O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


 Differensialni blokirovkalashni avtomatlashtirish


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

1.5.3. Differensialni blokirovkalashni avtomatlashtirish 
G„ildirakli transport vositalarida qo„llaniladigan yetaklovchi g„ildiraklar va 
ko„priklar orasidagi qo„llaniladigan differensiallarni transport vositasini tortish 
qobiliyatini oshirish uchun zarur vaqtda blokirovkalash talab qilinadi. 
Blokirovkalash yuritmasi ishga tushirilganda tishli,
kulachokli, friksion, shlitsali 
yoki boshqa xildagi muftalar vositasida g„ildiraklar yarim o„qlarini bosh uzatma 
bilan qattiq biriktirilib qo„yiladi. Yuritmani qo„lda boshqarish ma'lum 
qiyinchiliklarni tug„dirishi mumkin - blokirovkalash muftasini o„z vaqtida ajrata va 
qo„sha olmaslik transport vositasi xavfsizligi va ish jarayoni sifatiga salbiy ta'sir 
qilishi mumkin. Shuning uchun o„zi blokirovkalash jarayoni avtomatlashtiriladi.
Bunda 2 xil qurilmalar ishlatilishi mumkin: 
1. O„zi blokirovkalanuvchi differensiallar. 
2. Avtomatik boshqarish tizimi (ABT) bilan jihozlangan oddiy 
differensiallar. 
O„zi blokirovkalanuvchi differensiallar yetaklovchi ko„priklarni 
birlashtiruvchi qurilma sifatida qo„llaniladi (barcha g„ildiraklari tortuvchi MTZ-


36 
52/82, T-40AM, K-700 «Kirovets» traktorlari, MAZ va b. rusumdagi yuk 
avtomobillarida). Bunday differensiallarda burovchi moment g„ildiraklarga 
kelayotgan qarshilik kuchlari kattaligiga ko„ra qayta taqsimlanib beriladi. 
ABT bilan jihozlangan oddiy differensiallar g„ildirakli haydov 
traktorlarida qo„llaniladi va blokirovkalovchi mufta hamda shu muftani boshqaruv 
tizimidan iborat bo„ladi. Muftani boshqaruv qurilmasi rul gidrokuchaytirgichi
traktorni ilashish og„irligini gidravlik oshirish qurilmasi yoki ishchi organni osish 
mexanizmi gidroyuritmasi bilan bog„langan bo„lishi mumkin. Bularning ichida eng 
ko„p tarqalgani mufta yuritmasi gidravlik rul boshqaruvi bilan bog„langan 
diffirensialni avtomatik blokirovkalash tizimi (DABT). Bunday tizim MTZ 
rusumdagi traktorlar orqa ko„priklarida qo„llanilgan bo„lib, unda differensialni 
blokirovkalanishi friksion mufti (16)ning (1.16-rasm) rul gidrokuchaytirgichi 
gidrotizimi chiquvchi, moy bakiga quyiladigan magistrali 1 bo„ylab 0,8 MPa 
bosim ostida kelayotgan moy bosimi ta'sirida ilashishini hisobiga bo„ladi. Moy 
oqimini muftaga yo„naltirish vazifasini rul gidrokuchaytirgichi gidrotsilindri 3 
shtokiga o„rnatilgan zolotnikli gidrotaqsimlagich ko„rinishidagi datchik 17 
bajaradi, ya'ni yo„naltiruvchi g„ildirak (11)ning burilish burchagi 8
o
dan oshganda 
datchik gidrotsilindr shtokidagi chuqurchadan chiqishi natijasida siljiydi va 
friksion mufta 16 gidromagistralini moy baki magistrali (1)ga ulab qo„yadi. 
Natijada moy bosimi ta'sirida muftaning friksion disklari differensialni 
blokirovkalaydi. Zarur holatlarda haydovchi ham boshqarish jarayoniga qo„shila 
olishi uchun tizimda boshqarish krani 18 ko„zda tutilgan.
DABT ning yuritmasi traktorning orqa osish mexanizmi bilan bog„liq 
bo„lgan tuzilmalarda DABT datchigi osish mexanizmining buriluvchi valiga 
o„rnatilgan bo„ladi. Ishchi organ ishchi holatda bo„lganda differensial 
blokirovkalanadi, transport holatida differensial blokirovkasizlanadi. 


37 
 
 
1.16 -rasm. MTZ traktori orqa ko„prigi DABT sxemasi:
1,2-moy o„tkazgichlar; 3-rul gidrokuchaytirgichi gidrotsilindri; 4-buriluvchi val 
tishli sektori; 5-rul mexanizmi chervyaki; 6-gidrokuchaytirgich zolotniki;
7-reduksion klapan; 8- bak; 9-moy nasosi; 10-saqlovchi klapan; 11-yo„naltiruvchi 
g„ildirak; 12-rul chambaragi; 13-differensial krestovinasi; 14-traktorni orqa 
g„ildiraklari; 15-oxirgi uzatma; 16-differensialni blokirovkalash muftasi;
17-differensialni blokirovkalash datchigi; 18-boshqarish krani 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling