I BOB.
UZLUKSIZ TA’LIMDA INTEGRATSIYANING O‘RNI VA
AHAMIYATI
1.1. Fanlararo integratsiya va uning ta’lim samaradorligida tutgan o‘rni
Ta’lim tizimida adabiyot fani alohida ma’no va mazmun kasb etadi. Bugungi
globallashuv jarayonida adabiyot o‘qitishning uslubiy
va tashkiliy muammolari
atroflicha o‘rganilib, qator yechimlari topilgan va amaliy tadbiq etib kelinmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosati ham yosh avlodni shakllantirishda
ta’lim-tarbiyaning uzviyligi hamda sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bois uzluksiz ta’lim tizimida fanlararo integratsiya va uzviylikni ta’minlash
muhim masalalardan biridir. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart
talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o‘rniga qiziqarli darslarni tashkil
etishga mas’uliyat bilan yondashadigan,
kasbiy bilimdonlik, metodik mahoratga
ega, mas’uliyatli,
zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal
o‘zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni
tashkil eta oladigan
o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta’limda moddiy baza,
standart, o‘quv
rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga
erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga
erishish
bevosita nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi,
izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog‘lanib qolaveradi, o‘quv-
biluv markazida esa o‘quvchi turmog‘ini taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov “Tarixiy
xotirasiz – kelajak yo‘q” asarida komil inson tushunchasiga aniq ta’rif berganlar.
“
Komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,
Do'stlaringiz bilan baham: