O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi


Elektromagnit o‘zaro ta’sirda T—izospin saqlanmaydi


Download 0.56 Mb.
bet11/13
Sana22.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1715800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BMI Dilafruz

3. Elektromagnit o‘zaro ta’sirda T—izospin saqlanmaydi. Boshqa barcha saqlanish qonunlari, shu bilan birga izospin proyeksiyasi saqlanishi bajariladi. Chunki T saqlanish qonuni zaryad saqlanish qonunini ta’minlaydi. Masalan, ∑ → ⋀0 + Ɣ,
π 0 →Ɣ+Ɣ jarayonlarda ΔT=1 ga teng, ya’ni ΔT=0 qonun buziladi.
4. O‘zaro kuchsiz ta’sirda 1 punktdagi barcha univer saqlanish qonunlari bajariladi. S - qiziqlik kvant soni saqlanmaydi, aks holda eng yengil qiziq zarralar K— mezonlar stabil zarralar bo‘lardi. Bunda ∆S=0 yoki ∆S=±1
Birinchi holga neytronning β — parchalanishi misol bo‘ladi. Shu sababli ham Ξ—giperon birdaniga oddiy zarrachalarga parchalanmaydi, chunki bu holda S= -2 bo‘lib, faqat kaskad ko‘rinishda oddiy zarrachalarga o‘tishi mumkin. C— maftunlik kvant soni uchun ham shu qoidalar o‘rinlidir. T- Izospin va uning T3 - proyeksiyasi ham saqlanmaydi. Masalan,
0→n+π-, ⋀0→n+π0,∑+→p+π-
O‘zaro kuchsiz ta’sirda fazoviy va zaryad juftliklari ham saqlanmaydi. Bu xususiyatlarga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Biz qarab chiqqan saqlanish qonunlarini ixcham ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin.
1.Barcha jarayonlarda energiya va impuls momenti saqlanishi, hamda
∆q=0, ∆La=0,∆B=0
bo‘lishikerak.
2. Kuchli o‘zaro ta’sir jarayonlarida
∆T=0, ∆S=0, ∆C=0.
Lekin qatnashuvchi barcha zarralar adron bo‘lishi kerak.

  1. Elektromagnit jarayonlarda adronlar, zaryadlangan leptonlar, fotonlar qatnashgan holda

∆T≠0, ∆T3=0, ∆S=0, ∆C=0.

  1. Kuchsiz o‘zaro ta’sirlarda 2 va 3 punktdagi qoidalar bajarilmaydi.
    Agar bu qoidalar bajarilgan bo‘lib, jarayonda neytrino qatnashsa ham
    kuchsiz jarayon hisoblanadi. Shu o‘rinda saqlanish qonunlariga bog‘liq
    bo‘lmagan umumiy qoidani ham aytib o‘tish o‘rinli: agar ma’lum jarayonda oxirgi zarralar soni qancha kam va ular umumiy massasi qancha kichik bo‘lsa, bu jarayonning sodir bo‘lish ehtimolligi shuncha katta bo‘ladi


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling