O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2,8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
P
T ni hosil qiladigan M T tormoz momenti ta'sir qiladi: P Т = М Т / r д Quyidagi shartga ko„ra P Т = J ε / r д ˃ Р υ g„ildiraklarning blokirovkasi sodir bo„ladi va u sirpanishni boshlaydi (bu yerda J–g„ildirakning inersiya momenti, ε - burchak sekinlashishi va r d – g„ildirakning dinamik radiusi; P υ – g„ildirakning tayanch yuzasi bilan ilashish kuchi). 1.10-rasm. Antiblokirovkali tormoz tizimi(ABTT) ning sxemasi 4 : 1-g„ildirak tormozlari; 2-g„ildiraklar burchak tezliklari datchiklari; 3-dvigatelni EBB; 4-drosselli qism; 5-gidrokuchaytirgichli bosh tormoz silindri; 6-almashtiriladigan EBB li gidravlik blok G„ildirakning nisbiy sirpanishi 4 Bosch Automotive Handbook. 5th Edition / Автомобильный справочник. пер. с англ. – 3-е изд., перераб. и доп. – М.: OOО «Книжное изд. «За рулем», 2012.– 1280с.: ил. 30 a k a V r V bu yerda V a – avtomobil tezligi, k – g„ildirakning burchak tezligi. P τ va P υ larni sirpanishga nisbatan bog„lanishlarini ko„rsak (1.11-rasm). P τ va P υ larning o„sishi bilan σ ham o„sadi. 1-nuqtada P τ qiymati P υ dan oshishni boshlaydi va σ ning ham kuchli ortishi boshlanadi. 2-nuqtada ABTT ishga tushadi - tormoz kuchi pasayishni boshlaydi (4-nuqtasigacha). P τ = P υ (3-nuqtada) bo„lganda ζ ning kamayishi boshlanadi. 4-nuqtada ABTT yangi signal ishlab chiqadi, unga asosan yoki yangi qayta tormozlanish boshlanadi (4- nuqtadan 5-nuqtagacha) yoki saqlab turish fazasi ta'minlanadi (4- va 6-nuqtalar). Eng katta ilashish koeffitsienti θ σ = 0,2…0,3 va u kritik sirpanish ζ kr deb ataladi, bunda P υmax maksimal qiymatga ega bo„ladi. Shu sababli, tormozlanish samaradorligini oshirish uchun ABTT sirpanishning ζ kr oralig„iga imkoni boricha yaqin qiymatlarida tormozlanishni ta'minlashi kerak. 1.11-rasm. P η ning g„ildirak sirpanishiga (a) va bosim r ning ikki fazali (b) va uch fazali (c) rejimlarga bog„liq o„zgarishlari grafiklari[ 5 ] 31 Tormoz kameralari va silindrlaridagi bosimni boshqarilishiga ko„ra ABTTlar ikki fazali va uch fazaliga bo„linadi. Axborotni taqdim etish va qayta ishlash shakliga qarab ABTT lar analogli, raqamli va kombinatsiyalashganga bo„linadi. Raqamli tizimlar qator afzalliklarga ega bo„lsada, analogli va kombinatsiyalashgan ABTTlar soddaligi va parametrlarini sozlashni keng va operativ imkoniyatlari bo„yicha ancha qulay hisoblanadi. Kirish signallari soniga ko„ra ABTT lar bir va ko„p signalli bo„ladi. Kirish signallari, asosan, yuqorida ta'kidlanidek - V a avtomobil tezligi (yoki ularning hosilalari) va k – g„ildirakning burchak tezligi hisoblanadi. ABTT releli rostlanadigan yopiq avtomatik rostlash tizimi (ART) bo„lib, uning funksional sxemasi quyidagi ko„rinishda bo„ladi (1.12– rasm) [ 5 ]. 1.12 – rasm. ABTT ning funksional sxemasi Zamonaviy ABTlarda eng ko„p qo„llaniladigan datchiklar - eng yuqori informatsion imkoniyatiga ega bo„lgan tormozlanayotgan g„ildiraklarning aylanish chastotasi (induksion) datchiklardir. Elektron hisoblash bloki (EHB) quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: tormozlanayotgan g„ildiraklardan (bir yoki bir nechta) kiruvchi ma'lumotlarni qayta ishlaydi, bir yoki bir nechta ijro qurilmalari boshqaradi, ABTT nazorat qiladi va u ishdan chiqsa uni o„chiradi va haydovchiga xabar beradi. Bosim modulyatori EHBdan kelayotgan elektr signallari muvofiq tormoz kameralarida va silindrlaridagi bosimni boshqarish uchun mo„ljallangan. Gidravlik, nasos-akkumulyatorli tormoz tizimlari uchun mo„ljallangan gidravlik zolotnikli modulyator bilan jihozlangan ABTT ning sxemasi (1.13-rasm) va ishlash prinsipini ko„rib chiqamiz. 32 Dastlabki holatda 2 va 5 zolotniklarning joylashishi sxemadagidek bo„ladi. Tormozlanayotgan g„ildirak blokirovka bo„lganda, ya'ni uning burchak sekinlashishi katta bo„lganda, EHB 13 datchikdan kelayotgan ma'lumot asosida 6 elektromagnitga elektr signalini yuboradi. Elektromagnit shtok 7 zolotnik 5 orqali 2 zolotnikning turtib chiqqan joyigacha harakatlanadi. Bunda 3 va 9 magistrallari bir-biridan ajraladi va oxirgisi quyilish magistrali 4 bilan ulanib g„ildiraklarni tormozlanishdan avtomatik ravishda qo„yib yuboradi. G„ildirakning burchak sekinlashishi kichik bo„lganda EHB elektromagnit (6)dan kuchlanishni oladi va elektromagnit (1)ga 1.13-rasm. Gidravlik modulyatorli ABTT sxemasi: 1 va 6-elektromagnitlar; 2 va 5-zolotniklar; 3-bosimli magistral; 9-silindr magistrali; 4-quyilish magistrali; 7 va 11-elektromagnit shtoklari; 8-korpus; 10-prujina; 12-g„ildirak; 13-induksion datchigi; 14-rotor datchigi; 15-tormozning g„ildirak silindrlari yuboradi, natijada 2 zolotnik 11 shtok yordamida yuqoriga haraktlanadi, 5 zolotnik esa boshlang„ich holatiga qaytadi. Ma'lumotlarni taqdim etish va qayta ishlash shakliga qarab ABTTlar analogli, raqamli va kombinatsiyalashgan turlarga bo„linadi. Raqamli ABTTlar qator afzalliklarga ega bo„lsada, analogli va kombinatsiyalashgan ABTTlar 33 soddaligi va sozlash parametrlarini to„g„rilashni keng va operativ imkoniyatlari bo„yicha ancha qulay hisoblanadi. ABTTning turli avlodlari xususiyatlari keskin o„zgardi, masalan, birinchi seriyali namunalariga nisbatan boshqaruv blokli gidravlik modulning massasi 6,3 dan 1,6 kg gacha kamaydi, tarkibiy elementlar soni esa deyarli bir darajaga qisqardi (1.14-rasm). 1.14-rasm. ABTTning evolyusiyasi Download 2,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling