O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Differensialni blokirovkalashni avtomatlashtirish
Download 2,8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zi blokirovkalanuvchi differensiallar
- ABT bilan jihozlangan oddiy differensiallar
1.5.3. Differensialni blokirovkalashni avtomatlashtirish
G„ildirakli transport vositalarida qo„llaniladigan yetaklovchi g„ildiraklar va ko„priklar orasidagi qo„llaniladigan differensiallarni transport vositasini tortish qobiliyatini oshirish uchun zarur vaqtda blokirovkalash talab qilinadi. Blokirovkalash yuritmasi ishga tushirilganda tishli, kulachokli, friksion, shlitsali yoki boshqa xildagi muftalar vositasida g„ildiraklar yarim o„qlarini bosh uzatma bilan qattiq biriktirilib qo„yiladi. Yuritmani qo„lda boshqarish ma'lum qiyinchiliklarni tug„dirishi mumkin - blokirovkalash muftasini o„z vaqtida ajrata va qo„sha olmaslik transport vositasi xavfsizligi va ish jarayoni sifatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun o„zi blokirovkalash jarayoni avtomatlashtiriladi. Bunda 2 xil qurilmalar ishlatilishi mumkin: 1. O„zi blokirovkalanuvchi differensiallar. 2. Avtomatik boshqarish tizimi (ABT) bilan jihozlangan oddiy differensiallar. O„zi blokirovkalanuvchi differensiallar yetaklovchi ko„priklarni birlashtiruvchi qurilma sifatida qo„llaniladi (barcha g„ildiraklari tortuvchi MTZ- 36 52/82, T-40AM, K-700 «Kirovets» traktorlari, MAZ va b. rusumdagi yuk avtomobillarida). Bunday differensiallarda burovchi moment g„ildiraklarga kelayotgan qarshilik kuchlari kattaligiga ko„ra qayta taqsimlanib beriladi. ABT bilan jihozlangan oddiy differensiallar g„ildirakli haydov traktorlarida qo„llaniladi va blokirovkalovchi mufta hamda shu muftani boshqaruv tizimidan iborat bo„ladi. Muftani boshqaruv qurilmasi rul gidrokuchaytirgichi, traktorni ilashish og„irligini gidravlik oshirish qurilmasi yoki ishchi organni osish mexanizmi gidroyuritmasi bilan bog„langan bo„lishi mumkin. Bularning ichida eng ko„p tarqalgani mufta yuritmasi gidravlik rul boshqaruvi bilan bog„langan diffirensialni avtomatik blokirovkalash tizimi (DABT). Bunday tizim MTZ rusumdagi traktorlar orqa ko„priklarida qo„llanilgan bo„lib, unda differensialni blokirovkalanishi friksion mufti (16)ning (1.16-rasm) rul gidrokuchaytirgichi gidrotizimi chiquvchi, moy bakiga quyiladigan magistrali 1 bo„ylab 0,8 MPa bosim ostida kelayotgan moy bosimi ta'sirida ilashishini hisobiga bo„ladi. Moy oqimini muftaga yo„naltirish vazifasini rul gidrokuchaytirgichi gidrotsilindri 3 shtokiga o„rnatilgan zolotnikli gidrotaqsimlagich ko„rinishidagi datchik 17 bajaradi, ya'ni yo„naltiruvchi g„ildirak (11)ning burilish burchagi 8 o dan oshganda datchik gidrotsilindr shtokidagi chuqurchadan chiqishi natijasida siljiydi va friksion mufta 16 gidromagistralini moy baki magistrali (1)ga ulab qo„yadi. Natijada moy bosimi ta'sirida muftaning friksion disklari differensialni blokirovkalaydi. Zarur holatlarda haydovchi ham boshqarish jarayoniga qo„shila olishi uchun tizimda boshqarish krani 18 ko„zda tutilgan. DABT ning yuritmasi traktorning orqa osish mexanizmi bilan bog„liq bo„lgan tuzilmalarda DABT datchigi osish mexanizmining buriluvchi valiga o„rnatilgan bo„ladi. Ishchi organ ishchi holatda bo„lganda differensial blokirovkalanadi, transport holatida differensial blokirovkasizlanadi. 37 1.16 -rasm. MTZ traktori orqa ko„prigi DABT sxemasi: 1,2-moy o„tkazgichlar; 3-rul gidrokuchaytirgichi gidrotsilindri; 4-buriluvchi val tishli sektori; 5-rul mexanizmi chervyaki; 6-gidrokuchaytirgich zolotniki; 7-reduksion klapan; 8- bak; 9-moy nasosi; 10-saqlovchi klapan; 11-yo„naltiruvchi g„ildirak; 12-rul chambaragi; 13-differensial krestovinasi; 14-traktorni orqa g„ildiraklari; 15-oxirgi uzatma; 16-differensialni blokirovkalash muftasi; 17-differensialni blokirovkalash datchigi; 18-boshqarish krani Download 2,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling