O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. GLOSSARIY
3. AMALIY MASHG‟ULOTLAR………………………………………..
160 3.1. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash tartibi, amaliy mashg„ulotlarni mazmuni va ularni bajarilishga oid ko‟rsatmalar ………………………… 160 1-Amaliy mashg„ulot. Avtotransport vositalarida qo„llaniladigan avtomatik elektron tizimlarning turlari va belgilanishi……………………. 163 2-Amaliy mashg„ulot. O„xshash ABT larni o„rganish asosida loyihalanadigan tizimning prinsipial (konstruktiv) va funksional sxemalarini tuzish……………………………..………………….……….. 177 3-Amaliy mashg„ulot. ABT ni tipik (elementar) zvenolarga ajratish va ularni uzatish funksiyalarini tanlash. ABT ning struktur(algoritmik) 6 sxemasini tuzish va tizimning uzatish funksiyasini aniqlash……………..... 185 4-Amaliy mashg„ulot. Tizimni analiz qilish, tizim turg‟unligini Raus- Gurvits va Mixaylov mezonlari asosida baholash ………………………… 193 5-Amaliy mashg„ulot. Tizim ish jarayonining sifat ko‟rsatkichlarini bilvosita (taxminiy) va bevosita (o‟tish xarakteristikasi orqali) aniqlash… 202 4. GLOSSARIY…………………………………………………………. 214 5. ILOVALAR……………………………………………………………. 218 6. ADABIYOTLAR………………………………………………………. 230 7 KIRISH Insoniyat tarixida XIX-asrning boshlanishi odamning oziq-ovqat va boshqa ehtiyojlari uchun mahsulotlar yetishtirishga sarflaydigan kuch-quvvatining bir qismini hayvonlar zimmasiga yuklashi bilan (misol uchun, yerga ishlov berishda omochni yaratib unga ot yoki ho„kizni qo„shib ishlatish), 20-asr boshlanishi esa ana shu kuch-quvvatlarni endigina yaratilgan issiqlik (bug„ mashinalari va ichki yonuv) motorlari bilan yuritiladigan mashina va traktorlarga yuklashi (birinchi traktor 1904 y. da dalaga olib chiqilgan) bilan o„ziga xosdir. 21-asr boshlanishi esa insonlar ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladigan mashina va jihozlarda odam ishtirokisiz, ya'ni avtomatik tarzda boshqarishda elektronika, mikroelektronika va raqamli axborot texnologiyalariga asoslangan apparat vositalari, mikroprotsessorli tizimlarni yoppasiga joriy qilinishi bilan e'tiborga loyiqdir. Inson mehnati, ya'ni uning moddiy ob'ektga ma'lum maqsad asosida shakllantirilgan ta'siri natijasida sun'iy muhit - turli xil texnik ob'ekt (TO)- qurilmalar va tizimlarlar yaratildi. Ushbu ob'ektlarda modda, energiya va axborot o„zgarishlari jarayonlari yuz beradi va inson na faqat ushbu barcha jarayonlar, balki ularni amalga oshiruvchi turli xil qurilmalar bilan muloqat qilishga, aniqrog„i, ularni nazorat qilish va boshqarishga to„g„ri keladi. Ushbu qurilmalar asosan mashinalarning tizimlari, mexanizmlari, agregatlari, ishchi organlari va b. ni avtomatik boshqarish, ularni ish jarayonlarini optimal rejimlarda ishlashini ta'minlash asosida mashina samaradorligi va ishonchliligini, ishlab chiqarilayotgan yoki ishlov berilayotgan mahsulot miqdorini oshirish, tannarxini kamaytirish va sifatini yaxshilash, haydovchi (operator) mehnatini yengillashtirish, texnikaning atrof - muhit, ekologiyaga zararli ta'sirini kamaytirish hisobiga katta iqtisodiy va ijtimoiy samara beradi. Shu sababdan bo„lg„usi yosh muhandis mutaxassis, o„z sohasidagi turli ob‟ektlarni avtomatlashtirish bilan bog„liq bo„lgan kompleks muhandislik va tashkiliy masalalarni hal qila olishi, ulardagi avtomatik tizimlarni loyihalash va hisoblash ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak. Bunda ularga "Texnik tizimlarni boshqarish" fanidan olgan bilimlari yordam beradi. Bu fanni o‟zlashtirish 8 jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlashda o‟quv rejasida ko‟zda tutilgan amaliy va laboratoriya mashg„ulotlarning ahamiyati katta. Laboratoriya ishlarini bajarishdan maqsad – transport, texnologik va qishloq xo‟jaligi mashinalarida qo‟llaniladigan avtomatik boshqarish, rostlash hamda nazorat tizimlarini va ularning texnik vositalari (datchiklar, kuchaytirgich- o‟zgartkichlar, ijro qurilmalari va b.) ni tuzilishi, ishlash prinsiplarini bevosita laboratoriya stendlarida tajribalar o‟tkazish jarayonida o‟rganish, tadqiqot qilish va xarakteristikalarini olishdan iborat. Amaliy mashg„ulotlarning maqsadi - talabaning nazariy olgan bilimlarini to„ldirish, mustahkamlash, avtomatik boshqarish tizimlarini hisoblash va tahlil qilish bo‟yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lish, texnologik va transport mashina va qurilmalarda qo‟llaniladigan avtomatik boshqarish, rostlash hamda nazorat tizimlari va ularning texnik vositalarini o‟rganish, tadqiqot qilish, aniq bir topshiriq bo„yicha transport vositalari va qishloq xo„jalik mashinalarida qo‟llaniladigan avtomatik boshqarish (rostlash) tizimlarini hisoblash va tahlil qilish ishlarini bajarishdan iborat. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling