O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


 O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

2.3. O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini 
oshirishdagi o‘rni
 
O‘yin bola xarakteriga xos asosiy faoliyatdir. Ushbu faoliyat o‘z imkoniyatlari 
jihatidan ta’lim va tarbiya jarayonida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy 
talablarga asosan o‘quvchilarda o‘zaro raqobatni o‘rnatish uchun adabiyot 
23
Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss. – T., 2001. – B. 16. 
24
Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss. – T., 2001. – B. 48. 


35 
darslarida o‘yin 
mashg‘ulotlaridan foydalanish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Chunki o‘yin texnologiyasi o‘quvchilar orasida faollikni yanada kuchaytiradi va 
mavzuga oid bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Adabiyot ta’limida ayniqsa pastki 
boshqichlarda 5-6-7-sinflarda o‘yin mashg‘ulotlarini qo‘llash yaxshi samara beradi. 
Yuqori sinflarda ham o‘yin mashg‘ulotlaridan foydalanish mumkin, faqat bunda 
o‘yinning shakli va mazmunida biroz o‘zgarish yuzaga kelishi kerak. Har bir 
qo‘llangan o‘yin metodi, albatta, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy 
etilishi lozim. Adabiy ta’limda asosiy faollik o‘qituvchining o‘zida mujassam 
bo‘lishi 
kerak. 
Shundagina 
o‘quvchilar orasidagi faollikni ta’minlay 
oladi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda turli xil o‘yinlardan samarali 
foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta’lim jarayonida 
qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilmoqda. 
O‘yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy 
malaka va ko‘nikmalariga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki ta’lim 
oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o‘z ulushini 
qo‘shadi. D.B.El’koninning fikriga ko‘ra, “Xuddi shu oddiygina o‘yin orqali o‘sib 
kelayotgan bolaning tasavvuri ilk marotaba qaror topa boshlaydi”. Bir qancha 
izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o‘yin - bu taraqqiyotyotning rolidir, uning 
kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chiqadigan qonun-qoidalar, iroda 
hamda matonat maktabidir. Quyida adabiyot darslarida o‘yin texnologiyasini 
yaratishga doir namunalar keltirib o‘tamiz. 
6- sinf adabiyot darsligida Muhammad Sharif Gulhaniyning “Zarbulmasal” 
asari keltirilgan. Gulhaniy hayoti va ijodi hamda “Zarbulmasal” asarini o‘qitishda 
darsni o‘yin texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin. O‘yin asosidagi 
metodlardan biri “6X6X6” metodidir. Olti kishidan kam bo‘lmagan guruh 6 daqiqa 
davomida guruh oldida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g‘oyani 
shakllantirishga harakat qiladilar.
25
Bu metoddan adabiy asar ustida ishlash uchun 
foydalanishda adabiyot o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni 
25
Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat. – T., 2006. 


36 
oqilona shakllantira bilish talab qilinadi. Bunda, avvalo, sinfdagi o‘quvchilar oltita-
oltitadan guruhlarga bo‘linadi. Guruhlarga muayyan nomlar beriladi. Aytaylik 
guruhlar shunday nomlarni qabul qilishdi: 1-guruh “Ziyraklar”, 2-guruh 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling