O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi.
UMUMIY XULOSALAR......................................................................................55
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………..61 ILOVALAR……………………………………………………………………....64 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar jamiyat taraqqiyotini ta’minlash bilan birga mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, ta’limiy islohotlarning ikkinchi - sifat bosqichi kechayotgan mavjud sharoitda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni 1 hamda “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” da 2 belgilangan vazifalar hamda shunday islohotlarning uzviy davomi sifatida e’tirof etilayotgan 2017 yil Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan “2017-2021-yillar Harakatlar strategiyasi”da belgilangan tamoyillardan biri ham aynan “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanib, uning to‘rtinchi bandi ya’ni “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish”ga qaratilgan besh yillik chora tadbirlar qatorida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, 3 kabi rejalarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot – mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa xalq shuncha yashaydi”, - deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”. 4 1 O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1998. –Б. 20-29. 2 O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Дasturi” // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ нашриёт матбаа концерни, 1997. –Б. 31-61 3 Mirziyoyev Sh. ”2017-2021-yillar Harakatlar strategiyasi” – T., 2017. 4 Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-kitob. – T.:O‘zbekiston,2017. –B. 504-505 4 Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh g‘oyasi – komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Bu xususda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz” 5 deb, ta’kidlagan edi. Ana shunday Komil insonni tarbiyalashda adabiyot fanining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyot fani o‘qituvchisi bugun ta’lim va tarbiya jarayonida nafaqat milliy qadriyatlarimizga, balki yangi pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash borasidagi nazariy-metodik bilim va malakalarga ham tayanadi. Bugun adabiy ta’limda bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Chunki bugun adabiyot fanining nazariy jihatlari anchayin chuqur o‘rganilib, ularni o‘quvchiga qanday yetkazish borasidagi aniq amaliy ishlar va ularda belgilangan natijalar nisbatan kamdir. Bugungi intelektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash uchun esa adabiyot o‘qituvchisi tinimsiz izlanishi, ijod qilishi va metodik yangiliklardan yetarli darajada xabardor bo‘lishi lozim. Lekin bugun ta’lim jarayonida hali hanuz adabiyot darslarini an’anaviy tarzda tashkil etilayotganligini ko‘ramiz. Bunga sabab aynan bugungi adabiyot o‘qituvchisi yangi pegogik texnalogiyalarni qo‘llay bilmasligi va bu borada yetarli malakaga ega emasligidadir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz o‘z bitiruv malakaviy ishimizda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qanday tatbiq etish mumkin?”, “qaysi texnologik yondashuv aynan adabiyot ta’limiga mos keladi?” degan savollarga javob izlashga harakat qildik. Bu esa ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling