O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/33
Sana25.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1720069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Shamsiyeva Hurriyat “Sab’ai sayyor” dostonida fanlararo munosabat talqini” БМИ (1)

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifasi. Alisher Navoiy ijodi har
bir davr uchun eng muhim ilmiy manba sifatida keng tadqiq etiladi. Mutafakkir
asarlaridagi insonparvarlik tamoyilini falsafiy jihatdan tahlil qilib, uni o‘rganish, 
qolaversa, yoshlar ongida inson qadrini, uning barcha ezgu fazilatlarini, ma’nan
boy bo‘lib yetishish g‘oyasini shakllantirish asosiy maqsad qilib olingan.  
Tadqiqotning vazifalari: Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy
vazifalari quyidagilardan iborat:
- Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganish orqali uning inson to‘g‘risidagi 
falsafiy g‘oyalarini tahlil qilish;
- Navoiy merosining yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyatini ko‘rsatib 
berish;
- Mutafakkir asarlaridagi falsafiy g‘oyalar va ilmiy-nazariy bilimlarning
o‘rni va ahamiyatini belgilash; 
- Navoiy “Xamsa”sidagi “Sab’ai sayyor” dostonining ta’lim bosqichlarida
o‘rganilishining samarador usullarini ko‘rsatib berish. 
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy 
ishining nazariy ahamiyati shundaki, o‘zbek adabiyoti tarixini yoritishda, xalqimizni 
adib ijodi bilan yanada yaxshiroq tanishtirishda, “Sab’ai sayyor” dostoni bo‘yicha 
nazariy ma’lumotlarni egallashda bu ilmiy ishdan foydalanish mumkin.  
Bitiruv- malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, III bob, 
xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. Navoiyning “Sab’ai 
sayyor” asaridagi fanlararo integratsiyani o‘rganish tadqiqotning obyekti
hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti esa Navoiy asarlarining falsafiy mohiyatini
anglash va uning bugungi kundagi ahamiyatini aniqlash bilan belgilanadi. 


Bitiruv malakaviy ishining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. “Sab’ai 
sayyor” dostonida fanlararo integratsiya masalasi birinchi marta ilmiy asosda
o‘rganilmoqda. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling