O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari
Mul`timedianing texnik va dasturiy vositalari
Download 1 Mb.
|
STEAM 1 курс узб УМК 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalari
Mul`timedianing texnik va dasturiy vositalari.
Mul`timedia vositalari- bu apparat va dasturlar to`plami bo`lib, u insonga o`zi uchun tabiiy bo`lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatganholda komp`yuter bilan muoloqot qilish imkonini beradi. Mul`timedianing apparat vositalari. Mul`timedia elementlari dasturiy vositalar yordamida birlashtiriladi. Bu dasuriy vositalar mul`timedia elementlarining alohida ko`rinishi uchun amalga oshiriladi. Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalar raqamli foto apparat skanerlar, qo`l skaneri, barabanli skaner, planshetli skaner, rulonli skaner, proektsion skaner, lazerli skaner,3 D skanerlar. Tasvirlarni ko`rish va ular bilan ishlash uchun mo`ljallangan dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture Iti, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, Pix Builder Photo Editor, Fo2Pix ArtMasterlar kiradi. Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalari. Ovozli fayllarni kompakt diska yozish, mul`timedia taqdimotlarini tayyorlash, videokonferentsiyalarni o`tkazish, o`yinlar o`ynash, audio CD larni eshitish uchun ovoz platsi yoki audioadapter (audio-bu «ovoz»,adapter esa –manbadagi ma`lumotni komp`yuterga o`tkazuvchi texnik qo`rilma) deb nomlanuvchi karta zarur bo`ladi. Ushbu tovushni qaytaishlovchi tovush platasi, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar hamda audio ma`lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofon, ovozli kompakt-disk proigrыvatellari, ovoz kolonkalari va b. qurilmalarga ulanadi. Tovush platasiga, shuningdek, magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar ham ulanishi mumkin. Unga video kamera, video magnitafon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Aksariyat hollarda video elementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo`ladi. Shunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy komp`yuterda mavjud bo`lgan video adapter va monitor etarlidir. Manipulyatorlar komp`yuterni boshqarish uchun soda, qulay va ommabop bo`lgan qurilmalardan biri bu manipulyator (sichqoncha) hisoblanadi. Virtual borliqka kirishning eng oddiy yo`li bu komp`yuter ekrani hisoblanadi va bu borliqka sochqoncha, klaviatura, djoystik yordamida ishlash mumkin. Bulardan tashqari virtual borliqni yaxshiroq his etish uchun boshqa qurilmalarni ham ishlatish mumkin. Ular: turli oynali ko`zoynak-bu qurilma tasvirni o`lchamda (hajmli) ko`rishgayordam beradi. Bir muncha murakkabroq ishlaydigan ko`zoynak ham mavjud bo`lib, uning ishlash printsipi quyidagicha: ekran orqali ko`zoynaqning bitta ko`ziga tasvir yuboriladi, ikkinchisi esa qorong`u bo`lib turadi. So`nggra tasvir keyingi ko`zga o`tadi, shu tarzda tasvir ketma-ket ko`rsatiladi va ko`zoynak ekranida uch o`lchamli tasvir illyuziyasi hosil bo`ladi. Virtual borliq shlemi –o`ylap topilgan virtual borliqni to`liq his etish uchun mo`ljallangan ko`rilma. Tasvir hajmini ko`rsatish uchun shlem ichida ikkita uncha katta bo`lmagan ekran joylashgan bo`lib, tasvir ham ikkiga bo`linadi va ikala ko`z uchun alohida tasvir yaratiladi. Ushbu shlem 360 gradus sohadagi barcha tasvirlarni vizual ko`rish imkonini beradi, hattoki bosh burilgan vaqtda mosravishda tasvir joylashuvi ham o`zgaradi. Virtual borliq shlemi axborotli qo`lqop-virtuallikni oshirish maqsadida ishlatiluvchi qo`lqop bo`lib,uyordamida virtual borliqdagi predmetlarni ushlash, surish va harakatga keltirish mumkin. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling