A2
Badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik,
insonparvarlik
g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni
anglash, ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak
olishga
intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
A2+
Badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini
to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ay olish hamda
tushuntirib bera olish.
Umumta’lim maktablarida adabiyot fani 5-sinfdan boshlab, ya’ni yuqori sinf
o‘quvchilariga o‘tila boshlaydi. Boshlang‘ich sinflarda yosh va bilim salohiyati
hisobga
olingan holda, adabiyot fani doirasidan chiqmagan holda yengilroq
ma’lumotlar berib borilgan bo‘lsa, yuqori sinflarda bu ma’lumotlarning ko‘lami
kengayib, murakkablashib
boradi.
Adabiyot darslarida mumtoz asarlar yuzasidan bilimlarni
chuqurlashtirish va
o‘quvchilarning faolligini oshirishda fanlararo integratsiyani amalda qo‘llash uchun
ta’lim tizimidagi barcha fanlarning adabiyot bilan bog‘liq ma’lumotlarini tanlab
olishda materiallarning o‘zlashtirilishiga, adabiy ta’limda o‘rganilayotgan mumtoz
asarning boshqa fanlar bilan bog‘liqligini amaliy jihatdan
isbotlay olishga va ana
shu bog‘liqlikni ta’minlashda bevosita ilmiy mantiqqa, davr bilan hamohangligiga
e’tibor qaratish zarur.