O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Avtomobil haydovchisiga axborot berish bort tizimlari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Avtomobil haydovchisiga axborot berish bort tizimlari Avtomobilning texnik holatiga oid axborot tizimlari: Avtomobilning texnik holatini, shu jumladan shinalardagi bosimini kuzatadi. Tizim "yopiq" bo„lishi mumkin, bu faqat haydovchini xabardor qilishi yoki "ochiq" - ma'lumotni texnik servis markaziga uzatadigan bo„lishi mumkin. • Adaptiv yoritish tizimi: 45 Avtomobil burilishlarida yo„lni yoritishni yaxshilash uchun rul chambaragi burilishiga, harakat tezligiga, ko„ndalang va burchak tezlanishlariga mos ravishda faralar burilishini ta'minlaydi. Shu tarzda avtomobil burilish jarayonida faralar yorug„ligi yo„l yo„nalishini «kuzatib» boradi va haydovchi yo„lning holatini oldindan bilishi mumkin. Harakat tezligi, rulni burilish burchagi, avtomobilning burchak tezliklari kabi turli parametrlarga asoslangan holda elektron boshqaruv tizimi faralarning kerakli burchagini hisoblab chiqadi va ijrochi mexanizmlarga tegishli buyruqlar beradi. • Ko„rinmas to„siqlarni aniqlash tizimlari: Bunday tizimlarga haydovchiga to„siqlar mavjudligi haqida ma'lumot beruvchi turli xil qurilmalar (mashinaning atrofidagi joyni ko„zdan kechiradigan turli xil lokatsion datchiklari bo„lgan) kiradi. Ushbu tizimlarga shuningdek, infraqizil nurlarni tarqatuvchi qurilmalardan foydalanadigan va haydovchiga yo„lida ko„rinmaydigan ob'ektlarni ko„rinadigan tasvirlar o„zgartiradigan, yomon ko„rinish sharoitda haydash xavfsizligini oshiradigan tunda ko„rish tizimlarini ham o„z ichiga oladi. • Yo„l yuzasidagi belgilarini kesib o„tishdan ogohlantirish tizimi: Tizim haydovchini ma'lum yo„l qatori chizig„ini beixtiyor kesib o„tilganligi, yo„l qatoridan chiqib ketganligi xaqida ogohlantiradi. • «Ko„rinmaydigan zona»ni kuzatuv tizimi: Tizim haydovchini yon atrofda xarakatlanib borayotgan, uning yo„lda manevr qilishiga xalaqit berishi mumkin bo„lgan boshqa avtotashuvchilar avtotransport vositalari haqida yorug„lik yoki tovush signali vositasida yoki video monitorda tasviri ko„rinishida ogohlantiradi. • Yo„l belgilarini aniqlash tizimi: Video tizimi yo„l belgilarini kuzatib boradi va ularni videomonitor(asboblar paneli)da takrorlaydi yoki oldingi oynaga joylashtiradi. • Transport vositasi orqaga harakatlanganda to„siqlarni aniqlash tizimi: 46 Ushbu tizim transport vositasi orqaga qarab harakatlanganda to„siqlarni (ultratovush, radar yoki infraqizil nur sochish yordamida) ko„rsatadi va to„siq aniqlashtirilgandan so„ng haydovchiga xabar beradi. • Haydovchi holatini kuzatish tizimi: Tizim haydovchining boshqaruvchanlik harakatlari(reaktsiyasi)ini, uning ko„zlari holatini va h.k.larni kuzatib boradi va uni diqqatini kuchaytirish uchun tovushli (ovozli) signal bilan ogohlantiradi. • Navigatsiya tizimlari: Avtomobil tunnelda va sun'iy yo„ldoshlardan olingan signal yo„qoladigan boshqa joylarda harakatlangan holatlarda, avtomobil ichidagi datchiklardan ma'lumotni ishlatadigan faol tizimlar. • Yo„l xarakati xolati xaqida axborot berish tizimi: Tizim haydovchiga yo„llardagi tirbandliklar mavjudligi haqida ogohlantiradi, svetofor ning ruxsat beruvchi signaliga mos o„tish uchun optimal harakatlanish tezligi va boshqalar haqida axborot beradi. • Meteorlogik sharotlar haqida axborot berish tizimlari. • Yo„lda piyodalar mavjudligi haqida ogohlantirish tizimi. • «To„xta» («Stop») belgisi (chizig„i) mavjudligi haqida ogohlantirish tizimi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling