6-mavzu. Pahlavon Mahmud hayoti va ijodi. (2 soat)
Pahlavon Mahmudning hayoti va ijodiy merosi. Shoir ruboiylarining mavzular doirasi, timsollar tarkibi, g‘oyaviy-falsafiy, badiiy xususiyatlari va mazmun-mohiyati.
7-mavzu. Rabg‘uziy hayoti va ijodi. (2 soat)
Rabg‘uziy va uning “Qisasi Rabg‘uziy” asari. Asarning mavzusi, mandarijasi. Asardagi qissa va hikoyatlar, ularning mazmun-mohiyati, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.
8-mavzu. Xorazmiy hayoti va ijodi. (2 soat)
Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma” asari. Asar turkiy adabiyotda “noma” janrining ilk namunasi ekanligi. Asarning janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlari.
IV-MODUL. TEMURIYLAR DAVRI ADABIYOTI.
9-mavzu. Sayfi Saroyi hayoti va ijodi. (2 soat)
Sayfi Saroyining hayoti va ijodiy merosi. Sayfi Saroyi lirik shoir, dostonnavis va tarjimon; she’riyati, “Suxayl va Guldursun” dostoni, “Guliston bit-turkiy” asari. Ularga xos g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar.
10-mavzu. Atoiy hayoti va ijodiy merosi. (2 soat)
Atoiy hayotiga doir ma’lumotlar. Atoiy she’riyati, g‘azallariga xos g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar.
11-mavzu. Gadoiyning badiiy mahorati. (2 soat)
Gadoiy hayoti va ijodi.Shoirning lirik she’rlarini tahlili.Shoir lirikasining janr xususiyatlariga baho.Gadoiy g‘azallari badiiyati.
12-mavzu. Husayniy devonlari va risolasi. (2 soat)
Husayniy hayoti va ijodi.Husayniy devonlari Shoir risolasi o‘zbek adabiyotidagi o‘rni.Husayniy g‘azallari badiiyati.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
I-MODUL. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXINI DAVRLASHTLRLSH PRLNTSIPLARI. ENG QADIMGI ADABIY YODGORLIKLAR.
1-mavzu. Asotirlar va qahramonlik qissalari. Qadimgi qo‘shiqlar va lirik she’rlarning mavzu doirasi (2 soat)
Reja:
Asotirlar va qahramonlik qissalari.
Qadimgi qo‘shiqlar.
Lirik she’rlarning mavzu ko‘lami.
Do'stlaringiz bilan baham: |