O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Download 1 Mb.
bet10/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

5. "Ijodiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari
"Ijodiy rivojlanish“ sohasidagi ‘ta’lim va tarbiya jarayoni yakuniga 6-7 yoshli bola:
● san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;
● milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;
● san’atning muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
● olingan bilim va ko’nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o’z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
● insonning dunyoni o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.


Bolaning rivojlanish sohalari bo`yicha yutuqlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini baholash kuzatishlar yordamida amalga oshiriladi. Pedagog bolalar hayotini muntazam va tizimli ravishda kuzatib boradi.
Bolaning rivojlanishini kuzatish – pedagog faoliyatidagi muhim mas'uliyatli ish. Kuzatishlarning maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va ko’nikmalardan qanday foydalanishi haqida ma'lumot to’plashdir. Bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib, pedagog ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida to’liq tasavvurga ega bo’ladi.
Pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida ta’lim va tarbiya jarayoni rejalashtiriladi va takomillashtiriladi.
Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o’tishi bilan sodir bo’lgan o’zgarishlarni kuzatish va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislari bilan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish imkonini beradi. Bolaning rivojlanishi va ta’lim olishidagi yutuqlarini kuzatish va baholash natijalarini hujjatlashtirish uchun rivojlanish xaritalaridan foydalaniladi.
Rivojlanish xaritasi kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish darajasi to’g’risida muntazam ravishda ma'lumot to’plash jarayonini o’z ichiga oladi.
Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan natijalarga tayanadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling