O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Axborotni yig„ish va uzatish tizimlari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6. Paxta terish mashinalarini avtomatlashtirish yo„nalishlari
Axborotni yig„ish va uzatish tizimlari
• "Qora quti". • Taxograf. • «e-Call» avariya xaqida xabar berish tizimi: Tizim haydovchining buyrug„i bilan yoki passiv xavfsizlik tizimi ishlab ketganda avtomatik ravishda yo„l transport hodisasi yuz berganda avtohalokat haqida signal uzatadi. • Avtomobil(yuk)ni elektron identifikatsiyalash tizimi. • Xizmat ko„rsatish stantsiyalari uchun avtomobil haqida ma'lumotlar berish tizimi. • Transport vositasini joylashishni aniqlash tizimi (joylashish manzili uzatgichi). 47 Avtotransport vositasi (ATV)ning alohida tizimlari bir vaqtning o„zida "yopiq" va "ochiq" bo„lishi mumkin, ya'ni ulardan olingan axborotdan ATV ichida foydalanishligi, hamda harakatning boshqa ishtirokchilari infratuzilmasiga uzatilishi mumkin. 1.6. Paxta terish mashinalarini avtomatlashtirish yo„nalishlari Hozirda «Toshkent qishloq xo„jaligi texnikasi zavodi» AJda traktorga yarim tirkama holda tez agregatlanuvchi MX-1,8 rusumdagi ikki qatorli vertikal shpindelli (VSh) paxta terish mashinasi (PTM) ishlab chiqarilayapti. Ushbu mashina oldingi ishlab chiqarilgan osma PTMlardan afzalliklari (traktorga qisqa vaqtda, kam xarajatli va to„liq komplektda agregatlanuvchi, PTMni iste'molchiga traktorsiz yetkazib berish va b.) borligi bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Ularni asosiylari terish apparati traktorning kabinasidan orqada joylashganligi sababli mexanik-haydovchining kabinadan paxta terish apparati (PTA)ning ish jarayonini nazorat qilib borishi noqulayligi va chegaralanganligi, apparatning egat yuzasidan balandligi, uni g„o„za qatori bo„ylab yo„naltirish aniqligi, apparat ishchi tirqishi kengligi kabi va boshqa muxim texnologik parametrlar va rostlashlarni nazorat qilish va boshqarish murakkabligidir. Bunday holat, ya'ni PTA dagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqara olmaslik natijasida MX seriyadagi PTM ning agrotexnik ko„rsatkichlarini avval ishlab chiqarilgan, ko„p yillar ishlatilgan traktorga osma PTM ko„rsatkichlariga nisbatan pasayishiga olib keldi. Davlat sinovlari natijalariga ko„ra, yarim tirkama MX-1,8 PTMda terim to„liqligi 85 %, osma XNP-1,8 va 14XV-2,4A rusumdagi PTMda esa 88-89 % ni tashkil qilgan. Ushbu orqada qolishni bartaraf qilishning yo„llaridan biri yarim tirkama MX-1,8 VSh PTM ning asosiy texnologik parametrlarini avtomatik nazorat va boshqarish tizimlari – intellektual bort tizimi bilan jixozlash maqsadga muvofiq. VSh PTMlarni avtomatlashtirish holati tahlili shuni ko„rsatadiki, avval ishlab chiqarilgan XV va XN seriyadagi osma va hozirda ishlab chiqarilayotgan 48 MX(XM) seriyadagi PTM avtomatlashtirish darajasi jaxon andozalaridan ancha orqada qolgan. Ushbu mashinalarda ayrim texnologik parametrlarni avtomatik boshqarish yoki nazorat qilish bo„yicha lokal tizim va qurilmalarning tajriba namunalari davlat sinovlaridan o„tkazilgan va ayrim tizimlar osma VSh PTM modifikatsiyalarida joriy qilindi. Bularga XN-3,6 rusumli to„rt qatorli PTM da joriy qilingan terish apparati balandligini gidromexanik avtomatik rostlash tizimi(ART), ikki qatorli PTM tajriba na'munalarida joriy qilingan terish apparati qabul kamerasi tiqilib qolishini va bunkerni to„lishini nazorat qiluvchi «Kedr-1A4» avtomatik nazorat tizimi(ANT), hamda terish apparati ishchi tirqishi kattaligini avtomatik nazorat va boshqarish tizim (AN va BT) lari misol bo„lishi mumkin. Lekin ushbu joriy qilingan tizimlarning ishonchliligi va samaradorligi yetarli darajada emasligi sababli seriyalab ishlab chiqarishdagi mashinalarda joriy qilinmadi. Bunga asosiy sabab tizimlardagi birlamchi o„lchash o„zgartkich(O„O„)lar - mexanik kontaktli datchiklar – turli xil kopirlovchi qurilmalar kirish signallarini ob'ekt bilan kontakt vositasida (egat yuzasi balandligi, g„o„za tupi va b.) oladi. Bunda ishlash sharoiti qiyinligi, datchiklarga turli xil yot ta'sirlar mavjudligi, toza kirish signalini olishga xalaqitlarning yuqoriligi va boshqa dinamik xarakterli omillar datchiklar ish sifati ko„rsatkichlarini va ishonchliligini pasayishiga olib keldi. Hozirda respublikamizda agrar sanoati klaster asosida mahsulotlar (paxta, g„alla, chorvachilik, meva, sabzovot, poliz va boshqalar)ni yetishtirish tizimiga bosqichma-bosqich o„tib borilmoqda. Ushbu holat turli rusum va texnik imkoniyatli, klasterlar talablariga mos, ish unumi va ishonchliligi yuqori, raqobatbardosh zamonaviy qishloq xo„jalik texnikalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishni taqozo qiladi. Respublikamizning har bir mintaqasi fermer xo„jaliklari uchun g„o„za navlari turiga, hosildorligi, yig„ib olish muddati va ekin qatori oralig„i kengligi (60...90 sm)ga moslashgan, terim to„liqligi va sifatini ta'minlaydigan AN va BT bilan jihozlangan PTM larini ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. 49 Dunyo amaliyotida avtomatlashtirish tizimlarining qishloq xo„jalik agregatlarini qator oralaridan harakatlanish (traktor koleyasi, marker va b.) aniqligi ±3 sm ni tashkil qiladi. Bu tizimlarning nisbatan sifatli ishlashiga sabab qabul elementlarida kontaktsiz qurilmalar – lazer, GPS tizimlari, raqamli kamera va boshqalardan foydalanilganligidir. Shu sababli hozirda qishloq xo„jalik mashinalarini avtomatik yoki avtomatlashtirilgan tizimlariga istiqbolli kontaktsiz O„O„ larni qo„llash samarali hisoblanadi. Xususan, optoelektron O„O„ yoki hozirda «ko„rish datchigi» deb ataladigan qurilmalar turli va katta miqdordagi ma'lumotlarni umumiy intellektual ko„rinishga keltiradi. Raqamli optik O„O„ g„o„za qatorlari oqlik darajasi (ko„sakdagi paxtani ochilish darajasi) ni va bir vaqtda g„o„za qatori oq yo„lagi o„rtasi koordinatasi («optik o„qi») ni aniqlashga xizmat qiladi. G„o„za qatori «optik o„qi» esa PTMning qatorlar bo„ylab avtomatik yuritish tizimi(AYuT) yoki g„o„za qatori bo„ylab terish apparatini avtomatik yo„naltirish tizimi(AYT) uchun kirish parametrlari bo„lib xizmat qilishi mumkin. VSh PTMlarni avtomatlashtirish muammosining hozirgi holatini va mashinalarni davlat sinovlari natijalarini tahlili, shu yo„nalishda mualliflar tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida aniqlangan dala agrofoni holatiga va g„o„za qatori parametrlariga moslanuvchanligini yaxshilash xisobiga PTMning agrotexnik va ish unumdorligi ko„rsatkichlarini oshirish imkonini beradigan avtomatik boshqarilishi va nazorat qilinishi zarur bo„lgan asosiy vazifalar va parametrlar sxematik tarzda 1.19-rasmda keltirilgan. Ushbu sxemada ko„rsatilgan vazifalar bo„yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari olib borildi. Yuqorida qayd etilganidek, lokal avtomatlashtirish tizimlarining ayrim tajriba namunalari davlat sinovlaridan o„tkazildi va joriy qilindi. Ularga PTAni egat yuzasidan balandligini gidromexanik ART, ishchi tirqishni AN va BT, MX-1,8 PTM orqa yo„naltiruvchi g„ildiragi holatini AN va AYTlari misol bo„la oladi. Bundan tashqari hozirda hosil yo„qotilishi (terim sifati)ni ANT (1.19-rasm,7-poz.) uchun maxsus bort kompyuter tizimi ishlab chiqish bo„yicha ITI olib borilmoqda. Bunda raqamli kamera yordamida mashina terimidan oldin va terib o„tgandan 50 so„ng g„o„za qatoridagi terilmay qolgan va yerga to„kilgan paxta hosili raqamli tasvirlari olinadi va ularni taqkoslash natijasida necha foiz paxta hosili terilmay qolayotganligini aniqlash va uning miqdori ruxsat etilganidan oshib ketganida tizim haydovchiga xabar beradi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling