O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


 Zamonaviy mashinalarning avtomatlashtirilgan


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
1.5 Zamonaviy mashinalarning avtomatlashtirilgan 
boshqarish tizimlari 
Zamonaviy transport-texnologik mashina va jihozlarning tarkibiga kiruvchi 
transport vositalari (TV) va transport-texnologik majmualar va uskunalar orasida 
avtomatik tizimlar bilan ta'minlanganlik darajasi yo„lovchi tashish avtomobillarida 
nisbatan yuqoriroq bo„lganligi sababli zamonaviy mashinalarning avtomatik va 
avtomatlashtirilgan boshqarish (himoyalash, rostlash, nazorat va h.k.) tizimlarini 
eng so„nggi modellardagi avtomobillar misolida ko„rib chiqish maqsadga muvofiq.


27 
Avtomobillarda avtomatik tizimlar birinchi navbatda ob'ektning xavfsizligini 
ta'minlashga qaratilgan bo„lib, ular ikki turga bo„linadi–aktiv va passiv xavfsizlik 
tizimlari. 
Aktiv xavfsizlik tizimlariga quyidagilar kiradi: 
• tormozlanishda g„ildiraklarni blokirovkalanishiga qarshi tizimlari; 
• shataksirashga qarshi tizimlar; 
• yo„nalish turg„unligini ta'minlash tizimi; 
• tormoz kuchlarini taqsimlash tizimi; 
favqulotda tormozlanish tizimi
• piyodani aniqlash tizimi; 
• differensialni elektron blokirovka qilish tizimi. 
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari komponentlari: 
• xavfsizlik kamarlari; 
• xavfsizlik kamarlarini taranglatgichlar; 
• aktiv bosh tagliklar; 
havo yostiqchalari
• kuzovning havfsiz konstruksiyasi; 
• akkumulyator batareyalari zanjirini favqulotda uzgichi; 
• boshqa qurilmalar (kabrioletta ag„darilishga qarshi himoya tizimi, bola xavfsizligi 
tizimlari va b.). 
 
1.5.1. G„ildiraklarni blokirovkalanishini bartaraf qiluvchi tormoz tizimlari
G„ildiraklarni blokirovkalanishini avtomatik bartaraf qiluvchi tormoz tizimi 
yoki antiblokirovkali tormoz tizimi(ABTT) (ABS – Anti-Bloking-System) birinchi 
marta 1978 yilda «BOSH» firmasi taklifi bilan kiritilgan. Hozirgi vaqtda ABTT -
ABS tizimi bilan AQSh da 69%, Yaponiyada 50%, Germaniyada 63% 
avtomobillar jihozlangan. 
1991 yilning 1 oktyabridan yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar hududida 
huquqiy qoidalarga asosan tirkamalar bilan tashishga mo„ljallangan yuk 
avtomobillari, to„liq massasi 16 tonna bo„lgan o„rnatma avtopoezdlarda, 10 


28 
tonnadan ortiq bo„lgan tirkamalarda va 12 tonnadan ortiq bo„lgan avtobuslar 
tormoz tizimlarida g„ildiraklarni aylanishdan to„xtab qolishi - blokirovkalanishiga 
qarshi antiblokirovkali tormoz tizimi (ABTT) o„rnatilishi zarur deb belgilangan. 
Ushbu normalarni ancha yengil bo„lgan transport vositalari (to„liq massasi 3,5 t 
dan ortiq bo„lgan) uchun ham kengaytirish mo„ljallanmoqda. Ushbu meyoriy 
xujjatda tormozlanish jarayonida avtomobil va g„ildiraklarning holati va 
sekinlashishiga oid tasnifnomaga bog„liq ravishda bir-biridan farq qiladigan ABTT 
larining uch kategoriyasi ko„rsatilib o„tiladi. 
Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilarining aksariyati 1 kategoriya ABTT 
larini o„rnatadi (bu tizimlar YeES 71/320 ko„rsatmasining barcha talablariga javob 
beradi). Barcha ABTT o„t oldirish tizimi ishga tushishi bilan ishga tushadigan va 2 
soniyadan keyin o„chadigan haydovchini ogohlantirish–xabarlovchi chiroqchalar 
(yorug„lik diodlari) bilan jihozlangan bo„lishi kerak. Agar ushbu chiroqchalar 
avtomobilni boshqarish vaqtida yonsa nosozliklar aniqlanganligini xabar beradi. 
Bu ABTT ni to„liq o„chirilganini bildirishi mumkin. 
Turli ishlab chiqaruvchilarning ABTT li tortib yuruvchi mashinasi 
(tyagachi) va tirkamalari birgalikda ishlatilishi mumkin, agar ularning ulanadigan 
elektr ulagichlari DIN 7638 ga muvofiq bajarilgan bo„lsa. ABTT ning qisman 
ishlatilishi ham (yoki tyagachda yoki tirkamada) tormozlanish jarayonini ABTT 
umuman yo„q bo„lgani bilan solishtirganda anchagina yaxshilanishi aniqlangan. 
Tormozlanishda g„ildiraklarning blokirovka bo„lib qolishi ("sirpanib" 
harakati) quyidagi sabablarga ko„ra maqsadga muvofiq emas: Blokirovkalanib 
tormozlanishda avtomobil yoki avtopoezdning yo„nalish turg„unligi yo„qoladi, 
g„ildiraklarni tez-tez blokirovka bo„lishi va undan kelib chiqib “sirpanib” 
harakatlanishi shinalarning tez yeyilishi va xizmat muddatini qisqarishiga olib 
keladi, tormozlanish samaradorligi kamayadi. Provardida ABTT avtomobillarning 
tormoz xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatiladi (1.10-rasm)
.
ABTT ning vazifasi – tormozlanishda avtomobil g„ildiraklarini blokirovka 
bo„lishini bartaraf etish, juda bo„lmasa uzoq blokirovka bo„lishidan (minimal 
vazifa) va tormozlanishda g„ildirakni tayanch yuza bilan ilashish koeffitsienti 


29 
optimal bo„lgan (maksimalga yaqin) tormozlanish rejimini avtomatik aniqlash va 
ushlab turish. 
G„ildirakning tormozlanish jarayonida unga aylanishga halaqit beradigan va 
g„ildirakni yo„l bilan kontaktida tormoz kuchi 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling