O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Gul, shabnam, olma, oy, yulduz, yalpiz, majnuntol, maysa, ufq, qush, ohu va shu 


67 
kabi timsollar Muhammad Yusufning sevib ishlatgan obrazlaridir. Ayni damda 
ramzlar shoir “men”iga qorishiq his-tuyg‘ularni, poetik ma’nolarni tashiydi.
Shoirning ko‘p qirrali ijodi xilma-xil obrazlar va g‘oyalarni qamrab olgan. 
Ularda zaruriy va hayotiy masalalar ko‘tarib chiqilgan. Muhammad Yusuf lirik 
“men” tilidan ifodalovchi kechinmalarni ko‘pincha ichki monologdan foydalanadi. 
Bizningcha, shoir she’riyatini janrlarga ajratishda quyidagi prinsiplarga amal qilish 
lozim: 
a) ijro etilish vaqti va joyi (mavsum, marosim) ga ko‘ra; 
b) ijro etilish tarzi (deklomatsiya, yakkaxon va xor qo‘shiqlar) ga ko‘ra; 
v) qat’iy shakl ko‘rsatkichlari (g‘azal, qasida,madhiya) ga ko‘ra; 
g)tematik xususiyatlari (intim, grajdanlik, falsafiy, siyosiy, intellektual) ga 
ko‘ra. 
Muhammad Yusuf qaysi manzarani tasvirlamasin, qaysi bir g‘oyani o‘rtaga 
tashlamasin o‘z mahorati va uslubini namoyon qila olgan shoirdir. Umuman, 
M.Yusuf she’riyatida ham badiiy nutq sub’ekti birlamchidir.
1. Insоnparvarlik va vatanparvarlik g‘оyalarining badiiy in’ikоsi bo‘lgan 
shоir shе’riyati qahramоnlari bugungi pоeziyamizning оbrazlari хazinasi 
durdоnalariga mansubdir. Ular lirik yoхud epik, ijоbiy yoki salbiy хaraktеrda 
bo‘lishidan qat’i nazar, shоirning insоn va hayot falsafasini ifоdalashga хizmat 
qilmоqda. 
2. Muhammad Yusuf lirik qahramоni uchun tushkunlik va irоdasizlik 
bеgоna. Ishqda sоbitlik va vafо tuyg‘usi uni dadil va jasоratli qilgan. Zеrо, 
“zaharning yor tufayli shakar bo‘lishini” оrzu qilgan shоirning so‘zlarida оshiqning 
bеg‘ubоr qalbi haqidagi хulоsasi ifоdalanadi. 
3. Shоir vatanparvarlik va milliylik, o‘zbekona bag‘rikenglik va insoniylik, 
tantilik va saxiylik, mardlik va xurfikrlilik xislatlarini, erk vа istiqlоl g‘оyalаrini 
yirik jаnrdаgi аsаrlаri - dоtоnlаrigа hаm chuqur singdirаdi.
4. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
yaratilishi sohada ulkan o‘zgarishlar, mazmun jihatidan yangilanishlar amalga 


68 
oshirilishiga turtki berdi. Mazkur me’yoriy hujjatlarda ta’lim-tarbiya tizimida 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tub islohotlar – ta’lim mazmuni, ta’lim-tarbiya 
jarayonini yangilash, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi 
dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Bu esa ta’lim tizimining sifat darajasini 
yangilash, ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish tizimini ham 
takomillashtirishni ham taqozo qiladi. 
5. Hozirgi davr ta’lim jarayoniga “innovatsion yondashuv atamasi kirib keldi. 
Shu yo‘sindagi tadqiqotlarning aksariyatida innovatsion faoliyat yangilik va ilmiy 
pedagogik texnologiyalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan bo‘lsa, ayrim 
olimlarning izlanishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta’limdagi 
o‘zgarishlarni tashkil etish, innovatsion faoliyat uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish masalalari tahlil qilingan. Ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion 
texnologiyalarning muhim jihati shundaki, u o‘quvchilarni faollashtiradi, ularga 
fikrni mustaqil ifodalash, tanqidiy fikr yuritish, tahlil qilish, xulosa chiqarishni 
o‘rgatadi.
6. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda quyidagi o‘ziga xos tamoyillarga 
asoslaniladi: a) muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy 
maqsadni shakllantirb olish; b) umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv 
predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar 
ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish; v) modul ichida 
yechiladigan masalalarning har biri bo‘yicha test savollarini tuzib chiqish; g) 
maqsadlarga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belilab olish; 
d) dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga va fanlararo aloqalarga e’tibor 
qaratish.
7. Yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarga bag‘ishlangan adabiyotlar va 
maqolalarda bir qator o‘qitish usullari haqida fikr yuritilmoqda. Ona tili darslarida 
innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash 
ko‘nikmalarini tarkib toptiradi, guruhlarda ishlashga o‘rgatadi, ko‘pchilik oldida 
o‘z fikrini bayon qilish, o‘z nuqtayi nazarini asoslash malakalarini hosil qiladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish 


69 
o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Darsda uch maqsad ko‘zda 
tutiladi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish. Mana shu uch maqsadni amalga 
oshirishda innovatsion texnologiyalar yaqindan yordam beradi. Innovatsion 
texnologiyalarda foydalanishda quyidagilarga e’tibirini qaratishi lozim: 
Innovatsion texnologiyalarning mohiyati; ta’lim maqsadlarini amalga oshi-rishdagi 
ro‘li; fan bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tamoyillari; ta’-limiy va 
ishchanlik o‘yinlari; muammoli va rivojlantiruvchi tomonlari; o‘quvchi-larning 
mustaqil faoliyatlarini tashkil qilaish yo‘llari; ko‘rsatmali o‘qitish usullari. 
8. Adabiyot darslari innovatsion texnologiya asosida tashkil qilinganda, asosan, 
o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi, umumiy vazifalar 
yechimini topishda bir-birlariga ko‘mak beradilar, o‘quvchilarda ijodiy va mustaqil 
fikrlash malakalari tarkib topadi, o‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga, o‘qishga, ta’lim 
olishga shaxsan mas’ullikni his qiladilar. Innovatsion texnologiyalardan: “Aqliy 
hujum”, “Klaster yoki tarmoqlanish”, “Kichik guruhlarda ishlash yoki hamkorlik”, 
“Musobaqa”, “Idrok xaritasi”, “FSMU”, “Sinkveyn”, “Seminar-trening”, “Ajurli 
arra”, “Mantiq qani?”, “Baliq skeleti”, “Qaysi biri ortiqcha?” kabi texnologiyalari 
sanab o‘tdik. 
Xullas, Muhammad Yusuf shе’riyati nаinki mаzmun, g‘оya vа shаkl 
tеrаnligi, bаlki оhаng, uslub, pоetik оqim jihаtidаn hаm nihоyatdа rаng-bаrаng 
she’riyatdir. Shoir she’rlaridagi lirik qahramоnning har bir so‘zida insоniyat 
qismatidan bеzоvta qalb kеchinmalari, zamоn taqdiriga javоbgarlik hissi bilan 
tеpayotgan yurak hayajоnlari lоvullab turadi va bu tuyg‘u kitobxonni ham 
yashovchanlikka, ogohlikka, hayotsevarlikka undab turadi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling