O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
 
Zamonaviy traktorlarda ushbu vazifa bort kompyuterlari zimmasiga 
yuklatilgan bo„lib, bu haqida qo„llanmaning keyingi bandlarida ma'lumotlar 
berilgan. 
1.5.4. Transport vositalarining zamonaviy bort elektron jihozlari. 
Traktorlar va qishloq xo„jalik mashinalari bort elektron jihozlari 
 
Qishloq xo„jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jahonda 
yetakchi ilg„or chet el kompaniyalari - John Deere, Case New Holland (CNH), 
Massey-Ferguson, Ford (AQSh), Versatile, White, Steiger (Kanada), FIATagri 


38 
(Italiya), Renault (Fransiya), Valmet (Finlyandiya), Steyr, KHD, Fend, CLAAS 
(GFR) va b. larning traktorlar va qishloq xo„jalik (q.x.) mashinalari ko„plab 
zamonaviy modellari elektron boshqarish va nazorat tizimlari – traktorni ayrim 
tizimlariga xizmat qiladigan mikroprotsessorli tizimlar yoki traktor agregatining 
bir necha tizimlarini nazorat qilish, boshqarish, boshqarish komandasini ijrosi 
nazorati va mexanik-haydovchini xabarlash kabi vazifalarni bajarishga 
mo„ljallangan bort kompyuter (mikroprotsessor, mikroEVM) lar bilan jihozlangan. 
Ushbu traktor va q.x. mashinalari uchun elektron tizimlarni qator: Dickey John, 
TRW, Micro-Track, LNAgro, BDS Technology, Field va b. ko„plab elektron 
qurilmalarga ixtisoslashgan firmalar ishlab chiqaradilar. 
Hozirda O„zbekistonda ishlatilayotgan xorijiy texnikalar - «Magnum-8940», 
«Maksum- 5250», « MX-135» va b. rusumdagi traktorlar, «Keys-2166», «Keys-
2366» va b. g„alla yig„ishtirish kombaynlari, «Keys-2022» paxta terish 
mashinalari(CNH), «Dominator» va «Mega» g„alla yig„ishtirish kombaynlari, 
«Arion» va «Axion» traktorlari (CLAAS), shuningdek, John Deere firmasining 
yangi kirib kelgan texnikalari ham bir yoki bir necha bort kompyuterlari bilan 
jihozlangan. Bort kompyuterlar agregatning turli qismlarida o„rnatilgan ko„plab 
datchiklardan ma'lumot-informatsiyalar yig„ib, qayta ishlaydi va displey yoki 
priborlar taxtasi orqali haydovchini xabardor qiladi va traktorning turli tizimlari va 
agregatlangan ishchi organlarni boshqaradi. 1.17-rasmda CLAAS kompaniyasining 
«Tukano»(Tucano) don kombayni bort kompyuterli AB va N tizimi datchiklarining 
kombayn qismlarida joylashtirilishi sxemasi keltirilgan [46-sayt]. Sxemada 
datchiklar turlari, qaysi parametrni o„lchab elektr signalga aylantirib berishi va 
ishchi organ, agregat yoki tizimning qaerida (kombaynni yurish yo„nalishi bo„yicha 
o„ng, o„rtasi va chap tomonida) joylashganligi aks ettirilgan. 


39 
Aylanish 
tezliklari datchigi 
Burilish datchiklari 
Boshqa datchiklar 
1-Motovilo 
R
2-Qiya kamera 
R
3-Yanchish barabani 
L
4-Jadal poxolelagich 
R
5-Boshoq elevator i
R
6-Poxol maydalagich 
R
7-Uzatmalar qutisi 
I
8-Ventilyator 

a – UAS tizimi 
9
b – pichoq stoli 
L
c – motoviloning gorizontal siljishi 
R
d – motoviloning vertikal siljishi 
R
e – qiya kamera 
R
A – o„rgich 
i
B - g„alvirdagi yo„qotishlar 
i
C – poxolelagichdagi yo„qotishlar 
i
D - g„ildiraklar holati Autopilot 
i
E – “Autopilot” tizimdagi bosim 
i
F - g„alvir holati
G – sochgichdagi to„sgichlar holati 
L
1.17-rasm. “Tucano” don kombayni kompyuterli AB va N tizimi 
datchiklarining kombayn qismlarida joylashtirilishi sxemasi 
Bort kompyuterli AB va N tizimlari, shuningdek, agregat va qismlarni xavfli 
holati haqida audio - va videokanallar vositasida ogohlantiradi. Ana shunday 
tizimlardan biri "Datatronic" (1.18-rasm) ixtisoslashtirilgan kompyuter va haqiqiy 
tezlik radarli doppler datchigi bazasidagi ekspluatatsion-texnologik monitordan 
iborat. Tizim dvigatel vali va quvvat olish vali aylanish chastotalari datchiklari va 
yoqilg„i bakidagi sath datchigi bilan bog„langan. Raqamli indikator va klaviatura 
yordamida tizimni tanlash asosida bevosita o„lchab borilayotgan kattaliklarni 
nazorat qilish mumkin. 


40 
 
1.18-rasm
 
– «Datatronic» bort nazorat tizimi monitorining umumiy ko„rinishi 
Indikatorga hisoblanib borilayotgan shataksirash foizi, bir soatdagi va bir 
gektarga ishlov berishdagi
yoqilg„i sarflari, bir soatdagi ish unumi, ishlov berilgan 
maydon, sarflangan yoqilg„i miqdori va uning qolgan qismi, bosib o„tilgan yo„l va 
navbatdagi texnik qarovgacha vaqt resursi, shuningdek, bir gektarga ishlov 
berishni ayni vaqtdagi qiymati kabi kattaliklar chiqarilishi mumkin.
Zamonaviy traktorlar va q.x. mashinalari bort kompyuterlari muayyan 
funksiyalarga ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturlari bilan ta'minlangan. Misol 
uchun CLAAS kompaniyasi o„zining elektronika sohasidagi so„nggi yutuqlarini 
EASY 
(Efficient 
Agriculture 
Systems) 
deb 
nomlangan 
dasturida 
mujassamlashtirgan [11]. Ushbu dastur to„rt turdagi faoliyatga ixtisoslashgan: on 
board (bevosita kabinadan mashinani boshqarish va quvvatni optimallashtirish); on 
field (bevosita dalada ish unumini oshirish); on track (texnik holatni nazorat qilish 
va masofadan diagnostika); on farm (q.x. korxonasi uchun dasturiy yechimlar). 
EASY ga kiritilgan CEBIS, CEMOS, GPS PILOT, LASER PILOT, AUTO 
PILOT, TELEMATICS, AGROCOM MAP va b. boshqarish, nazorat va 
xabarlovchi tizimlari ko„plab datchiklar, GPS yer yo„ldoshlari, Internet tarmog„i 
yordamida ishchi organlarini rostlash, agregatni ekin qatorlari bo„ylab yo„naltirish, 
navigatsiya va masofadan diagnostika vazifalarini avtomatik rejimda amalga 


41 
oshirishi natijasida mashinaning samaradorligi va ish unumi eng yuqori darajada 
bo„lishini ta'minlaydi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling