O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Download 1 Mb.
bet31/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

Dastlabki bosqichda mul`timedia muhitida ko`rsatilishi kerak bo`lgan o`quv fani tanlanadi. Bunda ushbu fan bo`yicha oldin tayyorlangan kurslar aniqlanishi, kursni yaratish uchun mo`ljallangan mablag` va vaqtni, shuningdek mo`ljallangan auditoriyasi belgilanishi zarur bo`ladi. Auditoriya tipi mul`timedia kursiga qo`yiladigan umumiy talablarni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Umumta`lim kurslari o`quvchilarining turli darajali umumiy tayyorgarligini hamda komp`yuter savodxonligini hisobga olgan holda o`qitishning xususiyatlarini inobotga olishi kerak. Bunday kurslarda o`quvchilarni bilimlarini aniqlash va shu asosda optimal bayon qilish tizimini yaratish maqsadida o`quvchilarni dastlabki testdan o`tkazish vositasini kiritish maqsadga muvofiq bo`lar edi. Maxsus ta`lim kurslari tayyorlanish darajasini hisobga olinishi zarur.
Tayyorgarlik bosqichida mavzumatnini yozish, ko`rgazmali va ma`lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o`quv dasturining stsenariyasini, shuningdek alohida bloklarning stsenariyalarini yaratish mo`ljallanadi. Bu bosqichda o`rganuvchining psixologik tipidan kelib chiqqan holda o`kuv materialini (shakli va mazmuni bo`yicha) ko`rsatishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Mavzu manbasini yozishbilan parallel ravishda mavzuning mul`timedia stsenariyasini yaratish ishlari olib boriladi. Mul`timediali o`qitishda mavzular va kerakli komponentlar ro`yxati ko`rsatiladi, undan tashqari uning dastlabki tuzilmasi yoritiladi. Bunga animatsion, audio va videofragmentlarni, illyustratsiyalarni va boshqalarni bayon etish kiradi.
Mul`timediali o`kitishda mavzularni yozish tanlangan dasuriy ta`minotning imkoniyatlaridan va tayyor birlamchi materiallardan kelib chiqkan holda amalga oshiriladi. Mul`timediali o`qitishda mavzular to`liq stsenariyasi deb oddiy matnni va unga aloqador mavzular, bo`limlar yoki tushunchalar, tasvirlar, ovoz, videofragmentlar bilan bog`liq bo`lgan gipermatnni ishlatishga hamda jadvalli axborotni, illyustrativ (grafika, sxema, rasmlar) materiallarni, animatsion rasmlar, fotomateriallar, audio va videofragmentlar,komp`yuter modellarini ishlatishga aytiladi. Asosiy bosqichda elektron mul`timediali o`qitishda manbani yaratish bo`yicha ishlar bajariladi. Bunda uning mazmuni ko`rsatish shaklidan yuqori turishi kerak. Materialni ko`rsatish shakli mukammal bo`lishi kerak. Sahifada o`quvchining diqkatini chalg`ituvchi keraksiz axborot bo`lmasligi kerak. Fon monotonli bo`lishi kerak, lekin oq bo`lishi shart emas. O`qish rangdagi fonni ishlatishga tavsiya beriladi, bunda xarflarning rangini qora yoki qora-ko`kimtir ranglarda yozish maqsadga muvofiqdir. Qora rangi fon va o`qish rangli shriftni ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki, bunday ekran o`quvchining ko`zini tezda charchatadi.
Dasturga grafik tasvirlarni qo`yilayotganda sahifalar turli xil grafik va rangi imkoniyatlariga ega bo`lgan tizimlar orqali ko`rsatilishini inobatga olgan holda ko`p tarqalgan apparatli vositalarga moslashishni ta`minlash kerak. Tasvirlarni zichlashgan grafik formatlarini (GIF, JPEG va boshqalar) ishlatilsa o`quv dasturining umumiy hajmi ancha kamayadi. Video fragmentlarni yaratish uchun komp`yuter videomontaji bo`yicha dasuriy-texnikaviy komplekslar ishlatiladi.
Bunda montajda kerak bo`ladigan tasvir va ovozlar to`plamini oldindan tayyorlab olish kerak. Montajning sifatiga tanlangan dasturiy ta`minot javob beradi. Materialni qabul qilishda faol ta`sir etuvchi elementlardan biri bu ovozdir. Ovoz, suxandon tomonidan aytilgan ibora, personajlarning dialoglari yoki videofragmentning ovozli olib borish kabi hollarda beriladi. Ovoz bilan ishlashda ovozni chiqarish, yozish hamda sintez qilish imkoniyati bor turli dasturiy ta`minot ishlatiladi. Mul`timedia o`qitishda mavzular elementlarini yaratish parallel olib borilishi mumkin. Ularni birlashtirish yakunlovchi bosqichda amalga oshiriladi. Mul`timediali o`qitishda mavzularga bo`linadi, gipermatnlarga jo`natish tizimi shakllantiriladi.
Mul`timedia vositalari
-berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati borligi;
-ta`lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoki yanada ortadi;
-ta`lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
-olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo`lganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
Mul`timedia vositalari asosida o`qitish jarayonida aniq fanni komp`yuter asosida to`liq o`qitish, ma`ruza matnlarini taxrirlash, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma`ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o`qivchi-talabalar axborot texnologiyalarini mul`timedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida qurishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo`ladilar.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling