O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Zamonaviy avtomobillar bort elektron jihozlari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

Zamonaviy avtomobillar bort elektron jihozlari. Zamonaviy avtomobil 
to„rt asosiy qismdan tashkil topgan: IYoD, kuzov, shassi va yurish qismi. Ushbu 
agregatlar turli funksional tizimlardan iborat bo„lib, avtomobilning asosiy vazifasi 
– yuklar va yo„lovchilarni tashishni ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Yaqin o„tmishda mikroprotsessorli o„t oldirish tizimi, gidravlik tormozlarni 
elektron boshqarish tizimlari, benzinni purkash va o„zini diagnostikalash bort 
tizimlari avtomobil apparat- va priborsozligidagi eng so„nggi yutuqlar deb 
hisoblanar edi. Hozirda ular klassik tizimlar qatoriga kiritilib deyarli har bir 
seriyalab ishlab chiqarilayotgan avtomobilga o„rnatilmoqda. 
Yangi ishlanmalar joriy qilinayotgan avtomobillar modellariga qo„shimcha 
ravishda noananaviy bort avtomatik tizimlari, jumladan, mikroprotsessorli 
haydovchini xabarlagich tizimi, sun'iy yer yo„ldoshga ulangan navigatsiya –qidiruv 
tizimi, avtomobilni to„qnashuv va olib qochishdan himoyalash radarli va 
ultratovushli tizimlar, salondagi yo„lovchilarni xavfsizligi va qulayligini ta'minlash 
tizimlari, kruiz-nazorat tizimi, «elektron xarita» tizimi, multipleks elektr simlari
5
o„rnatilmoqda. 
Avtomobil elektronikasini rivojlanish yo„nalishlari:
- Avtomobil benzinli dvigatellarni ekologik toza elektrmobillar kuch 
qurilmalarini yaratish uchun takomillashtirish. 
- Porshenli IYoDning gaz taqsimlash mexanizmi (GTM)da elektron 
boshqaruvli 
elektromagnit klapan
lardan foydalanish imkoniyati bo„yicha 
intensiv ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Avtomobil bort avtomatikasining eng yangi tizimlari klassik, toza elektron 
tizimlardan tubdan farq qiladi. Hal qilayotgan vazifasiga ko„ra yangi tizimga 
asosiy tarkibiy qism sifatida nafaqat elektr va elektron qism va bloklar, balki
noelektrik tarzda ishlaydigan
mexanik, gidravlik, yorug„likoptik, ultratovush va 
boshqa qurilmalar kiritilishi mumkin. Tizimda
barcha axborot jarayonlari elektron 
5
) Denton T. Automotive electronics. Published by Elsevler Ltd, 2006 / Дентон Т. Автомобильная электроника 
/пер. с англ. В
.М.Александрова. – НТ Пресс, 2008. – с.33-36 . 


42 
boshqaruv bloklari (EBB), eng yangi tizimlarda bort mikroprotsessorlari 
tomonidan bajarilsada, 
berilgan boshqarish vazifasini bajarishda ushbu 
qurilmalarning roli asosiy hisoblanadi. 
Bunday yirik tarkibiy boshqaruv 
majmualarini ishlash printsipi bo„yicha na mexanik, na elektr, na elektron yoki na 
boshqa biron-bir tizimlar turkumiga kiritib bo„lmaydi. Shu sababli, avtomobil bort 
avtomatikasining eng yangi tizimlari avtotron tizimlar degan yangi nom bilan 
atala boshlandi. 
- Avtotron tizimlar – bu yirik tarkibiy boshqarish majmualari bo„lib, na
mexanik, na elektr, na elektron yoki ishlash prinsipi jixatidan "toza" boshqa bir 
tizimlarga ta'lluqli emas. Avtotron tizim chiqishida markazdan chetdagi noelektr 
jarayonlarni boshqara borib, o„zi xam chekkadagi noelektr jarayonlarda 
shakllantirilgan kirish signallari bilan boshqariladi. 
Misol uchun, dvigatelni (yeSAU-D) va tormozlarni (yeSAU-T) elektron 
avtomatik boshqaruv tizimlari asosida ishlab chiqilgan va hozirda qo„llanilayotgan 
VDC giroskopik tizimi murakkab yo„l sharoitida avtomobilni yo„naltirish 
barqarorligini yaxshilash imkonini beradi. Haydovchi bilan yo„l sharoitini 
funksional bog„liqligini ta'minlovchi VDC avtotron tizimi kirish axborotlari 
sifatida harakat tezligi, kuzovning qiyalik burchagi, g„ildiraklar tezliklaridagi farq, 
rulning burilish burchagi, atmosfera sharoitlari va ba'zi variantlarda – shinalardagi 
bosim va yo„l sirtining holati foydalaniladi. 
Avtotron 
tizimning 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling