O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Avtomatlashtirishning ISO 11783 xalqaro standarti
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
1.3 Avtomatlashtirishning ISO 11783 xalqaro standarti
ISO 11783 xalqaro standarti QXM va traktorlarda elektron tarmoqlarni joriy qilinishini qo„llab quvvatlash uchun kiritilgan 2 . Standart o„ziyurar mashinalar va tizimlar, hamda ish quroli bilan jihozlangan traktor tizimi - mashina-traktor agregati (MTA)ga tadbiq qilinadi. Quyidagi 1.7- rasmda ISO 11783 soddalashtirilgan tarmog„i ish quroli bilan jihozlangan qishloq xo„jalik traktori, ya'ni MTA fonidagi sxematik ko„rinishi keltirilgan. Tarmoq ikki aloqa yo„llari-kommunikatsiya shinalari (magistrallari): traktor shinalari (tractor bus) va ish quroli shinalari (implement bus) iborat. Ish quroli, xususan ushbu sxemada ekish quroli shinasi traktorni, ulagich va qatorlardagi ish qurollarini qamrab oladi. Shinalar elektron boshqarish bloki (EBB-ECU) tarmoqlari-traktor EBB (Traktor ECU, 1.7-rasmga qarang) va ish quroli EBB(Implement ECU) ga ulangan. Vazifa berish va boshqarish kontrolleri kompyuter kirishida boshqaruvchi kompyuter bilan birga mutanosib ishlaydigan interfeys mavjud bo„lib, u yuqorida qayt etilgan kontroller va boshqaruvchi kompyuter o„rtasida ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash imkonini beradi. Vazifa berish kontrolleri, uning interfeysi, shuningdek, ish quroli kontrolleri va boshqarish kompyuteri dasturiy ta'minoti o„zaro standartlashtirilgan kommunikatsiyalarga ega. Boshqarish kompyuteri va vazifa berish kontrollerini bog„lovchi interfeys esa standartlashtirilmagan. Tarmoq 1.7-rasmda ko„rsatilgan barcha tarkibiy qismlar - ish quroli va traktorning EBB, vazifalar berish kompyuteri, mikroprotsessorli bort boshqarish tizimi, virtual terminal, GPS tarmog„i va boshqalar bilan aloqalarni ta'minlaydi. MTA ni ayni vaqtdagi qaerdaligi haqidagi (navigatsiya) xabar vazifa berish kontrolleri tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, traktor dvigateli EBB ga uzatmadagi burovchi momentning 2 ) Goering C.E., Stone M.L., Smith D.W. and Turnquist P.K. Off - road vehicle engineering principle. USA, АSABE,2006 –р.234-235. 20 ayni vaqtdagi qiymatining o„zgarishi egri chizig„i haqidagi xabar ham uzatiladi. Ayrim xabarlarni uzatish chastotasi sekundiga 100 takrorlikni tashkil etadi 3 . 1.7- rasm. ISO 11783 asosida ishlab chiqilgan mashina traktor agregati elektron tarmog„i sxemasi Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling