O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Zamonaviy traktorlarda ushbu vazifa bort kompyuterlari zimmasiga yuklatilgan bo„lib, bu haqida qo„llanmaning keyingi bandlarida ma'lumotlar berilgan. 1.5.4. Transport vositalarining zamonaviy bort elektron jihozlari. Traktorlar va qishloq xo„jalik mashinalari bort elektron jihozlari Qishloq xo„jaligi texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jahonda yetakchi ilg„or chet el kompaniyalari - John Deere, Case New Holland (CNH), Massey-Ferguson, Ford (AQSh), Versatile, White, Steiger (Kanada), FIATagri 38 (Italiya), Renault (Fransiya), Valmet (Finlyandiya), Steyr, KHD, Fend, CLAAS (GFR) va b. larning traktorlar va qishloq xo„jalik (q.x.) mashinalari ko„plab zamonaviy modellari elektron boshqarish va nazorat tizimlari – traktorni ayrim tizimlariga xizmat qiladigan mikroprotsessorli tizimlar yoki traktor agregatining bir necha tizimlarini nazorat qilish, boshqarish, boshqarish komandasini ijrosi nazorati va mexanik-haydovchini xabarlash kabi vazifalarni bajarishga mo„ljallangan bort kompyuter (mikroprotsessor, mikroEVM) lar bilan jihozlangan. Ushbu traktor va q.x. mashinalari uchun elektron tizimlarni qator: Dickey John, TRW, Micro-Track, LNAgro, BDS Technology, Field va b. ko„plab elektron qurilmalarga ixtisoslashgan firmalar ishlab chiqaradilar. Hozirda O„zbekistonda ishlatilayotgan xorijiy texnikalar - «Magnum-8940», «Maksum- 5250», « MX-135» va b. rusumdagi traktorlar, «Keys-2166», «Keys- 2366» va b. g„alla yig„ishtirish kombaynlari, «Keys-2022» paxta terish mashinalari(CNH), «Dominator» va «Mega» g„alla yig„ishtirish kombaynlari, «Arion» va «Axion» traktorlari (CLAAS), shuningdek, John Deere firmasining yangi kirib kelgan texnikalari ham bir yoki bir necha bort kompyuterlari bilan jihozlangan. Bort kompyuterlar agregatning turli qismlarida o„rnatilgan ko„plab datchiklardan ma'lumot-informatsiyalar yig„ib, qayta ishlaydi va displey yoki priborlar taxtasi orqali haydovchini xabardor qiladi va traktorning turli tizimlari va agregatlangan ishchi organlarni boshqaradi. 1.17-rasmda CLAAS kompaniyasining «Tukano»(Tucano) don kombayni bort kompyuterli AB va N tizimi datchiklarining kombayn qismlarida joylashtirilishi sxemasi keltirilgan [46-sayt]. Sxemada datchiklar turlari, qaysi parametrni o„lchab elektr signalga aylantirib berishi va ishchi organ, agregat yoki tizimning qaerida (kombaynni yurish yo„nalishi bo„yicha o„ng, o„rtasi va chap tomonida) joylashganligi aks ettirilgan. 39 Aylanish tezliklari datchigi Burilish datchiklari Boshqa datchiklar 1-Motovilo R 2-Qiya kamera R 3-Yanchish barabani L 4-Jadal poxolelagich R 5-Boshoq elevator i R 6-Poxol maydalagich R 7-Uzatmalar qutisi I 8-Ventilyator R a – UAS tizimi 9 b – pichoq stoli L c – motoviloning gorizontal siljishi R d – motoviloning vertikal siljishi R e – qiya kamera R A – o„rgich i B - g„alvirdagi yo„qotishlar i C – poxolelagichdagi yo„qotishlar i D - g„ildiraklar holati Autopilot i E – “Autopilot” tizimdagi bosim i F - g„alvir holati G – sochgichdagi to„sgichlar holati L 1.17-rasm. “Tucano” don kombayni kompyuterli AB va N tizimi datchiklarining kombayn qismlarida joylashtirilishi sxemasi Bort kompyuterli AB va N tizimlari, shuningdek, agregat va qismlarni xavfli holati haqida audio - va videokanallar vositasida ogohlantiradi. Ana shunday tizimlardan biri "Datatronic" (1.18-rasm) ixtisoslashtirilgan kompyuter va haqiqiy tezlik radarli doppler datchigi bazasidagi ekspluatatsion-texnologik monitordan iborat. Tizim dvigatel vali va quvvat olish vali aylanish chastotalari datchiklari va yoqilg„i bakidagi sath datchigi bilan bog„langan. Raqamli indikator va klaviatura yordamida tizimni tanlash asosida bevosita o„lchab borilayotgan kattaliklarni nazorat qilish mumkin. 40 1.18-rasm – «Datatronic» bort nazorat tizimi monitorining umumiy ko„rinishi Indikatorga hisoblanib borilayotgan shataksirash foizi, bir soatdagi va bir gektarga ishlov berishdagi yoqilg„i sarflari, bir soatdagi ish unumi, ishlov berilgan maydon, sarflangan yoqilg„i miqdori va uning qolgan qismi, bosib o„tilgan yo„l va navbatdagi texnik qarovgacha vaqt resursi, shuningdek, bir gektarga ishlov berishni ayni vaqtdagi qiymati kabi kattaliklar chiqarilishi mumkin. Zamonaviy traktorlar va q.x. mashinalari bort kompyuterlari muayyan funksiyalarga ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturlari bilan ta'minlangan. Misol uchun CLAAS kompaniyasi o„zining elektronika sohasidagi so„nggi yutuqlarini EASY (Efficient Agriculture Systems) deb nomlangan dasturida mujassamlashtirgan [11]. Ushbu dastur to„rt turdagi faoliyatga ixtisoslashgan: on board (bevosita kabinadan mashinani boshqarish va quvvatni optimallashtirish); on field (bevosita dalada ish unumini oshirish); on track (texnik holatni nazorat qilish va masofadan diagnostika); on farm (q.x. korxonasi uchun dasturiy yechimlar). EASY ga kiritilgan CEBIS, CEMOS, GPS PILOT, LASER PILOT, AUTO PILOT, TELEMATICS, AGROCOM MAP va b. boshqarish, nazorat va xabarlovchi tizimlari ko„plab datchiklar, GPS yer yo„ldoshlari, Internet tarmog„i yordamida ishchi organlarini rostlash, agregatni ekin qatorlari bo„ylab yo„naltirish, navigatsiya va masofadan diagnostika vazifalarini avtomatik rejimda amalga 41 oshirishi natijasida mashinaning samaradorligi va ish unumi eng yuqori darajada bo„lishini ta'minlaydi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling