O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

UMUMIY XULOSALAR......................................................................................55 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………..61 
ILOVALAR……………………………………………………………………....64 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy islohotlar jamiyat taraqqiyotini ta’minlash bilan birga mustaqil fikr egasi, 
erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Xususan, ta’limiy islohotlarning ikkinchi - sifat bosqichi kechayotgan mavjud 
sharoitda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni
1
hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” da
2
belgilangan vazifalar hamda shunday 
islohotlarning uzviy davomi sifatida e’tirof etilayotgan 2017 yil Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan “2017-2021-yillar Harakatlar 
strategiyasi”da belgilangan tamoyillardan biri ham aynan “Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlanib, uning to‘rtinchi bandi ya’ni
“Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish”ga qaratilgan besh yillik chora tadbirlar 
qatorida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish,
3
kabi rejalarni amalga oshirish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Ma’lumki, yosh avlod 
tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. 
Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot – mamot 
masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa xalq shuncha 
yashaydi”, - deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu 
masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”.
4
1
O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг 
пойдевори. – Т.: Шарқ, 1998. –Б. 20-29. 
2
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy Дasturi” // Баркамол авлод – Ўзбекистон 
тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ нашриёт матбаа концерни, 1997. –Б. 31-61 
3
Mirziyoyev Sh. ”2017-2021-yillar Harakatlar strategiyasi” – T., 2017. 
4
Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-kitob. – 
T.:O‘zbekiston,2017. –B. 504-505 



Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh g‘oyasi – komil inson 
va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Bu xususda 
birinchi prezidentimiz I.A.Karimov: “Biz komil inson tarbiyasini davlat 
siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, 
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”
5
deb, ta’kidlagan edi. Ana shunday Komil insonni tarbiyalashda adabiyot fanining 
o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyot fani o‘qituvchisi bugun ta’lim va tarbiya
jarayonida nafaqat milliy qadriyatlarimizga, balki yangi pedagogik texnalogiyalarni 
qo‘llash borasidagi nazariy-metodik bilim va malakalarga ham tayanadi. Bugun 
adabiy ta’limda bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Chunki 
bugun adabiyot fanining nazariy jihatlari anchayin chuqur o‘rganilib, ularni 
o‘quvchiga qanday yetkazish borasidagi aniq amaliy ishlar va ularda belgilangan 
natijalar nisbatan kamdir. Bugungi intelektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash 
uchun esa adabiyot o‘qituvchisi tinimsiz izlanishi, ijod qilishi va metodik 
yangiliklardan yetarli darajada xabardor bo‘lishi lozim. Lekin bugun ta’lim 
jarayonida hali hanuz adabiyot darslarini an’anaviy tarzda tashkil etilayotganligini 
ko‘ramiz. Bunga sabab aynan bugungi adabiyot o‘qituvchisi yangi pegogik 
texnalogiyalarni qo‘llay bilmasligi va bu borada yetarli malakaga ega emasligidadir. 
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz o‘z bitiruv malakaviy ishimizda “adabiyot 
ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qanday tatbiq etish mumkin?”, “qaysi 
texnologik yondashuv aynan adabiyot ta’limiga mos keladi?” degan savollarga 
javob izlashga harakat qildik. Bu esa ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling