O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Download 1 Mb.
bet32/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

Adabiyotlar:
1. “Ilq qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat о‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018. Tuzuvchilar: I.V.Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Mahmudova, SH.B.Nabixonova, S.V.Pak, YE.Djanpeisova.-T.:MTV, 2018.- 71 bet
2.Т.С.Волосоветов, В.А.Маркова, С.А.Аверина СТЕМ-образованийе детей дошколного и младшего школного возраста. М.БИНОМ..Лаборатория знаний 2019.
3.Явдокимова E.С. Технология проектирования в ДОУ. – М.: ТС Сфера, 2006. – 64 с.
5. Г.Богданович. Дополнителная обшеразвиваюшая программа «Мульт-студия «Мой мир» Свердловская област, 2018 г.
6.Мастер-класс для педагогов «Созданийе мультфилмов вместе с детми».2017


9 Mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining Digital kompetensiyalari
Reja

1. Raqamli savodxonlik haqida umumiy tushuncha


2. Raqamlashtirlgan texnologiyalardan va internetdan xavfsiz foydalanish.
3. STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llashda pedagogning raqamli savojxonlik darajasi.
4. Axborot xavfsizligini ta’minlash - dolzarb masala


Tayanch so‘z va iboralar: STEAM, STEM, texnologiya, san’at, dizayn, lego, qurish yasash va konstruktorlash, savodxonlik, raqamli savodxonlik, raqamli savodxonlik komponentlari.
1. Raqamli savodxonlik haqida umumiy tushuncha
Bugungi kunda mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar samarasi o’laroq talim, fan, jamiyat, qonun ustuvorli, insonlar huquq va erkinliklari tobora yuksaklarga ko’tarilmoqda. xalqimizning munosib hayot kechirishi,jaxon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqorolarimizning bunyotkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda. Yaratilayotgan sharoylarda kelib chiqib, 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to’grisida”gi va 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha talim va tarbiya” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2022-2026-yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash chora tadbirlari” to’g’risidagi qaroriga muofiq, ta’lim bosqichining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etish bilan talim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv metodik majmuolarni elektron shaklini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqazo qiladi. Yangi O’zbekistonda ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o’z ustida tinmay ishlay oladigan, raqamli texnologiyalardan oqilona foydalana oladigan yetug shaxsni tayyorlashdan iboratdir.
Demak har tomonlama rivojlangan ertangi kunimizning tayanchi bo’lgan kelajak avlodni tarbiya qilishda ulkan xissa qo’shayotgan tarbiyachilarning bugungi xayotimizda o’rni beqiyosdir, bolalar tarbiyasida tarbiyachining raqamli kompitentlik darajasi muxim ahamiyat kasb etadi. Kompetentlik tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik «noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik»ni anglatadi.
“Raqamli” atamasi kelib chiqishiga ko`ra lotin va ingliz tillariga taalluqli holda “digital“ so`zidan olingan va “raqamlardagi ma`lumotlar, signal”, “qadam-baqadam ma`nolarida ketma-ketlikni bildiruvchi sifat darajasini anglatadi. O`tkan asr 90 yillarning o`rtalarida o`zbek muomala tiliga kirib kelgan ushbu so`z eng avvalo “raqamli iqtisodiyot” so`z birikmasi ko`rinishida namoyon bo`ldi va hozirda ham “iqtisodiyot” sohasini tark etmagan holda o`z ma`no doirasini kengaytirib, jamlovchi ma`noviy bo`yoqda boshqa jabhalarga kirib keldi va axborot texnologiyalari sohasining muhim atamalaridan biriga aylandi.
Ushbu so`z qo`llanilishiga ko`ra shu darajada keng ko`lamlilik va sermahsullik darajasiga etdiki, endilikda u atama sifatida emas, mubolag`asiz ravishda o`zbek tilining umum iste`mol so`ziga aylandi. “Raqamli kompetentsiya” so`z birikmasi turli kasbiy o`nalishlarda maxsus soha bilimlari bilan bog`liq holda raqamli jihozlarni qo`llash haqidagi bilim va malakalarni” anglatadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 5 oktyabrdagi “Raqamli O`zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6079 son Farmonining “Axborot texnologiyalari sohasida ta`lim berish va malaka oshirish yo`nalishi” bobida “raqamli ko`nikmalarga ega bo`lgan aholi ulushuni oshirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslar tashkil etish” vazifasi qo`yilgan. Ko`rinib turibdiki, “raqamli kompetentsiya”, raqamli ko`nikma” va “raqamli malaka” iboralari bir-biriga sinonim sifatida qo`llanilib kasbiy sohaga va uning doirasida axborot texnologiyalari jihozlari va ulardan foydalanishdagi ko`nikma va malakalarini egallashni nazarda tutadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling