchiligi quyidagidan iborat: - silindrlar karbyuratordan har xil masofada joylashgan. Buning natijasida dvigatelning silindrlariga uzatilgan yonilg„i miqdori bir xil bo„lmaydi. Bu esa dvigatelning quvvatini oxirigacha avj oldira olmasligi, tirsakli valdagi burovchi 3 ).Goering C.E., Stone M.L., Smith D.W. and Turnquist P.K. Off- road vehicle engineering principle. USA, АSABE,2006 –р.234-235. 21 momentni ravon bo„lmasligi, dvigatelning tejamkorligini pasayishi, chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni ortishiga olib keladi; - yonilg„i aralashmasi karbyuratorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor aralashma uzatiladi, ya'ni yonilg„i so„rilayotgan havo oqimi ichida mayda zarrachalarga aylantiriladi. Bunda yonilg„i yaxshi parchalanmaydi va benzinning nisbatan yirik (100-120 mkm) tomchilari hosil bo„ladi. Bu havo va benzinni yaxshi aralashmasligiga, silindrlarga turli tarkibdagi yonilg„i aralashmasi kiritilishiga, yonilg„ining bir qismi kollektor va silindr devorlarida qolib ketishiga va provardida yonilg„i sarfi oshishiga olib keladi. Bu kamchiliklar zamonaviy avtomobil IYoD larida har bir silindrning kiritish klapanlari yaqinida yonilg„i aralashmasini tayyorlab silindrlarga purkashni amalga oshiruvchi elektron tizimni qo„llash orqali bartaraf qilindi. Elektron yonilg„i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega: - tezkor, sababi raqamli mikroprotsessor boshqaradi; - yonilg„i aralashmasi aniq tarkibga ega; - yonilg„i majburiy bosim ostida purkalganda yonilg„i tomchilari ancha kichik o„lchamlarda bo„ladi-markaziy forsunkadan 1,1bar bosim bilan purkalganda, yonilg„i tomchisining diametri 50…60 mkm dan oshmaydi, yopiq turdagi forsunkadan 5,2 bar bosim bilan purkalgan yonilg„i tomchisining o„lchami 20-30 mkm doirasida baladi. Purkalayotgan yonilg„i tomchilari diametri 10-15 mkm doirasida bo„lsa benzinni havo bilan aralashishi molekulyar darajada sodir bo„ladi. Bunday aralashmani dvigatelning barcha ish rejimlarida silindrlarga uzatilayotgan (ya'ni purkalanayotgan) miqdorini juda katta aniqlik bilan ulush (doza)lash mumkin. Bu esa o„z navbatida IYoD larining tejamkorligini oshirish, barcha aylanishlar chastotasida burovchi momentni barqarorligini ta'minlash, quvvatini oshirish, chiqindi gazlardagi kanserogen (zaharli) moddalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi; - yonilg„i aralashmasi tarkibini uzoq muddat barqaror ushlab tura oladi. 22 Zamonaviy avtomobil dvigatellarining ta'minlash tizimida K - Jetronic, Ke - Jetronic, L - Jetronic, Le - Jetronic, LN - Jetronic, Mono-Jetronic va b. yonilg„i purkash tizimlari qo„llaniladi. Ana shunday tizimlardan biri L - Jetronic tizimini tuzilishi va ishlashini ko„rib chiqamiz. «L-Jetronic» - bu dvigatelning tejamkorligini sezilarli darajada oshiruvchi, chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni kamaytiruvchi va avtomobilni umumiy dinamikasini yaxshilovchi ancha takomillashgan tizimdir. Vazifasi. Yonilg„i aralashmasini kerakli tarkibda har bir silindrlarning kiritish klapanlari yaqinida ish rejimiga mos ravishda tayyorlab berish. Tuzilishi.Tizim quyidagi funksional bloklardan tashkil topgan: ishga tushirish tizimi; datchiklar; boshqarish bloki; yonilg„i uzatish tizimi. Ishga tushirish tizimi dvigatelga kerakli miqdorda havo uzatib beradi. Bu tizim havo filtri, kiritish quvurlari, drossel to„skichi va har bir silindrga kiritish quvurlaridan tashkil topgan. Datchiklar dvigatel ish rejimining quyidagi muhim ko„rsatkichlarini aniqlab beradilar: - dvigatelga uzatilayotgan havo miqdori; - drossel tuskichining holati; - dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi; - dvigatel harorati; - havo harorati. Elektron boshqarish bloki(EBB)da datchiklardan kelayotgan ma'lumotlar qayta ishlanib ish rejimiga mos ravishda purkash forsunkasi boshqariladi. Yonilg„i uzatish tizimi yonilg„ini bakdan purkash forsunkalariga yetkazib berish, ishlash uchun zarur bo„lgan bosimni hosil qilish va ushlab turish uchun xizmat qiladi. Yonilg„i uzatish tizimi yonilg„i nasosi, yonilg„i filtri, yonilg„i taqsimlash quvuri, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash forsunkalaridan tashkil topgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling