O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi
Download 125 Kb.
|
kurs ishi (4).doc talaba
- Bu sahifa navigatsiya:
- . So’roq yuklamalari
- . Ayirish-chegaralash yuklamalari
- Ta’kid yuklamalari
Yuklamalarning tuzilish turlari. Ko’pgina leksoid yordamchi so’zlarning affiksoid ko’rinishlari mavjud, bu yuklamalarga ham tegishlidir: ham, -am /-yam; uchun, -chun; -u, -yu; bilan, -ila, -la shular jumlasidandir. Yuklamalar shakliy jihatdan uch xil ko’rinishga ega:
1. Qo’shimchasimon yuklamalar (-mi, -chi, -a, -ya…). 2.Sof yuklamalar (xuddi, faqat, axir…). 3.Nisbiy yuklamalar (yolg’iz, ba’zan, tanhо, bir…). Ularning shakliy va vazifaviy turlari. Yuklamalar vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turlariga bo’linadi: 1. So’roq yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya, nahotki. Bu yuklamalar turli so’z turkumlariga qo’shilib, so’roq ma’nosini bildiradi. Ba’zan so’roq ma’nosidan tashqari taajjublanish, hayratlanish ma’nolarini ham ifodalaydi. -mi affiks yuklamasi o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi, -chi, -a, -ya yuklamalari esa o’zidan oldingi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimхobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 2. Nahotki shu gaplarga ishongan bo’lsangiz. -mi yuklamasi: 1) taajjub, hayrat, e’tiroz bilan birga so‘roq, ma’nosini anglatadi: Yopiray, shunday sovuq kuni ham suvga tushib bo‘ladimi? 2) noaniqlik, gumon ma’nosini ifodalaydi: Bu kitobni Olimdami, Abrordami ko‘rgan edim, shekilli. –chi yuklamasi: 1) buyruq, do‘q, iltimos bildiradi. Bunda -chi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’llar bilan birga keladi: qani yonimga yaqinlashib ko‘r-chi(do‘q); qani, qalamingni berib tur-chi (iltimos); avval kitobni o‘qib ko‘ray-chi(xohish); 2) shart maylidagi fe’llar bilan birga kelganda ham qistash, istak, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi:Tez yursang-chi (qistash), dadam uyda bo‘lsalar-chi (shubha, gumon), yaxshisi, sen biznikiga kelsang-chi (taklif). -a(-ya) yuklamasi: 1) so‘roq va turli his-hayajon anglatadi: Ertaga darsga boramiz-a? (so‘roq). Oh, naqadar so‘lim joylar-a! Qo‘ziqorin bo‘lsa ham, xuddi quyrqqa o‘xshaydiya! 2. Ayirish-chegaralash yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina,- qina). Bu yuklamalar ayrim narsa va hodisalarni boshqalardan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo’llaniladi. -gina affiks yuklamasi o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: To’yga Sheraligina kelmadi, xolos. O’ktam indamadi, faqat yuragida to’lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. Faqat yuklamasining o’rnida yolg’iz so’zini ham qo’llash mumkin. Sifat so’z turkumiga oid bu so’z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg’iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim). 3. Ta’kid yuklamalari: ham, -ku, -da, -u, -yu. Gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo’llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da! ham yuklamasi. 1) ko‘pincha o‘zi ta’kidlab ko‘rsatadigan so‘zlardan (ot, sifat, olmosh, fe’l, ravishdan) keyin keladi: Uni ham o‘qitaman, o‘zim ham o‘qiyman; 2) ba’zan gapda ko‘makchili birikmani ta’kidlab keladi: Bugun uning ovqat bilan ham ishi bo‘lmadi. 3) to‘siqsizlik ma’nosini bildiradi: Havo bulut bo‘lib turgan bo‘lsa ham, yomg‘irdan darak yo‘q edi; 3) ham yuklamasi -yam shaklida (unlidan so‘ng) va h undoshi tushgan holda qo‘llanishi mumkin. Bunday choqda u o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga qo‘shib yoziladi: Bunday kitoblarga qiziqmayam qo‘ydim. –da yuklamasi shart maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, to‘siqsizlik ma’nosini anglatadi va ham yuklamasi bilan sinonim bo‘ladi: Yosh bo‘lsa-da, bosh edi (yosh bo‘lsa ham, bosh edi). -u(-yu) yuklamasi aniqlik maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, ish-harakatning bajarilishidagi tezlik va davomlilik ma’nosini bildiradi: Keldi-yu, ketdi (tezlik). Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling