O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Download 163.92 Kb.
|
JISMONIY-RIVOJLANISHNI-NAZORAT-QILISHNING-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad: Jismoniy rivojlanishni nazorat qilishning nazariy va amaliy asoslari fanini o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega qilish. Salomatlikni saqlash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilish, ish qobiliyatini oshirish, gigiyenik qoidalarga rioya qilishga, jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun tibbiy nazorat xususiyatlari va ahamiyati, jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashning samarador shakllari va uslublari, sog‘lomlashtirish va tiklash yo‘llari, shakllari, uslublari, shikastlanishni ogohlantirish va oldini olish uslublari, sportchilarning ishchanligini oshirish yo‘llari, shakllari, uslublariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Fanning vazifasi: Fanning asosiy maqsadiga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak bo‘ladi: - jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun tibbiy nazorat xususiyatlari va ahamiyati; - jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashning samarador shakllari va uslublari; - sog‘lomlashtirish va tiklash yo‘llari, shakllari, uslublari; - shikastlanishni ogohlantirish va oldini olish uslublari; - sportchilarning ishchanligini oshirish yo‘llari, shakllari, uslublari; - jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, salomatlikni saqlash; - ish qobiliyatini oshirish vaqtidagi shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning ta’sirini kuzatishni o‘rgatish; - mashg‘ulot uchun gigiyena qoidalari va me’yorlarini ilmiy asoslangan xolda ishlab chiqish va chora-tadbirlar belgilash; - salomatlikni saqlash va ish qobiliyatini oshirish uchun tibbiy kuchlardan hamda gigiyena omillaridan foydalanish va ularning me’yorlarini o‘rganishdan iboratdir. Fan bo‘yicha magistrlarning bilim, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Magistr: jismoniy yuklamani me`yorlash; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tish joyi va sharoitini baholash mezoni; shug‘ullanuvchilarni shaxsiy gigiyenasi va sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish; jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun tibbiy nazorat xususiyatlari va ahamiyati; jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashning samarador shakllari va uslublari; talabalar, o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish va tiklash yo‘llari, shakllari, uslublari; shikastlanishni ogohlantirish va oldini olish uslublari; sport ishchanligini oshirish yo‘llari, shakllari, uslublari; sport tibbiyotining ilmiy-tadqiqot uslublari haqida bilimga; talabalar o‘quv faoliyatini faollashtirish uslublari, zamonaviy pedagogik texnologiyalari; yuqori sport natijalariga erishish va ishchanlikni oshirish, salomatlikni mustahkamlash uchun tabiatning tabiiy kuchlari va gigiyenik omillar; sport turlari bilan shug‘ullanish qoidalari va gigiyenik me`yorlari; jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanish joyini baholashda gigiyenik tadqiqot uslublari; asosiy tushunchalar, atamalar va mutaxassislarni tayyorlashda tizimli yondoshish; jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchilarning tibbiy nazorat usullari; o‘quvchilar, talabalarni sog‘lomlashtirish hamda tiklanishida jismoniy madaniyat va sportni o‘rni; mashg‘ulotlarni ratsional tarkibini ishlab chiqish va rejalashtirish; shikastlanishni ogohlantirish va oldini olish uslublari; jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanish jarayonida ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ko‘nikma; sport inshootlar va sport zalning gigiyenik holatini baholash uchun turli apparatlar va anjomlardan foydalanish; an`anaviy chiniqtirish uslublaridan foydalanish; jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchilarning salomatlik holatini va jismoniy rivojlanishini baholash; sinov tajriba tadqiqotni o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va statistik tahlilini ishlab chiqish; o‘quvchilarni va talabalarni jismoniy rivojlanishi hamda tayyorgarligini baholashni aniqlashda samarador shakllari va uslublarini qo‘llash; sport ishchanligini oshirish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Download 163.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling