O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
generator" deb nomlanuvchi universal elektr mashinasini ishlab chiqish va
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
generator" deb nomlanuvchi universal elektr mashinasini ishlab chiqish va
joriy qilish. - Oraliq energiya yig„ish qurilmasiz bevosita elektron tizimdan ishlaydigan lazerli o„t oldirish shamlarini qo„llash. Bu o„t oldirish tizimining ishonchliligi va foydali ish koeffitsienti (FIK)ni anchagina oshiradi, shuningdek, bort avtomatikasi elektron tizimi boshqa blok va qurilmalarini yuqori chastotali elektr uchqun tufayli hosil bo„ladigan to„sqinliklardan xalos qiladi. Yakunda shuni ta'kidlash lozimki, yuqorida ko„rib o„tilgan bort elektron tizimlari ishlanmalarining hammasi ham eksperimental tadqiqotlar bochqichidan to„liq o„tgan emas. Ular asosan sport va konsept avtomobillarning firmaviy modellarida ishlatiladi. Ammo, ilgari bo„lgani kabi, konseptkarlarda sinovdan 6 ) Denton T. Automotive electronics. Published by Elsevler Ltd, 2006 / Дентон Т. Автомобильная электроника /пер. с англ. В .М.Александрова. – НТ Пресс, 2008. – с.539-542. 44 o„tgan deyarli barcha yangiliklarni ertami-kechmi seriyalab ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda ishlatila boshlanadi. Zamonaviy transport vositalari (TV) yuqori texnologik tizimlardir, ularning konstruksiyasida juda ko„p elektron qurilmalar ishlatiladi, ularning ishonchliligi yetarlicha yuqori bo„lib, ko„pincha mexanik tizimlarning ishonchliligidan ham oshadi. Masalan, Bosch tomonidan birinchi seriyalab ishlab chiqarilgan antiblokirovkali tormoz tizimi(ABTT) vazni 6,5 kg gacha, elektron elementlarning soni 140 tadan ziyod bo„lgan(1.14-rasmga qarang). Zamonaviy ABTT lar 1,5 kg gacha massaga ega bo„lib, elektron bazasi o„nlab elementlardan iborat. Bugungi kunda TV ning elektron tizimlari asosan "yopiq" tizim sifatida xizmat qiladi, ular avtomobilning turli xil datchiklaridan axborotlarni oladi, ularni tegishli dasturlarning yordamida tahlil qiladi va elektron boshqaruv bloki (EBB) da ijrochi qurilmalarga transportning xavfsizligi va boshqarish qulayligi oshirish, transport vositalarining samaradorligini yaxshilashga va atrof-muhitga zararni kamaytirishga yo„naltirilgan tegishli buyruqlar ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, ayrim tizimlardan signallar "ochiq" tizim sifatida ham ishlatilishi mumkin - axborotlarni tashqi muhitga: axborot markazlari, yo„l-transport infratuzilmasi va boshqa yo„l foydalanuvchilariga uzatish uchun. TV nafaqat ichki tizimdan ma'lumotlarni uzatish, balki uni tashqi manbalardan ham qabul qilish, shuningdek uni xavfsizroq va yanada samarali va hatto avtomatik boshqarish uchun ishlatishi mumkin. Avtotransport vositasiining bort tizimlarining mumkin bo„lgan tuzilishini ko„rib chiqamiz. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling