O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Transport-texnologik vositalar va uskunalarning


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

1.2. Transport-texnologik vositalar va uskunalarning 
 avtomatlashtirish turlari 
Zamonaviy transport va agrosanoat mashinalari avtomatik boshqaruv 
tizimlarini bajaradigan vazifasiga ko„ra quyidagi ikki turga ajratish mumkin: 
avtomatik nazorat va avtomatik boshqaruv. Muayyan mashinalarni boshqaruv 
tizimlari texnik qurilmalari ushbu ikkala vazifani bajarilishini ta‟minlaydi (1.5-
rasm).
Avtomatik nazorat. Avtomatik nazorat tizimlari (ANT) nazorat ob'ekti, 
ya'ni mashina yoki qurilmaga boshqaruv ta'siri berishni taqozo etuvchi holatni 
aniqlash maqsadida unda sodir bo„layotgan jarayonlar, ishchi organ yoki 
mashinaning holati va / yoki ish sharoiti haqida ma'lumotlar olish va ularni qayta 
ishlashni ta'minlovchi qurilmalar majmuidir. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni 
qullash zamonaviy transport vositalari va q.x. mashinalarini avtomatlashtirishning 
asosiy shaklidir. 


14 
 
1.5-rasm.Avtomatik tizimlar bilan jixozlangan mashinaning umumlashgan 
sxemasi: 1-boshqaruv ta'sirlari; 2, 4-boshqariluvchi ob'ekt (BO) va ABT ni nazorat 
qilinayotgan parametrlari; 3-BO va ABT xaqida informatsiya (ma'lumot);
5-yuqori pog„onadagi boshqaruv tizimidan buyruq va ma'lumot; 6- buyruqni 
kiritish va qayta qurish 
 
ANT bajarayotgan vazifasiga ko„ra quyidagi turlarga bo„linadi: 
Avtomatik xabarlagich tizimlari (AXT) - nazorat qilinayotgan 
parametrning chegaraviy, kritik va oralik xarakterli qiymatlari aniqlab operatorga 
xabar beradi. Nazorat qilinayotgan parametrning haqiqiy qiymati shu parametrning 
ruxsat qiymati bilan taqqoslanadi va agar buning natijasida farq aniqlansa turli 
(tovush, vizual va h.k) ko‟rinishda operator (mexanizator)ga xabar qilinadi. 
Misollar: QXMlarida yerga ishlov berish chuqurligi, ekish jarayoni, meyori, ishchi 
organlarning tezligi, holati, IYoD temperaturasi, moy bosimi, yonilg„i miqdori va 
boshqalarni ANT. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling