O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
1.1. Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati Adabiy ta’lim bu inson tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotning inson ruhiyati hatto uning shaxsiyatining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyosdir. 10 Adabiyot ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni badiiyatdan zavqlanishga, nutqini va mustaqil fikrlashini rivojlantirish bilan birga o‘zligini anglashga o‘rgatish hamda o‘zgalar fikrini anglashga qaratiladi. Bu esa adabiyot ta’limida boy badiiy manbalarimizni yanada chuqurroq o‘rgatish bilangina cheklanib qolmasdan undan hayotda foydalanish malakalarini ham kamol tortirishni talab etadi. Shulardan kelib chiqqan holda adabiy ta’limning mazmuni: o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; o‘z-o‘zini, moddiy borliqni badiiy 10 To‘qliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi.-T.: www.Ziyouz.com kutubxonasi, 2010 15 ifoda vositalari yordamida anglashga hamda fikri va his-tuyg‘ularini chiroyli bayon eta olishga o‘rgatishdir. 11 Ayniqsa bugungi globallashuv zamonida adabiyot fanini o‘qitishning eng optimal texnologiyalarini yaratish, har bir darsga texnologik yondashish, turli interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi va natijaviy faoliyatni yuzaga keltiradi. Adabiy ta’limga xos bo‘lgan yangi pedagogik texnologiyalar sirasiga hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, muammoli texnologiya hamda o‘yin texnologiyasini kiritishimiz mumkin. Hamkorlik texnologiyasi o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – jamoa hamkorligiga asoslanganligi bilan adabiy ta’limga xos texnologiya desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiy ta’lim bu o‘quvchi shaxsini ulg‘aytirish, unda nafosat, go‘zallik tuyg‘ularini kamol toptirish, badiiy estetik ruh bag‘ishlash, she’riyatga, badiiy asarga oshno qilib tarbiyalash hamda ularda insoniy xislatlarni shakllantirish va hokozolarni maqsad qilib olar ekan, bugun aynan darslarda o‘qituvchining texnologik yondashgan holda darslarni tashkil qilishi ushbu maqsadlarga erishish uchun va ularni oldindan belgilashda zaruriy kalit vazifasini o‘taydi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bugungi o‘quvchi har tomonlama ilg‘or bo‘lishga intiladi. Bugun o‘quvchining xarakteri, zamonaviy muhit, o‘ta darajada jadallashayotgan jarayonlar uni mustaqil fikr egasi, har jihatdan sog‘lom, ma’naviyatli, qat’iy qilib tarbiyalashni taqozo etmoqda. Bu holatda o‘quvchi fikrlarini o‘stiruvchi, unga erkin fikrlash uchun imkon yaratuvchi hamda har bir fikrlarini dallillar asosida namoyon qilishiga xizmat qiluvchi muammoli texnologiyani qo‘llash lozimdir. Muammoli texnologiya o‘quvchi faolligini oshirish bilan birga badiiy asar mazmunini to‘laroq tushuntirish va o‘quvchiga yetkazish uchun juda yaxshi imkoniyatlarni yaratib beradi. Muammoli o‘qitish adabiy ta’limda shu jihatdan ahamiyatliki hech bir badiiy asar inson fikrlaridan, g‘oyaviy xususiyatlardan, 11 Abdullayeva M. ”O’zbek tili va adabiyotini o’qitish texnalogiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar matni .– T., 2017 16 qahramonlarda singdirilgan mohiyatdan holi emas va ushbu mazmunni o‘quvchi shunchaki uni o‘qib yoki testlar, savollar orqali asl mohiyatiga yetib bora olmaydi. Qachonki baxs-munozaralar, fikrlar rang-barangligi, tahliliy yondashuvlar kechgan jarayonlardagina bunga erishish mumkin. Muammoli texnologiya aynan shunday metod va usullarga boy texnologiyadir. O‘yin texnologiyasi adabiy ta’limda o‘quvchi faolligini ta’minlovchi, dars samaradorligiga erishishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyadir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiy ta’limda shunday darslar, mavzular borki unda bir- biridan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin. Masalan, dramatik asarlarni o‘qitishda rolli o‘yinlarni qo‘llash juda muhimdir. Umuman adabiy ta’limda o‘yin texnologiyasi o‘qituvchiga katta imkoniyatlarni beradi. Ushbu texnologiyalar, aytish mumkinki, yangi ilg‘or usullarni adabiyot o‘qituvchisiga taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling