O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ―art faoliyatning ahamiyati


Download 1 Mb.
bet25/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ―art faoliyatning ahamiyati.

STEAM ta’lim texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari uchun bir vaqtni o’zida aqliy faoliyat bilan birga amaliy faoliyatni uyg’unligini ta’minlaydilar. Bunda ―Aql va qo’l iborasiga amal qiladilar. Olgan bilimlarini amaliy faoliyatda ko’rib tezda uqib, o’zlashtirib oladilar.


Har bir modul STEAM ta’lim maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlaydigan aniq vazifalarni kompleks ravishda hal qilishga qaratilgan: kognitiv tadqiqotlar jarayonida bolalarni intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy-texnik ijod qilishga o’rgatish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-texnik ijodiyotni sintez qilish, umuman AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, media ma’lumotlarni takomillashtirish asosida animatsion samarali foydali mustaqil faoliyatini tashkil etish, bolalarni mantiqiy va algoritmik fikrlashi, rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
STEAM ta’lim texnologiyasining asosiy pedagogik ahamiyatli jihati shundaki, shaxsni integratsiyalashgan rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion yondashuv turli xil faoliyat turlari – o’yin, texnik, nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va boshqalarning o’zaro bog’liqligida namoyon bo’ladi.
Shunday ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi faol jarayonlari bilan bog’liq bo’lib, maktabgacha ta’lim tizimida bola shaxsini shakllanishida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, turli shakl, usul va vositalarini ishlab chiqishni, ularni har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvini talab etadi.
Bizga ma’lumki maktabgacha ta’limda faoliyatning yetakchi turi o’yin deb hisoblanadi, lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga ko’ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. O’yinchoqlar yordamida bolalar o’qish, o’lchash, tekislash, hisoblash, bo’yash, muloqot qilishni o’rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik san‘at ko’nikmalarini olishga yordam beradi. Bolalar o’zlari uchun yangi va noaniq g’oyalar tanlash va ular asosida ilq tajribalarni o’tkazadi va shu orqali qiziqarli o’yin shaklida yaratish salohiyati rivojlanadi.

Ta`lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar XX asr boshida ta`lim jarayonini insonparvarlashtirish g`oyasi asosida kelib chiqqan. Bunda bolalarning o`z xoxish istagiga qarab qiziqishlarini qondirish, har bir bolani xurmat qilish, sevish, uning shaxsi rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, bola shaxsi ta`lim-tarbiya jarayonining markazida bo`lishi masalalariga e`tibor qaratiladi. So`nggi yillardagi ta`lim-tarbiya mazmuni,shakli, vosita va metodlarini yangilashga e`tibor berish, maktabgacha ta`limga oid innovatsiyalarni izlash, uni ta`lim-tarbiya jarayoniga, tarbiyachilarning pedagogik faoliyatiga kiritib borishda malaka oshirish tizimining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, pedagogik jarayonga ilg`or pedagogik texnologiyalarni tabiq etish, innovatsiyalarni joriyetish, o`qituvchi va tarbiyachilarni zamonaviy usullardan foydalanish, ko`nikma va malakalari bilan qurollantirish malaka oshirish tizimi oldiga qo`yilgan vazifalar zamirida amalga oshirilmoqda. Pedagogika yo`nalishida tatbiq qilinishi lozim bo`lgan muhim masala borki, u ham bo`lsa tarbiyachilarning pedagogik jarayonni zamonaviy usullar asosida maqsadli, tizimliva natijalarni bashorat qila olish orqali metodik jihatdan to`g`ri tashkil etishlarini ta`minlashdir. Interfaol usullar xozirgi kunda ta`lim isloxotlaridagi ustuvor jihati va pedagogik muammolarni hal etishdagi roli, ta`lim samaradorligini ta`minlovchi muhim omillardan ekanligini e`tirof etish joizdir. Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati xar bir pedagogning o`z imkoniyati darajasida, shuningdek, turli yoshdagi ta`lim oluvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini inobatgaolgan xolda, o`quv faolligini oshirish maqsadida ta`lim jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalana olish bilan belgilanadi. Xozirgi vaqtda dunyo psixologlari ta`kidlaganidek, bolalar dunyoda sodir bo`layotgan voqea-xodisalarni kattalardanda tez sezmoqdalar. Shuning uchun bugungi kun tarbiyachilari oldida bir qator dolzarb vazifalar turibdi. Shulardan biri ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishdir. Tarbiyachilarni interfaol usullardan oqilona, maqsad va sharoitga muvofiq tarzda didaktik tamoyillarga asoslangan xolda foydalanishga o`rgatish bugingi kunda zamonaviy pedagogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.


MTT interfaol usullardan «Aqliy hujim», «Rolli o`yin», «Kichik guruhlarda ishlash», «Bahs-munozara», «Klaster», «Enerjayzerlar»dan foydalanish mumkin. Tarbiyachi mashg`ulot o`tkazish jarayonida mashg`ulotning boshi va oxirida mavzu yuzasidan bolalarning tushunchalarini aniqlash hamda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun aqliy hujim usulidan foydalanishi maqsadga muvofiq. «Kichik guruhlarda ishlash» bolalarning o`zaro muloqot va fikr almashuviga asoslanadi. Bunda guruhda tahlil qilish, tekshirish asosida berilgan mavzu ishlab chiqiladi. «Rolli o`yinlar»da bolalarga biror muammoli o`yinlarni taklif etish mumkin.
Pedagogik jarayon ta`lim-tarbiya texnologiyasi asosida, ta`lim menejmenti va marketing asosida, ta`lim-tarbiya sohasidagi ilg`or tajribalarni umumlashtiruvchi loyihalar asosida rivojlanib boradi. Ta`lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor pedagoglarning ilg`or tajribalariga tayanib rivojlanadi. Xususiy tajribalar asosida boyitib boriladi. Pedagogik texnologiyaning tarqibiy qismi hisoblanadi, xar bir pedagogning natijasi har xil bo`ladi. Natija kafolati oldindan belgilangan maksadga erishish kafolati bor. Oldindan belgilangan maksadga har bir pedagog o`z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatmaydi. Asosan ijodkor tarbiyachilargina yaxshi natijalarga erishadilar. Bahs-munozara metodida bolalarga bir kun oldin mavzu beriladi. Bolalar savollarga ota-onalaridan surab javob topib keladilar hamda berilgan savollarga javoblar «bahs-munozara» asosida olib boriladi. Bolalar bu metod yordamida real hayot xolatlarini jonlantiradilar.
Pedagogik texnologiya – bolani mustaqil ijod qilish, bilim olish, fikrlashga o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika-pedagogning bilimi, ko`nikmasi, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq bo`lib, ma`lum shaxs, pedagog uchun qulay bo`lgan o`qitishusullariva yo`llari majmuidir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika metodlikasiva boshq.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab etiladi. Texnologiyalarda ko`proq protsessual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo`naltiruvchi tomonlari ifodalanadi.
Metod –biror harakatni amalga oshirish yo`li, usuli yoki ko`rinishi. Pedagogik texnologiya o`quv jarayoni, uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko`p darajada bog`langan. Pedagogik texnologiya davlat talablarini to`la o`zlashtirish, sifat darajasining kafolatidir. Bolaga bilimlar tayyor holida berilmaydi, u kelgusida bilimlarni manbalardan mustaqil ola bilish, fikrlay olish, mustaqil pozitsiyada tura olishga o`rgatiladi. Barcha bolalarni o`z qobiliyatlari ehtiyojlari darajasida albatta o`zlashtirib olishlari kafolatlanadi. Yuqorida keltirilgan interfaol usullar va metodlardan foydalanish maktabgacha ta`lim sifati va samaradorligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling