O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Maktabgacha yoshdagi bolalarga lego-qurilish,konstruksiyalashga o’rgatish metodikasi


Download 1 Mb.
bet37/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

Maktabgacha yoshdagi bolalarga lego-qurilish,konstruksiyalashga o’rgatish metodikasi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda lego-qurilish, konstruksiyalash - STEAM ta’lim moduli sifatida o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish-yasash va konstruksiyalashga o’rgatishda har bir yosh guruhlaridagi rivojlanish markazlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakllardagi qurilish elementlari mavjud bo’lib, bolalar ulardan o’z fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar, masalan, kuzatgan va ko’rgan tarixiy obidalari, uylar, binolar, do’konlar va hokazolar. Qurilish bilan mashg’ul bo’lgan bolalar bu yerda juda ko’p narsalarni o’zlashtirib oladilar.Bu esa bolalaarda ilk matematik qobiliyatlar va ijtimoiy ko’nikmalarni egallashga yordam beradi, Shu orqali ularda ijodiy yondoshishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o’rganadi. Ushbu markazda tarbiyachilar va bolalar hohish-istagiga ko’ra ko’plab turli narsalarni – o’yinchoq mashinalarni, yuk mashinalari, baland binolar, samolyotlar, turli qurilish materiallari tavsiya etiladi.


Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o’rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog’ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali – mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo…) iborat. Mashg’ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda to’plamlardan foydalaniladi. Mashg’ulot paytida materiallar ko’p bo’lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, osimlik va transportni ifodalovchi mayda o’yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak atrofdagi konkret narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yulovchilar uchun ko’prik yasaydilar. O’yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o’yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qurilish materiallarni ma’lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling