O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sirtqi ta’lim bo’limi tarix ta’lim yo’nalishi


Somoniylar davlatining buyuk hukimdori


Download 56.53 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi56.53 Kb.
#1406248
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avazov Jamshid

Somoniylar davlatining buyuk hukimdori
Somoniylar davlati siyosi tarixi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi paydo bo‘ladi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (manbalarda – Balx yaqinida, Samarqand atroflarida, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar. Yirik yer egasi bo‘lgan Somonxudot Ma’mun Xuroson noibligi davrida uning xizmatiga o‘tib tez orada e’tiborga to‘shadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda nabiralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda turli viloyatlarga noib etib tayinlaydi. Xususan, Nuh Samarqandni, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va Ustrushonani, Ilyos Hirotni boshqara boshlaydilar.
Dastavval, Asadning katta o‘g‘li Nuh ukalari mulklarini birlashtirib, xalifalikdan mustaqil davlat barpo etish harakatini boshladi. Chunki Nuhning nomidan tanganlar zarb etilgani ma’lum. Nuh vafotidan so‘ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib asta-sekin Mavorounnahrni Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu harakatlariga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 865 yilda Ahmad vafot etgach ko‘pchilik Somoniylar tomonidan sulola boshlig‘i sifatida Ahmadning o‘g‘li Nasrni tan olinadi.
873 yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Toxiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va hududlarga soliqlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. 874 yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga noib yuborishni iltimos qiladilar. Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib jo‘natadi. Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi hamda akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. Natijada 886 yilda aka-ukalar o‘rtasida birinchi to‘qnashuv bo‘lib, Ismoil yengildi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. 888 yildagi ikkinchi jangda Ismoil Nasr qo‘shinlarini tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. 892 yilda Nasr vafot etgach Ismoil Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib qoldi.
Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. Ismoil Somoniy 893 yilda ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortib dastlab Tarozni, keyin esa Ustrushonani egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Bag‘dod xalifasi al-Mutadis (892-902 yy.) Ismoilning qudrati oshib ketayotganidan sarosimaga tushib 898 yilda Movarounnahr noibligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiy Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Mavorounnahr noibligi to‘g‘risidagi yorliqni olgach Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900 yilda Balx atroflarida Ismoil Safforiylar qo‘shinlarini tor-mor etdi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra Ismoilni nafaqat Buxorodan, balki Xorazm va Farg‘onadan ham kelgan harbiy kuchlar qo‘llab-quvvatlagan edilar. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Ismoil bu jangda Buxoro hunarmandlari va oddiy xalqning qo‘liga qurol berib o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Ismoil Somoniy arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallarga botgan, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani qudratli va mustaqil davlatga aylantirishga erishdi. Shu tariqa Ismoil Movarounnahr va Xuroson, Eronning qator sharqiy va shimoliy viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi yirik davlatga asos soldi va bu hududlarda Arab xalifaligi hukmronligiga barham berildi.

Download 56.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling