O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


LABORATORIYA ISHI MAZMUNI, BAJARISH USLUBI


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

2.3. LABORATORIYA ISHI MAZMUNI, BAJARISH USLUBI
TAVSIFLARII VA ISH BO‟YICHA HISOBOTNI SHAKILLANTIRISH 
1 - LABORATORIYA ISHI 
AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMLARIDA ISHLATILADIGAN
RELELARNI O‟RGANISH VA XARAKTERISTIKALARINI OLISH 
 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomatik rostlash tizimi(ART)larda 
ishlatiladigan turli xildagi relelarning tuzilishi, ishlashini o‟rganish va RPU-2-M3, 
RPS-113U3 elektromagnit relelarining xarakteristikalari (ishlab ketish va uzilish 
kuchlanishi, uzilish vaqti) ni olish. 
QO‟LLANILADIGAN 
JIHOZLAR: 
Elektromagnit 
relelarining 
xarakteristikalarini 
olish 
uchun 
qurilma, 
rele 
turlari 
(elektromagnit, 
magnitoelektrik, pnevmatik va boshqalar). 
UMUMIY MA‟LUMOTLAR 
Relelar avtomatik tizimlarda eng ko‟p uchraydigan elementlardan hisoblanadi. 


58 
Relega ma‟lum bir kirish kattaligini berganda, chiqish kattaligi pog‟ona 
ravishda o‟zgaradi. Relelar o‟zgartkich (preobrazovatel) va kuchaytirgich 
vazifasida ishlatiladi. 
Masalan, yuritgichlarni boshqarishda rele datchiklarning uzluksiz kamquvvat 
signalini uzlukli yuqori quvvatli signalga aylantirib beradi. Bunda relening 
kuchaytirgich sifatida statik xarakteristikasi o‟ta notekis bo‟ladi. 
Relelarga ta‟sir qiladigan fizik kattaliklarga qarab, ular elektrik, mexanik, 
pnevmatik, gidravlik, issiqlik, akustik, kimyoviy va boshqa turlarga bo‟linadi. Eng 
ko‟p 
tarqalgani elektr relelaridir. Ular o‟z navbatida elektromagnit, 
magnitoelektrik, elektron, fotoelektrik, elektrodinamik, ferromagnit, ionli va 
hokazolarga bo‟linadi. 
Elektr relelari qabul qiluvchi, oraliq va ijro etuvchi qismlardan iborat. Qabul 
qiluvchi qism tashqi parametrni relening ishlab ketishi uchun kerak bo‟lgan 
kattalikka o‟zgartirib beradi (masalan: elektromagnit kontakt relelarida - mexaniq 
kuchga aylantirib beradi). Oraliq qism (kontakt relelarida - prujina) qabul qiluvchi 
qismdan o‟zgartirilgan signalni qabul qilib olib, uni berilgan signal bilan 
solishtirib, relening ishlab ketishi uchun buyruq beradi, ya‟ni ijro etuvchi 
elementga - kontaktlarga ta‟sir qiladi. Ijro etuvchi element esa boshqarilayotgan 
elektr zanjiriga ta‟sir qilib, uning parametrini o‟zgartiradi. 
Elektromagnit relelari o‟zgaruvchan va o‟zgarmas tokli (neytral va qutblangan) 
bo‟ladi. Qutblangan rele kirish signalining ishorasiga ta‟sirlanadi, yuqori sezgirligi 
va juda katta kuchaytirish koeffitsienti bilan ajralib turadi. Neytral relelar 
o‟zgarmas tokning yo‟nalishi o‟zgarishidan ta‟sirlanmaydi. Ya‟ni, o‟ramda tokning 
yo‟nalishidan qat‟iy nazar tok kuchi yetarli miqdorga yetganda relening ishlab 
ketishi sodir bo‟ladi. 
Relelarning yakorlari harakatiga qarab tortiluvchi va buriluvchi yakorli bo‟ladi. 
2.1.1,a-rasmda keltirilgan tortiluvchi yakorli elektromagnit relening asosiy 
konstruktiv elementlari: magnit o‟tkazgich 1, yakor 2, cho‟lg‟am 3, prujina 4, 
kontaktlar guruhi 5, o‟zak 6. 2.1.1,b-rasmda keltirilgan buriluvchi yakorli 


59 
elektromagnit rele quyidagi konstruktiv elementlardan iborat: yakor 1, o‟zak 2, 
cho‟lg‟am 3, tayanch 4, kontaktlar 5, qaytarish prujinasi 6, ko‟chish shtifti 7. 
Rele kontaktlari ikki guruhga bo‟linadi: 1) normal yopiq (tok yo‟q paytda 
yopiq, rele ishlab ketganda ochiq), 2) normal ochiq (rele ishlab ketganda yopiladi). 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling