O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/33
Sana25.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1720069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Shamsiyeva Hurriyat “Sab’ai sayyor” dostonida fanlararo munosabat talqini” БМИ (1)

Mavzuning dolzarbligi. Navoiy asarlari bag‘rida jo bo‘lgan milliy va 
umuminsoniy qarashlar, fikrlar har bir inson uchun ne qadar zarur va ahamiyatli 
bo‘lsa, ularning zargarona ifodasi, tengsiz mahorat natijasi o‘laroq, tarkib topgan 
go‘zal shakli shu qadar jozibali, hayratlanarli. Ularni o‘qigan kishi, agar tom 
ma’noda uni tushunish, anglash baxtiga musharraf bo‘lsa, shoirning ulug‘
donishmandligi oldida lol qolsa, yozmishlari, badiiyati, ularning nafosati qarshisida 
dong qotadi. Shuning uchun adib asarlarining mazmuni, g‘oyaviy jihatlari tadqiqi ne 
chog‘liq dolzarb bo‘lsa, ularning badiiyatini o‘rganish, mahorat qirralarini ochib 
berish ham birdek zarur. 
Buyuk istiqlol sharofati bilan biz o‘z milliy qadriyatlarimizni xolis o‘rganish, 
bobokalonlarimiz yaratgan o‘lmas asarlarning jahon adabiyotidagi mustahkam o‘rni 
to‘g‘risida baralla gapirish va tadqiqotlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Birinchi 
Prezidentimiz ta’kidlaganlаridek: “Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk 
allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib 
chiqdi. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal 
topgan...”
2
 
Birinchi Prezidentimiz mustaqillik sharofati bilan biz bosib o‘tgan davrni 
sarhisob qilib, quyidagicha fikr bildirdilar: “Bugun mustaqil taraqqiyot yillarida 
boshimizdan o‘tgan, oson kechmagan yillarimizni, amalga oshirgan ishlarimizni
erishgan yutuq va marralarimizni sarhisob qilar ekanmiz, hech shubhasiz, xolisona 
bir xulosaga kelishimiz tabiiydir. Ya’ni bundan o‘n to‘qqiz yil oldin yurtimizda 
erkin va mustaqil demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, 
iqtisodiyotimizni keskin va chuqur isloh etish, aholimiz manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilgan 
1
Ҳаққулов И. Абадият фарзанди. –Т.: Фан, 1990. –Б.57. 
2
Kаrimоv I.А. Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo‘q. –T.: Shаrq, 1998. –B.3. 


azm-u qarorimiz to‘g‘ri ekanini bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Buning 
isbotini, avvalo, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zi va oilasi, yaqinlari 
misolida, shahar va qishloqlarimiz, butun mamlakatimizning har tomonlama 
rivojlanib, obod bo‘lib borayotgani misolida yaqqol ko‘rishi mumkin. Buning 
tasdig‘i sifatida hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining 
salbiy ta’siriga qaramasdan, O‘zbekiston dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida 
iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishning yuqori va barqaror sur’atlarini namoyon etmoqda”
2
. 
Mustaqil O‘zbekistonimiz yoshlari uchun bugungi kunda qulay sharoitlar 
eshigi ochildi. Hurmatli Prezidentimiz bu haqda juda ko‘p ma’ruzalarida ta’kidlab 
o‘tganlar. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim 
muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni muhim qadam bo‘ldi. Shular 
qatorida bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishi uchun imtiyozli kreditlar berish 
bo‘yicha banklarimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar ham e‘tiborga sazovordir. 
“Yana bir muhim masalani qayd etib o‘tmoqchiman, - deb fikr bildirgan Birinchi
Prezidentimiz, - hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-
fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, o‘z 
ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-
sharoitlar yaratish muhum ahamiyatga ega”, - deb ta’kidlaydilar. 
Shuning uchun adib asarlarining mazmuni, g‘oyaviy jihatlari tadqiqi ne 
chog‘liq dolzarb bo‘lsa, ularning badiiyatini o‘rganish, mahorat qirralarini ochib 
berish ham birdek zarur. Milliy ma’daniy-ma’rifiy yo‘nalishda bitilgan ushbu asar 
ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganilishga mushtoq. Bu bitiruv malakaviy ishining 
dolzarbligini belgilaydi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling