O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

P
T
 
ni
 
hosil qiladigan M
T
tormoz 
momenti ta'sir qiladi:
P
Т
= М
Т
/
 r
д
Quyidagi shartga ko„ra
P
Т
= J ε /
r
д
˃ 
Р
υ
g„ildiraklarning blokirovkasi sodir bo„ladi va u sirpanishni boshlaydi (bu yerda
J–g„ildirakning inersiya momenti, ε - burchak sekinlashishi va 
r
d
 
– g„ildirakning 
dinamik radiusi; P
υ
– g„ildirakning tayanch yuzasi bilan ilashish kuchi). 
 
 
1.10-rasm. Antiblokirovkali tormoz tizimi(ABTT) ning sxemasi
4
: 1-g„ildirak 
tormozlari; 2-g„ildiraklar burchak tezliklari datchiklari; 3-dvigatelni EBB;
4-drosselli qism; 5-gidrokuchaytirgichli bosh tormoz silindri; 6-almashtiriladigan 
EBB li gidravlik blok 
G„ildirakning nisbiy sirpanishi 
4
Bosch Automotive Handbook. 5th Edition / Автомобильный справочник. пер. с англ. – 3-е изд., перераб. и
доп. – М.: OOО «Книжное изд. «За рулем», 2012.– 1280с.: ил. 


30 
a
k
a
V
r
V




bu yerda V
a
– avtomobil tezligi, 

k
– g„ildirakning burchak tezligi.
P
τ
va P
υ
larni sirpanishga nisbatan bog„lanishlarini ko„rsak (1.11-rasm). P
τ
va P
υ
larning o„sishi bilan 
σ
ham o„sadi. 1-nuqtada P
τ
qiymati P
υ
dan oshishni boshlaydi 
va 
σ
ning ham kuchli ortishi boshlanadi. 2-nuqtada ABTT ishga tushadi - tormoz 
kuchi pasayishni boshlaydi (4-nuqtasigacha). P
τ
P
υ
(3-nuqtada) bo„lganda 
ζ
ning 
kamayishi boshlanadi. 4-nuqtada ABTT yangi signal ishlab chiqadi, unga asosan 
yoki yangi qayta tormozlanish boshlanadi (4- nuqtadan 5-nuqtagacha) yoki saqlab 
turish fazasi ta'minlanadi (4- va 6-nuqtalar). Eng katta ilashish koeffitsienti θ
σ 
= 0,2…0,3 va u kritik sirpanish 
ζ
kr 
deb ataladi, bunda 
P
υmax 
maksimal
qiymatga ega bo„ladi. Shu sababli, tormozlanish samaradorligini oshirish uchun 
ABTT sirpanishning ζ
kr
oralig„iga imkoni boricha yaqin qiymatlarida 
tormozlanishni ta'minlashi kerak. 
1.11-rasm. P
η
 ning g„ildirak sirpanishiga (a) va bosim r ning ikki fazali (b) va uch 
fazali (c) rejimlarga bog„liq o„zgarishlari grafiklari[
5

 


31 
Tormoz kameralari va silindrlaridagi bosimni boshqarilishiga ko„ra ABTTlar 
ikki fazali va uch fazaliga bo„linadi. Axborotni taqdim etish va qayta ishlash 
shakliga qarab ABTT lar analogli, raqamli va kombinatsiyalashganga bo„linadi. 
Raqamli tizimlar qator afzalliklarga ega bo„lsada, analogli va kombinatsiyalashgan 
ABTTlar soddaligi va parametrlarini sozlashni keng va operativ imkoniyatlari 
bo„yicha ancha qulay hisoblanadi. Kirish signallari soniga ko„ra ABTT lar bir va 
ko„p signalli bo„ladi. Kirish signallari, asosan, yuqorida ta'kidlanidek - V
a
avtomobil tezligi (yoki ularning hosilalari) va 

k
– g„ildirakning burchak tezligi 
hisoblanadi. ABTT releli rostlanadigan yopiq avtomatik rostlash tizimi (ART) 
bo„lib, uning funksional sxemasi quyidagi ko„rinishda bo„ladi (1.12– rasm) [
5
]. 
1.12 – rasm. ABTT ning funksional sxemasi


Zamonaviy ABTlarda eng ko„p qo„llaniladigan datchiklar - eng yuqori 
informatsion imkoniyatiga ega bo„lgan tormozlanayotgan g„ildiraklarning aylanish 
chastotasi (induksion) datchiklardir. Elektron hisoblash bloki (EHB) quyidagi 
asosiy funksiyalarni bajaradi: tormozlanayotgan g„ildiraklardan (bir yoki bir 
nechta) kiruvchi ma'lumotlarni qayta ishlaydi, bir yoki bir nechta ijro qurilmalari 
boshqaradi, ABTT nazorat qiladi va u ishdan chiqsa uni o„chiradi va haydovchiga 
xabar beradi. Bosim modulyatori EHBdan kelayotgan elektr signallari muvofiq 
tormoz kameralarida va silindrlaridagi bosimni boshqarish uchun mo„ljallangan. 
Gidravlik, nasos-akkumulyatorli tormoz tizimlari uchun mo„ljallangan gidravlik 
zolotnikli modulyator bilan jihozlangan ABTT ning sxemasi (1.13-rasm) va ishlash 
prinsipini ko„rib chiqamiz.


32 
Dastlabki holatda 2 va 5 zolotniklarning joylashishi sxemadagidek bo„ladi. 
Tormozlanayotgan g„ildirak blokirovka bo„lganda, ya'ni uning burchak 
sekinlashishi katta bo„lganda, EHB 13 datchikdan kelayotgan ma'lumot asosida 6 
elektromagnitga elektr signalini yuboradi. Elektromagnit shtok 7 zolotnik 5 orqali 
2 zolotnikning turtib chiqqan joyigacha harakatlanadi. Bunda 3 va 9 magistrallari 
bir-biridan ajraladi va oxirgisi quyilish magistrali 4 bilan ulanib g„ildiraklarni 
tormozlanishdan avtomatik ravishda qo„yib yuboradi. G„ildirakning burchak 
sekinlashishi kichik bo„lganda EHB elektromagnit (6)dan kuchlanishni oladi va 
elektromagnit (1)ga 
1.13-rasm. Gidravlik modulyatorli ABTT sxemasi: 
1 va 6-elektromagnitlar; 2 va 5-zolotniklar; 3-bosimli magistral; 9-silindr 
magistrali; 4-quyilish magistrali; 7 va 11-elektromagnit shtoklari; 8-korpus;
10-prujina; 12-g„ildirak; 13-induksion datchigi; 14-rotor datchigi; 15-tormozning 
g„ildirak silindrlari 
 
yuboradi, natijada 2 zolotnik 11 shtok yordamida yuqoriga haraktlanadi, 5 zolotnik 
esa boshlang„ich holatiga qaytadi.
Ma'lumotlarni taqdim etish va qayta ishlash shakliga qarab ABTTlar 
analogli, raqamli va kombinatsiyalashgan turlarga bo„linadi. Raqamli ABTTlar 
qator afzalliklarga ega bo„lsada, analogli va kombinatsiyalashgan ABTTlar 


33 
soddaligi va sozlash parametrlarini to„g„rilashni keng va operativ imkoniyatlari 
bo„yicha ancha qulay hisoblanadi. 
ABTTning turli avlodlari xususiyatlari keskin o„zgardi, masalan, birinchi 
seriyali namunalariga nisbatan boshqaruv blokli gidravlik modulning massasi 6,3 
dan 1,6 kg gacha kamaydi, tarkibiy elementlar soni esa deyarli bir darajaga 
qisqardi (1.14-rasm). 

1.14-rasm. ABTTning evolyusiyasi

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling