O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Zamonaviy avtomobillar bort elektron jihozlari
Download 2,8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Zamonaviy avtomobillar bort elektron jihozlari. Zamonaviy avtomobil
to„rt asosiy qismdan tashkil topgan: IYoD, kuzov, shassi va yurish qismi. Ushbu agregatlar turli funksional tizimlardan iborat bo„lib, avtomobilning asosiy vazifasi – yuklar va yo„lovchilarni tashishni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Yaqin o„tmishda mikroprotsessorli o„t oldirish tizimi, gidravlik tormozlarni elektron boshqarish tizimlari, benzinni purkash va o„zini diagnostikalash bort tizimlari avtomobil apparat- va priborsozligidagi eng so„nggi yutuqlar deb hisoblanar edi. Hozirda ular klassik tizimlar qatoriga kiritilib deyarli har bir seriyalab ishlab chiqarilayotgan avtomobilga o„rnatilmoqda. Yangi ishlanmalar joriy qilinayotgan avtomobillar modellariga qo„shimcha ravishda noananaviy bort avtomatik tizimlari, jumladan, mikroprotsessorli haydovchini xabarlagich tizimi, sun'iy yer yo„ldoshga ulangan navigatsiya –qidiruv tizimi, avtomobilni to„qnashuv va olib qochishdan himoyalash radarli va ultratovushli tizimlar, salondagi yo„lovchilarni xavfsizligi va qulayligini ta'minlash tizimlari, kruiz-nazorat tizimi, «elektron xarita» tizimi, multipleks elektr simlari 5 o„rnatilmoqda. Avtomobil elektronikasini rivojlanish yo„nalishlari: - Avtomobil benzinli dvigatellarni ekologik toza elektrmobillar kuch qurilmalarini yaratish uchun takomillashtirish. - Porshenli IYoDning gaz taqsimlash mexanizmi (GTM)da elektron boshqaruvli elektromagnit klapan lardan foydalanish imkoniyati bo„yicha intensiv ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Avtomobil bort avtomatikasining eng yangi tizimlari klassik, toza elektron tizimlardan tubdan farq qiladi. Hal qilayotgan vazifasiga ko„ra yangi tizimga asosiy tarkibiy qism sifatida nafaqat elektr va elektron qism va bloklar, balki noelektrik tarzda ishlaydigan mexanik, gidravlik, yorug„likoptik, ultratovush va boshqa qurilmalar kiritilishi mumkin. Tizimda barcha axborot jarayonlari elektron 5 ) Denton T. Automotive electronics. Published by Elsevler Ltd, 2006 / Дентон Т. Автомобильная электроника /пер. с англ. В .М.Александрова. – НТ Пресс, 2008. – с.33-36 . 42 boshqaruv bloklari (EBB), eng yangi tizimlarda bort mikroprotsessorlari tomonidan bajarilsada, berilgan boshqarish vazifasini bajarishda ushbu qurilmalarning roli asosiy hisoblanadi. Bunday yirik tarkibiy boshqaruv majmualarini ishlash printsipi bo„yicha na mexanik, na elektr, na elektron yoki na boshqa biron-bir tizimlar turkumiga kiritib bo„lmaydi. Shu sababli, avtomobil bort avtomatikasining eng yangi tizimlari avtotron tizimlar degan yangi nom bilan atala boshlandi. - Avtotron tizimlar – bu yirik tarkibiy boshqarish majmualari bo„lib, na mexanik, na elektr, na elektron yoki ishlash prinsipi jixatidan "toza" boshqa bir tizimlarga ta'lluqli emas. Avtotron tizim chiqishida markazdan chetdagi noelektr jarayonlarni boshqara borib, o„zi xam chekkadagi noelektr jarayonlarda shakllantirilgan kirish signallari bilan boshqariladi. Misol uchun, dvigatelni (yeSAU-D) va tormozlarni (yeSAU-T) elektron avtomatik boshqaruv tizimlari asosida ishlab chiqilgan va hozirda qo„llanilayotgan VDC giroskopik tizimi murakkab yo„l sharoitida avtomobilni yo„naltirish barqarorligini yaxshilash imkonini beradi. Haydovchi bilan yo„l sharoitini funksional bog„liqligini ta'minlovchi VDC avtotron tizimi kirish axborotlari sifatida harakat tezligi, kuzovning qiyalik burchagi, g„ildiraklar tezliklaridagi farq, rulning burilish burchagi, atmosfera sharoitlari va ba'zi variantlarda – shinalardagi bosim va yo„l sirtining holati foydalaniladi. Avtotron tizimning Download 2,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling