O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Axborot xavfsizligini ta’minlash - dolzarb masala


Download 1 Mb.
bet34/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

4. Axborot xavfsizligini ta’minlash - dolzarb masala
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxsetib voyaga etkazish –davlatimiz siyosatini ustuvor yo`nalishga aylangan. Chunki jismoniy sog`lom ma`naviy etuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi. Mamlakatimizda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarmog`ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta`lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2016 yil 29dekabr, «2017-2021yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2707-son hamda 2017 yil 9 sentyabr` «Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3261 son, 2018 yil 30 sentyabr` «Maktabgacha ta`lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chorat-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3955-son kabi qaroor, qonun va qonunosti hujjatlari yaratildi.
Komp`yuter o`yinlari bolalarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Mul`timediali komp`yuter o`yinlari bolalarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi qo`yidagilar asosida namoyon bo`ladi:
1) ekranda ko`rsatiladigan o`yin ob`ektiga animatsiya samarasi berilgan bo`lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida;
2) tovushda;
3) musiqada;
4) animatsiyada;
5) mul`tifikatsiyada.
O`yin davomidagi ushbu «komp`yuterli» psixologik-pedagogik ta`sirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmastan, balki bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini ham oshiradi.
Mul`timediali vositalarini tayyorlash va bolalarning komp`yuter savodxonligini shakllantirish metodikasi shaxsiy komp`yuterlar mul`timedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. MTT larning ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanishda qo`shimcha vositalar -kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Mul`timedia vositalaridagi ta`lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo`lib, ular animatsiya bilan berilgan bo`ladi. Ta`lim tizimida foydalanib kelinayotgan an`anaviy ko`rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an`anaviy usulda o`rgatish mobaynida, bolaga uning qog`ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko`rsatadi (statik vosita). Mul`timedia vositasida ko`rsatilganda A harfi komp`yuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o`ziga jalb etadi (dinamik vosita).
Hozirgi kunda turli xil mul`timediali ta`lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta`lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. DVD video diski mul`timedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o`rganiladigan materialni bosqichlar bo`yicha to`la, ba`zi hollarda alohida elementlarini ko`rish mumkin, zarur bo`lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo`ladi. Mul`timedia texnologiyasining didaktik vositalari ta`limning didaktik talablariga to`la mos keladi.
MTTlarida mul`timediali kompyu`terli ta`limni amalga oshirishning asosiy talablaridan biri-bolalarning komp`yuter savodxonligini shakllantirish va ularni komp`yuterda mustaqil ishlashini ta`minlashdan iborat.
Bolalarning komp`yuter savodxonligini shakllantirishdan asosiy maqsad ta`lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda komp`yuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o`zining nazorati ostida «Sichqoncha» yordamida turli ta`lim o`yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga o`xshash vazifalarni bajartirishga o`tadi. Bolalar «Sichqoncha»dan foydalanish bo`yicha to`la amaliy malaka va ko`nikma hosil qilganlaridan so`ng mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib turadi.
MTT bolalarida komp`yuter savodxonligini shakllantirishning yana bir qulay tomoni shundan iboratki, mul`timedia texnologiyasidan foydalanish jarayonida bolalarning bilimini baholash ham komp`yuter xotirasiga kiritilgan test savollari, rasmlar, o`yinlar, mashqlar, taqdimotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda bolalar berilgan savollarga to`g`ri javob topishlari shart.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling