O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
1.5.2. Shataksirashga qarshi tizimlar 
Avtomobil yetakchi g„ildiraklarining shataksirashiga qarshi faol avtomatik 
tizim–avtomatik shataksirashga qarshi tizim (AShQT) (ASR - Antriebs-Schlupf-
Regelung (nem.), TCS - Traction Control System (ingl.), ABS – 
Antiprobuksovochnaya sistema (rus.) - avtomobil harakatining boshlanishi va 
tezlanishida haydovchining dvigatel vali aylanish tezligini nazorat qilish 
zaruriyatidan ozod qiladi va avtomobilni ishonchliroq tezlanishini ta'minlaydi, 
shataksirashning yo„qligi boshqaruvchanilikni va turg„unlikni oshiradi. AShT da 
amalga oshiriladigan asosiy g„oya, maxsus yordamchi drossel tuskichining 
holatiga avtomatik ta'sir yordamida (yoki "elektron drossel- yeTS” tizimiga ta'sir 
qilib) IYoD aylanish chastotasini boshqarishni moslashtirish, shuningdek, ABTT 


34 
ning bosim modulyatori orqali tormoz mexanizmi yordamida shataksirayotgan 
g„ildirakni tormozlashtirishdan iborat (1.15-rasm). Tizimni boshqarayotgan EBB – 
elektron boshqarish bloki - mikroprotsessor(kompyuter) har bir g„ildirakning 
aylanish chastotasi to„g„risida g„ildiraklardagi datchiklar va tezlanish datchigidan 
ma'lumotlar oladi.
1.15- rasm. Shataksirashga qarshi tizimning (ASR, TCS) tarkibiy sxemasi: G„D-
g„ildirak datchiklari; TD-tezlik datchigi; TlD-tezlanish datchigi; DD-drossel holati 
datchigi; EBB-elektron boshqarish bloki 
Datchiklar signallari yetakchi g„ildiraklarda shataksirash boshlanayotganini 
ko„rsatishi bilan kompyuter dvigatel quvvatini kamaytirish haqida qaror qabul 
qiladi va unga gaz pedaliga bo„layotgan ta'sir darajasini pasaytirishga o„xshash 
ta'sir o„tkazadi, bunda g„ildiraklarning shataksirashi oshgan sari gazni tashlab 
yuborish darajasi mos ravishda kuchliroq bo„ladi. 
Elektron boshqarish bloke (EBB) g„ildiraklar aylanish chastotasi farqidan 
shataksirashni aniqlaydi,
yonilg„i ta'minoti holati bo„yicha burovchi momentni 
baholaydi. Qo„shimcha ravishda avtomobil tezlanishi va tezligini aniqlaydi
boshqaruv bloki maxsus uzel orqali yonilg„i ta'minotini kamaytirishga topshiriq 
ishlab chiqadi, avtomatik transmissiya EBB bosim modulyatori orqali tormoz 
konturida bosimni oshirish orqali shataksirayotgan g„ildirakni tormozlanishiga va 
avtomatik transmissiya mavjud bo„lganda uning ish rejimini o„zgartirishga 
topshiriq beradi. EBB tizimi harakatlanish sharoitlariga qarab oldingi va orqa 


35 
g„ildiraklar orasida tormoz kuchini optimal taqsimlash uchun ABTTdan 
foydalanadi. 
Undan tashqari, burilayotganda tormozlashda chap va o„ng g„ildiraklar 
orasida tormozlash kuchini taqsimlashni EBB nazorat qilib, avtomobil 
boshqariluvchanligini 
saqlashda 
yordam 
beradi. 
Shoshilinch 
tormozlash 
kuchaytirgichining asosiy vazifasi – shoshilinch tormozlashda haydovchi pedalga 
yetarlicha kuch bilan bosa olmagan holda qo„shimcha tormoz kuchini yaratish 
bo„ladi. Kuchaytirgich avtomobil tormozlanish quvvatini oshiradi. Yo„lsizlik 
bo„ylab harakatlanganda bu funksiya dvigatelning burovchi momentini 
kamaytiradi, buksovka qilayotgan g„ildirak tormozining gidroyuritmasida bosimni 
oshiradi va bekorga sarflanayotgan tortish kuchini ishqalanishni oshiruvchi 
differensial yordamida qolgan g„ildiraklar orasida taqsimlaydi. Natijada og„ir yo„l 
sharoitlarida avtomobilning o„tuvchanligi ortadi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling